Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha talim muassasalarining tarbiya jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim- tarbiya berish
metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak: 1)
agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo’lib qoladi. № Mashg’ulot turi Boskichlari (dakika) Relaksasiya vakti Umumiy
davomiyligi Metodlari 1 .
beruvchi 1-6.15 dakika 2-6. 15 dakika 15-20 dakika 30 dakika Bevosita dialog 2 . Ekologik ta’lim 1-6. 15 dakika 2-6. 15 dakika 15-20 dakika 30 dakika Bevosita dialog
3 . Mustakil ish 1-6.15dakika 5-6 soat - Bilvosita dialog 4 . Kompyuterli uyin
1-6. 15 dakika 5-6 soat - Bilvosita dialog 5 Test utkazish 1-6.15dakika 5-6 soat - Bilvosita dialog 34
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi. Shuning uchun,
MTMlar sharoitida kompyuterlardan ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga kiritilgan reja asosida olib boriladi. Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni "kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTMda bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi. Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar. Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi qurilmasini o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin. Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan taqqoslanadi. Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar. Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga 35
tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin. Multimedia texnologiyasidan foydalanilgan mashg’ulot (kompyuterli ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy- ruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan foydalanish kerak. Masalan, 10 soni
ichida ayirish
amalini bajarishda tarbiyachi tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta "buyum" qolishini aytib beradi. Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTMlarning maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak. Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda "yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara olmasa, u holda hyech qanday ball qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo’yishi kerak.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling