Maktabgacha ta`lim tashkiloti uslubchining faoliyati mundarija: kirish
Download 117 Kb.
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI USLUBCHINING FAOLIYATI
5. Kuzatish metodi
Kuzatish metodi - odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo'naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o'quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o'rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda aniq material to'plash imkonini beradi.Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o'quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko'zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig'ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo'layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kun- daligiga qayd qilinib boriladi. Kuzatish tutash yoki tanlama bo'lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o'quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatashda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o'quvchilarning musjaqil ishlari) kuzatiladi. Qaror yozish yoki kundalik yuritish kuzatishni qayd qilishning eng sodda metodidir. Ammo kuzatishlami qayd qilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va teleekrandan foydalanishdir. Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg'or pedagogik tajribani o'rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o'qituvchilar tajribasining tavsifi qo'yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo'lishi kerak. 6. Tajriba Tajriba - bu ham kuzatish bo'lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o'zgartirib turiladigan sharoitda o'tkaziladi. Pedagogik tajriba o'qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko'rsatma - qo'llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo'llaniladi. Tajriba o'tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo'Igan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarni hal qilinishi maktab amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Tajriba o'tkazishdan oldin tadqiqotchi o'rganish predmeti bo'lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo'yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda ilmiy farazni o'rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo'naltiriladi. U material to'plash imkonini beradi, tadqiqotchining aniq materialda chalkashib ketishiga yo'l quymaydi. Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o'tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o'quvchilar tarkibi bo'yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha imkoni boricha bir xilda bo'lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tajriba materiali bo'yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o'quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo'yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo'lishi kerak, bu sinflarda matematika tajriba sinflarda qo'llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo'llanilmaydi. Har qanday fan ozining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali oz mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani orgatish va qanday orgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bolib, ular ozaro bog’liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar ortasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika oz mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan organadi. Shu manoda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va oqitishning real jarayonlariga xos bolgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika oqitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha organish-bilishni nazarda tutadi: ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va ozaro tasir jarayonida bolalarni oqitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahloq va sanat, talim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qatiy nazar uzviy aloqada bolishi; ularning toxtovsiz harakati, ozgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan oqitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarining ozgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada oqitish va tarbiyalash mumkin emasligi;bolalarning osishida ularning oziga xos hususiyatlarini hisobga olish, aqliy va hulqiy faoliyat, soz va ish birligi mezonlariga tayanish; bolalar kamolotiga tasir etuvchi anana, urf-odatlar, ular ortasidagi tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik, ortasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, ozaro tanqid va hokazo; Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, tog’ri tanlansa talim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Pedagogikaning kuzatish metodi talim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu metodni qollanish jarayoni ancha murakkab bolib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, oqituvchi va oquvchilarning ozaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qollaniladi. Tajribalarning korsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv malum reja asosida yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali boladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki talim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda pedagogik kuzatish orqali oquvchilarning fanlarni ozlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi ozgarishlarni hisobga olish va tegishli talimiy-tarbiyaviy tasir korsatish yollarini belgilash uchun qollaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat oquvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab boladi. Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, na- zariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifati- da «metod» so'zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qo- nuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish ke- rak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mav- jud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir. Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa- di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi. Usui va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ular- ning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi. Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa- di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi. Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushunila- di. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlasa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashti- rish shu darajada yuksaladi. Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir: Adabiyotlarni o'rganish metodi; Kuzatish metodi; Suhbat metodi; Bolalarni ijodini o'rganish metodi; MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi; Eksperiment, tajriba-sinov metodi; Test sinovlar metodi metodi; Statistika ma'lumotlarni tahlil qilish metodi; Matematika va kibernetik metodi; Sotsiologik tadqiqot metodi. O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'ldir, degan edi professor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi: O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qa- rashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi- yaviy tusda bo'lishi lozim. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday ma- salalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masa- lalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi. 3.0'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyat- lariga muvofiq bo'lishi lozim. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi. Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti- ladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga erishish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshi- rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun- yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri- shadilar. Ta’lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan. Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika", K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin. O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur. PEDOGOGIKILMIY TADQIQOT METODLAR Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuvchi va " milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirgani- mizdek, metod lotincha "métodos”- yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il- miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatla- rini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to- monidan turlicha asoslab berilgan: Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuza- tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anke- talar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab huj- jatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema- tik hisoblash metodlari asoslab berilgan. S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika” qo'llanma- sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi “Pedagogika” o'quv qo'llan- masida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test- so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik dars- liklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad- qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanish- ning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilish- dan boshlanadi. Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi. Kuzatish metodlari - Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning das- turi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- yatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilana- di. Kuzatish muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoli- yatdagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining sa- maradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi. Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yo- ki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas'ul shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'rililigiga qa- rab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O'rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.sa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondent (o’qituvchi)larning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘htamga kelish; 4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish; 6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan ma'lumotlarni boyitish mavjud holatga to’g’ri baho berish muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub'ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon qilishga erishish muhimdir. Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadq- iqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlar- ning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat- lari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammo- lar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma'lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jara- yonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash- kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga arala- shadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay- yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlab- ki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni tal- ab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular daraja- sining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla- rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig'iladi va qayta ishlana- di. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya’ni: Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol- ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga im- kon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash- yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalari- ning pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tan- lab olinadigan to'plam majmuining o'rtacha kvadratik chet- ga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuza- tish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. llmiy tadqiqot natijalari amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llanilishidir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Bi- roq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda. XULOSA Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchinchi nazariya – liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro’yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi. Oxirgi yillarda ko’plab olimlar, jumladan, psixologlar M.G.Davletshin, E.G’ozieva, M.Vohidov, Z.R.Qodirova, R.I.Sunnatova, M.Sh.Rasulovalarning faoliyat kontseptsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan me`yorlar hamda ijtimoiy kutilmalarga kim ko’proq darajada javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin, deb hisoblashmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy kutilmalar nazariyasi hozirda ko’pchilik tomonidan ma`qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda. Shuni alohida ta`kidlash joizki, butun dunyoda ishlab chiqarish va uni boshqarish borasida modernizatsiya siyosatining tan olinishi, barcha davlatlarning o’ziga xos demokratiya tamoyillari asosida jamiyatni, xususan, mehnat jamoalarini boshqarish siyosatiga o’tishi munosabati bilan boshqaruv masalalariga ham munosabat o’zgardi. Jumladan, mustaqil O’zbekistonda ham erkin fuqarolik jamiyati qurish tamoyillarining yangidan belgilanganligi, Birinchi president I.A.Karimov tomonidan barcha jabhalarda, xususan, ijtimoiy sohalarda insonparvarlik siyosatining keng singdirilishi munosabati bilan rahbar va lider shaxslarga nisbatan ijtimoiy fikrda ham muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. Bugun O’zbekiston sharoitida bunyodkorlik sifatlariga ega bo’lgan, o’z oilasi, mahallasi, shaxsan o’zi va jamiyat mafnaatini o’ylab mehnat qilayotgan fuqaro jamiyat tomonidan ijtimoiy himoyada bo’lib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish, unga etarli darajada ish sharoitlarini yaratishga mas`ul bo’lgan rahbar, eng avvalo, unga g’amxo’r bir inson sifatida qarashi, mehnatdan manfaatdorlik psixologiyasini uning ongiga singdira bilishi shart. Xalqqa yaqin bo’lib, uning dardi bilan yashash, har bir ishning istiqbolini yaqqol tasavvur qila olish – zamonaviy rahbar-liderga xos fazilatlardir. Zamonaviy psixologiya fani tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, boshqaruvda, ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo’lishi ko’proq ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. SH.M.Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi qarori.Toshkent 2016-yil 29- Dekabr 2. O’zbekiston Respublikasi “ ta’lim to’g’risidagi” qonun “ Ma’rifat” gazetasi 1997 yil. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi-Toshkent ,O’zbekiston .1997 yil. 4. F.Qodirova.,Sh .Toshpulatova,M.A’zamova “Maktabgacha pedagogiks”.Oquv qo’llanma.Toshkent” Ma’naviyat”2013 yil 5. SH.Sodiqova“Maktabgacha pedagogiks”.Tafakkur bo’stoni” Toshkent -2013 yil. 6. O.U.Hasanboyeva va boshqalar “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” O’quv qo’llanma Toshkent “Ilm ziyo” 2012-yil 7 .N. Qayumova “Maktabgacha pedagogiks”. O’quv qo’llanma .Toshkent TDPU 2013 yil 8. Qodirova F., Tashpulatova Sh. “Bolalar bog’chasida metodik ishlar” –Т.: Voris 2012 y. 9. Maktabgacha ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar to’plami Т.: LIDER PRESS, 2009 Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova “Maktabgacha pedagogika - T. Ziyo.net.uz sayti Oqdaryo.uz sayti Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling