Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari
Nazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik va uning bosqichlari
Download 64.45 Kb.
|
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINI YALPI TEKSHIRUV SHAKILLARI
Nazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik va uning bosqichlariNazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik va uning bosqichlariNazoratchi-uslubchi nazorat qilish(tekshiruv)ga tayyorgarlik jarayonida quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: 1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tekshirish uchun yuqori bo`lim tomonidan yozma xat olinadi. 2. Tekshiruvdan oldin tegishli savolnoma tuzilib, shu orqali muassasa faoliyati tekshiriladi. 3. Tekshirilishi lozim bo’lgan muassasa haqida Maktabgacha ta’limi bo’limidan ma’lumot olinadi; nazoratchi-uslubchiga maktabgacha ta’lim muassasasi haqida dastlabki ma’lumotlar berilib, u muassasaning Maktabgacha ta’limi tizimida tutgan o’rni hamda butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishtiriladi; 4. Tekshirish rejasi tuzilib, uning muddati, tekshiruv kim tomonidan amalga oshirilayotgani ko’rsatiladi. Nazorat qilishga tayyorgarlik jarayonida nazoratchi-uslubchi davlatimizning sohaga oid qonuniyme’yoriy hujjatlarini yana bir bor ko’zdan kechirib chiqishi zarur. Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o’z ustida ishlashni, g’oyaviy-siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik usullarni, uslubiy ishlanmalarni mohirlik bilan qo’llashni talab etadi.Nazorat qilishni samarali tashkil etishda uning bosqichlarini to’g’ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: a) tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish; b) tekshirishning maqsadi va vazifalari to’g’risida mudirani ogohlantirish; v) ishning borishini ifodalovchi hujjatlarni o’rganish (hisobotlar, aktlar va hokazo); d) muassasa xodimlari bilan suhbatlashish; e) maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o’rganish, uning holatini tahlil qilish; yo) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining ayrim jihatlarini tekshirish; j) maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda qo’lga kiritilgan ijobiy natijalar, to’plangan tajribalarni aniklash, ularni amaliyotga tatbiq etish yo’llarini belgilash, tavsiyanomalar ishlab chiqish; z) aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni bartaraf etish uchun zarur ko’rsatmalar va amaliy yordam berish; tekshiruv natijalarini jamoa a’zolarining ishtirokida muhokama qilish; i) tekshirish yakunlari bo’yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzish; k) bajarilgan ishlar bo’yicha boshqarma, bo’lim rahbari oldida hisobot berish.
Download 64.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling