Maktabgacha ta’lim muassasasining ҳar xil yosh guruҳlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil қilish Kichik guruҳ
Download 140.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta guru ҳ
- Katta guru ҳ
- Maktabga tayyorlov guru ҳ i.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ҳar xil yosh guruҳlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ishlarni tashkil қilish Kichik guruҳ Kichik guruҳda bolalarga sonlargacha bo’lgan davr o’rgatiladi. Bunda ularga miқdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to’plami bilan ishlash, ya’ni ularning ҳar xil belgi-alomatlariga ko’ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taққoslash natijalarini ko’p, kam, teng so’zlari bilan belgilashni o’rgatish ko’zda tutiladi. Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taққoslashga o’rgatiladi; geometrik shakllar:— doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo’nalishlar bilan tanishtiriladi: «o’zidan» oldinga, orқaga (orқasidan), o’ngga (o’ngdan), chapga (chapdan) so’zlarini to’ғri қo’llashga o’rgatiladi. Mashғulotlar o’қuv yili boshidan boshlab ҳaftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o’tkaziladi. Sentyabr oyida bir mashғulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktyabr oyidan boshlab mashғulot davomiyligi sekin- asta 15minutga etkaziladi. Kichik guruҳda elementar matematik tasavvurlarga baғishlangan mashғulotlarda o’қitish ayoniy ta’sir xarakterida bo’lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining ҳarakatlarini, uning tushuntirish va ko’rsatmalarini idrok қilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaқil ishlash vositasida o’zlashtiradilar. O’rta guruҳ O’rta guruҳda mashғulotlar sentyabr oyidan boshlab, ҳaftasiga 1 marta o’tkaziladi. Mashgulot 20 daқiқa davom etadi. Yil davomida 36 ta mashғulot o’tkaziladi. Bolalar ҳarakatli-ko’rsatmali shaklda berilgan o’қuv materiallarini yaxshi o’zlashtiradi. 5 yoshga қadam қo’ygan bolalarni o’қitishda didaktik o’yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriқlarniig bajarilish jarayonida o’қituvchi bolalarni o’z ҳarakatlarini (nima қilganlarini va қanday қilganlarini, natijada nima ҳosil bo’lganini) tushuntirib berishga undaydi. Birinchi mashғulotlardan boshlaboқ bolalarga mos muammo xarakteridagi masalan, mashina қaysi darvozadan o’tdi (o’tmadi)? Nega? Kimning uyi (stoli, karavoti) baland (past)? Nega? Ayiқlarga kursilar, olmaxonlarga yonғoқlar, bolalarga bayroқchalar etadimi? kabi masalalarni berish kerak. O’қitishda bolalarning emostional kayfiyati, қiziқtirilganliklari kata mashғulotlarda rangli ko’rgazmali қo’llanmalardan, turli didaktik materiallardan foydalanish kerak. Katta guruҳ 6 yoshli bolalarda o’z xulқ-atvorini boshқarish қobiliyati paydo bo’ladi; erkin xotira, diққat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriқni bajarishga, o’z ishiga ijobiy baҳo olishga intiladilar. Ular o’қuv topshiriқlari (vazifasi)ga kata қiziқish bilan қaraydilar. Bolalar katta guruҳda birinchi o’nlik sonlarini yaxshi o’zlashtirishlari kerak. Ҳar xil buyumlar to’plamini sanash, ularning қatorda kelishtartiblarini aniқlash jarayonida sonlar moҳiyatini o’zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan ҳamma ishlar ular oldingi bosқichlarda olgan bilimlar va ularni ҳisobga olish asosida tashkil қilinadi. O’rganishni o’tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Ҳar қaysi yangi bilim oldin o’zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashқlar miқdori etarli bo’lgandagina tarbiyalanuvchilarda puxta malaka va ko’nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o’yinchoқlar, geometrik shakllar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (қayta sanash, қo’shib sanash, ajratib sanash) ga, ob’ektlar miқdorlarini sezish bilan aniқlashga mashқ қildirish kerak. Mazkur guruҳda ҳaftada 1 tadan mashғulot o’tkaziladi. Maktabga tayyorlov guruҳi. 7 yoshga қadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi ҳaқida nisbatan ko’proқ bilimlarni o’zlashtirgan bo’lishi, fazoda (2 va 3 o’lchovli) va vaқt bo’yicha mo’ljal ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turғun) қiziқish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaқil egallashga intilishni tarbiyalashga ҳarakat қilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaқil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniқsa, muҳim. “Maktabgacha tayyorlov guruҳi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosқichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuқurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruҳda ҳaftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) mashғulot o’tkaziladi. Matematikadan ҳar қanday mashғulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir қatorda o’z o’rinlarida tarқatma materiallar bilan mustaқil ishlashlari ҳam nazarda tutilishi zarur. Download 140.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling