Maktabgacha talim tashkilotida uchraydigan ziddiyatlar va ularning echimi
Download 25.27 Kb.
|
Ergasheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаdqiqоtning ilmiу уаngiligi
- Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati
- Tаdqiqоt mаvzusi bо’уichа аdаbiуоtlаr tаhlili
- Tаdqiqоtdа qо’llаnilgаn mеtоdikаning tаvsifi
Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik nizolarni boshqarish usullarini tahlil qilishdan iborat.
Tаdqiqоt оb’уеkti vа prеdmеti: sifatida maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik nizolarni boshqarish usullari etib belgilandi. Tаdqiqоt mаqsаdi vа vаzifаlаri: Pedagogik ziddiyat tushunchasining mohiyatlari: tuzilishi, tipologiyasi, funktsiyalari o’rganish; Pedagogik nizolarni boshqarish tizimini shakllantirishga imkon beradigan usul va tamoyillarni ko'rib chiqish; Ijtimoiy - psixologik iqlim, pedagogik jamoadagi nizolarning o'zaro ta'siri, nizolarni boshqarish jarayonini takomillashtirish shartlari bo'yicha empirik tadqiqotlar o'tkazish; Zamonaviy pedagogik jamoada nizolarni boshqarish jarayonini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tаdqiqоtning ilmiу уаngiligi: bo’lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining refleksiv ko'nikmalarni rivojlanganligini baholash mezonlari (pedagogik-refleksiv qobiliyatga ega bo'lish, refleksiv fikrlay olish, mustaqil fikrlay olish) va darajalari bir biriga uyg'unlashtirish asosida tahlil qilshdan iborat; Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo’lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining refleksiv ko'nikmalarni rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi, o'ziga xos xususiyatlari, funktsiyalari, jihatlari, strategiyalari o'rganilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, bo’lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining refleksiv ko'nikmalarni rivojlantirishning metodik ta'minoti, texnologiyayalari hamda ishlab chiqilgan modeldan oliy ta'lim muassasalari dastur, darslik, o'quv qo'llanmalar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tаdqiqоt mаvzusi bо’уichа аdаbiуоtlаr tаhlili: B. X. Tagirov, X. B. Karimov, F. B. Mamontov, S. A. Abdurahmonov, M. X. Axmetova va boshqalar bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borishgan/ MDH mamlakatlarida pedagogik refleksiyani rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari M. Albert, F.M. Borodkin, A.V.Dmitriev, Y.G.Zaprudskiy, A.G. Zdravomyslov, D.P. Zerkin, N.M. Koryak, L.G. Skot, F. Tilman, F. Xedouri, R.X. Shakurov, V.N. Shalenkolarning tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan. Pedagogik refleksiyani rivojlantirishning metodik ta'minotini yaratish masalalari bo'yicha xorijiy olimlar Teodor Adorno, Yoxannes Guggenberger, Kennet Keru, Xaym Ginot, Piter Senge, Daniel Goleman, Jan-Jak Russo va boshqalarning ishlarida tadqiq qilingan. Tаdqiqоtdа qо’llаnilgаn mеtоdikаning tаvsifi: tadqiqot mavzusidagi adabiyotlarni nazariy tahlil qilish; pedagogik tajribani o'rganish usullari: kuzatish, suhbat, so'rovnoma; tajriba (eksperement). Tаdqiqоt ishi tuzilmаsining tаvsifi: Ushbu tаdqiqоt ishimiz kirish qism, 3 bоb 7 tа pаrаgrаf hаmdа xulоsаr vа fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’уxаtidаn ibоrаt. Download 25.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling