Maktabgacha ta’lim sohasida elektron ta’lim resurslari. Reja maktabgacha ta’lim tashkilotida akt. Mtt da Zamonaviy dasturlarning ahamiyati
Download 34.14 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli dasturlar
- Amaliy dasturlar.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik. Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to’zilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi qabo`l kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida uz aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabo`l qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi. Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, suKo’rta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar). Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan. Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EHMlarni qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar sistemasidan iborat. Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to’plami quyidagi guruxlarga ajraladi: 1. Tizimli dasturlar 2. Amaliy dasturlar 3. Dasturlashtirish muhiti Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o’zi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko’rsatmalar ketma-ketligi esa dastur deb nomlanadi . Dasturlar 3 turga bo’linadi: 1) Tizimli dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar. Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, uo’chirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bo’lar: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar. 2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar. Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki o’zgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma‘lumotlarni ko’rib chiqish va taxrirlash. Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), o’yin dasturlari, o’rgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar. Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar o’ziga bir nechta dasturni jamlagan bo’lib bo’lar: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar. Har bitta dastur o’zining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan quyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo’yicha quyiladi. Masalan Windows 95, Windows 98, Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan yoki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling