Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#228106
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarining tarbiya jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish

Pedagogik 

jihatlari. 

Pedagogik 

nuqtai 

nazaridan, 

multimedia 

texnologiyasining  MTMlari  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  tatbig’i,  ularga  kompyuter 

asosida  yangicha  texnologik  yondashuv  hisoblanadi.  Shuning  uchun,  multimediali 

kompyuter  texnologiyasining  o’ziga  xos  belgilari,  xususiyatlari  va  tamoyillari 

mavjud:  asosiy  belgilari  -  texnik  vositalardan  foydalanish,  tarbiyalanuvchilarning 

bilimini  aniqlash  mezonnini  ishlab  chiqish,  ta’lim  samaradorligini  oshirish, 

monitor  ekraniga  qarab  va  undagi  materiallardan  foydalanib  bilim  olishdan  iborat. 

Multimediali  kompyuter  texnologiyasidan  ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish 

bir  vaqtning  o’zida  bolalarning  kompyuter  savodxonligini  shakllanishiga  ham  olib 

keladi. 


Masalan,  an’anaviy  ta’lim  texnologiyasida  kompyuter  faqat  texnik  vosita 

sifatida  qaraladi,  multimediali  kompyuter  texnologiyasida  esa  u  ko’rgazmali 

vositadan  tashqari  "ta’lim  manbai"  sifatida  mujassamlanadi,  ya’ni  o’rganiladigan 

material  oldindan  kompyuter  xotirasiga  kiritilgan  bo’ladi.  Ushbu  material 

tarbiyachining  an’anaviy  metod  bilan  mashgulot  o’tkazish  bo’yicha  tuzgan 

ishlanmasiga  o’xshaydi. 

MTM  tarbiyalanuvchilari  monitor  ekranida  namoyish  etiladigan  materiallarni 

o’rgana  borsalar  va  kompyuterdan  foydalanish  bo’yicha yetarlicha ko’nikma hosil 

qilsalar,  maktabda  boshlang’ich  sinfda  informatika  fanini  o’rganishiga,  kelajakda 

esa  akademik  lisey  yoki  kasb-xunar  kollejlari  va  oliy  o’quv  yurtida  kompyuterdan 

foydalana 

olish 


malakasiga 

tuliq 


ega 

bo’ladilar. 

Shu 

bilan 


birga, 

tarbiyalanuvchilarning  kompyuterdan  foydalanish  jarayonida  mantiqiy  tafakkurlari 

rivojlanadi,  bilim  olishga  xavaslari  va  ishtiyoqlari  ortadi,  dunyoqarashlari 

shakllanadi. 




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling