Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati


Download 50 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1083126
Bog'liq
Mavzu-1-WPS Office



Mavzu-1
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati
Reja :
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi
2.Teatr - saxnalashtirish faoliyatining shakllari.
3.Teatr - saxnalashtirish faoliyati prinsiplari
Teatr bola uchun katta ahamiyatga ega,bolalar u bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan
kutadi! Teatr hamma (yoki deyarli hamma) narsaga qodir. U mo’’jiza yaratadi:
quvontiradi, o’rgatdi, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantiradi, ularning xulqini korrektsiyalaydi, emotsional namoyon bo’lishiga
ko’maklashadi, bolalarning nutqi, notiqlik qobiliyatlarini rivojlantiradi, o’ziga ishonchini
oshiradi, omma oldida chiqish ko’nikmalarini egallashida yordam beradi.
Teatr san’ati bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ko’maklashadi. Teatr
san’ati bilan kun sayin muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan toqatli,
kelishuvchan, og’ir-bosiq bo’lib, o’zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha
yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli emotsional ta’sir
o’tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-ma’naviy
tasavvurini shakllantiradi, aqliy tasavvurlarini rivojlantiradi, intellektual qobiliyatlarini
oshiradi
Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida ertaklarni
sahnalashtirish. Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚
ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy
barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarni, o‘zini
odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda
qo‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda
tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil
ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko‘rganlaridan so‘ng,
qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida
ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to‘yg‘usini
tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak
qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) o‘ziga xos xususiyatlari
aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida
fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, so‘z va
harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan


o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bo‘ladi.
Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r
matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan
tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni
taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida
sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda
tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri
bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak
tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning
ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning
o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun
qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy
yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga
tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-
qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining
jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda
ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda
to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar
qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga
chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan
quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar.
Masalan, «Halollik» ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam
ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun
xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Bunday g‘alaba maishiy
ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak
bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib,
baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo
g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish
jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki
yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki
rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga
hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz
o‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada
qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta’lim
muassassalarida hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq tanishtiriladi.


«Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko‘zacha
bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy
hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida
ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o‘zlari ertak
mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta
hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik
tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda
hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar
harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktabgacha ta’lim
tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar
gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini
yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul
qiladilar. Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini
yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning
xattiharakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga
yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning
ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida
uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda
qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-
harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida
xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib
o‘qiydilar. «Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni
tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-
bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari
haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy
obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulqatvorlari,
harakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. «Davlat» ertagi
matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni
qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning
xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish
orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol
mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. Ertak ustida
ishlashda bolalarni ertakni o‘qib berishga, balki uni aytib berishga
o‘rgatish ham muhimdir.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling