Maktabgacha ta`lim muassasasining


Download 37.87 Kb.
bet1/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari


Mavzu: Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari


Reja:



  1. Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik ish shakllari.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan ish shakllari.

  3. Xalq ta`lim tizimidagi ta`lim muassasalari vasiylik kengashlari to’g’risida Nizomning maqsad va vazifalari.

  4. Ota onalar savodxonligini oshirishda oilaning vazifalari.



1.Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik ish shakllari.


Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan ish-lash tizimida aniq maqsad, mazmun bo’lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma - xil va o’zaro bog’liq bo’lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Ota-onalar bolalarini birinchi marta maktabgacha ta`lim muassasasisiga olib boradigan kun ko’pgina hissiy tuyg’ular bilan bog’liq, SHuning uchun ham har yili avgust oyi-ning ikkinchi yarmida ota-onalar uchun maktabgacha ta`lim muassasasi bo’yicha ekskursiya, uchrashuv hamda umumiy majlislar o’tkazish mumkin. Bunda maktabgacha ta`lim muassasasining kun tartibi, ish mazmuni, ta`lim - tarbiya jarayoni va hokazolar haqida so’zlab beriladi. Tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar bilan tanishtiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasisining mudirasi, tarbiyachilar va barcha xizmatchilari ota-ona larda yaxshi taassurotlar qoldirishga intiladilar, ota-onalar esa-ularning bolalari o’z kasbini, ishini sevuvchi tarbiyachilar qo’lida bo’lishini ko’rib qanoat hosil qiladilar.
Bolalarni har kuni kuzatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga ta`sir qilishning eng samarali usullarini maslahat beruvchi tarbiyachilar oila bilan juda ko’p xilma - xil ishlarni olib boradilar. Ayrim tarbiyachilar oila bilan aloqani bolaning maktabgacha ta`lim muassasasidagi davridan boshlab, uning maktabga o’tganiqan keyin ham davom ettiradilar. Maktabgacha ta`lim muassasasining tibbiyot xodimlari esa bolalarning sog’lig’i va jismoniy o’sishining ahvolini muntazam nazorat qilib borishadi. Ota-
onalarga sanitariya va gigiena, bola hayoti, to’g’ri ovqatlanish va jismoniy tarbiyani tashkil etish masalalari bo’yicha maslahatlar berib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarining ota-onalar bnlan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo’shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakl va usullaridan bir nechalarini keltiramiz:

      1. Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash.

Ilg’or pedagogik tajribalarning ko’rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega va kutilgan samaralarni beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o’rganib, ularni o’zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. Buning natijasida tarbiyachi bi-lan oila o’rtasida do’stlik munosabatlari, o’zaro hurmat va ishonch tezroq o’rnatiladi. Maktabgacha ta`lim muassasasilarimiz tajribasida ota-onalar va oila bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan, ya`ni oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o’tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayoti bilan tanishtirish va shu kabilar.1

      1. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.

Bo’lar ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar (bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining ota-onalar bilan birgalikdagi amaliy faoliyati), savol va javob kechalari.
v) Ko’rsatmali ishlar.
Ishning bu turi: ko’rgazmalar, fotomontajlar, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari (ota-onalar burcha-gi), ota- onalar uchun kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo’yicha materiallar solingan papka va shu kabilarni qamrab oladi.
Albatta bu shakllar boshqacha ham bo’lishi mumkin.
Bu ishga ijodiy yondashish maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi, tarbiyachilar hamda ota-onalarning o’zlariga (ayrim hollarda tajribali ota-onalar maslahat berishlari mumkin) ham bog’liqdir.
g) Bolaning oilasini borib ko’rish va oila a`zolari bilan yaqindan tanishish.
d) Ota-onalarga pedagogik ta`lim berish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Bular orasida bolaning oilasiga borish va oila a`zolari bilan yaqindan tanishish hamma uchun ham oddiygina oson ish hisoblanmaydi.
Ota-onalar va oila bilan hamkorlikda olib boriladigan ish shakllarining ayrimlarini qanday tashkil qilish usullarini ko’rsatishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling