Tuzuvchi:
N. Madraximova
Apellyatsiya komissiyasi magistrning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning
natijasi bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira
olmagani ko‘rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va magistrga
yetkazilishini ta’minlaydi.
Nazorat turi bo‘yicha magistrning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi)
yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Fan bo‘yicha kurs ishi 5 balli shkala bilan baholanadi va quyidagi me’zonga
asoslanadi:
a) a’lo baho uchun: kurs ishining maqsad va vazifalarini tushunsa; nazariy
ma’lumotlar to‘la keltirilgan bo‘lsa; amaliy topshiriqlar keltirilib, to‘g‘ri
yechilgan bo‘lsa; adabiyotlardan keng foydalanilgan bo‘lsa; kurs ishi doirasida
berilgan savollarga to‘la javob bersa;
b) yaxshi baho uchun: kurs ishining maqsad va vazifalarini tushunsa; nazariy
ma’lumotlar qisman keltirilgan bo‘lsa; amaliy topshiriqlar keltirilib, qisman
to‘g‘ri yechilgan bo‘lsa; adabiyotlardan keng foydalanilgan bo‘lsa; kurs ishi
doirasida berilgan savollarga to‘la javob bersa;
v) qoniqarli baho uchun: kurs ishining maqsad va vazifalarini qisman tushunsa;
nazariy ma’lumotlar qisman keltirilgan bo‘lsa; amaliy topshiriqlar keltirilib,
qisman to‘g‘ri yechilgan bo‘lsa; adabiyotlardan foydalanilgan bo‘lsa; kurs ishi
doirasida berilgan savollarga qisman javob bersa.
g) qoniqarsiz baho bilan baholanadi: kurs ishining maqsad va vazifalarini
tushunmasa; nazariy ma’lumotlar to‘la keltirilganmagan bo‘lsa; amaliy topshiriqlar
keltirilmagan bo‘lsa; adabiyotlardan keng foydalanilmagan bo‘lsa; kurs ishi
doirasida berilgan savollarga to‘la javob bera olmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |