Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun tartibida sport-sog’lomlashtirish ishlari Ertalabki gimnastikaning ahamiyati
Download 35.91 Kb.
|
musta
Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim bolalari bilan musobaqalarni tashkiletish turlar Bu ma'ruza element yordamida yaratilgan o'quv modeli 1-reja Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun tartibida sport-sog’lomlashtirish ishlarining axamiyati Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun tartibida sport-sog’lomlashtirish ishlari Ertalabki gimnastikaning ahamiyati Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli, bolalar bog’chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o’tkazib turilishi bolalarda asta-sekin yoqimli muskul sezgisi, ijobiy emotsiyalar, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko’nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so’ng nerv sistemasini harakatga keltiradi, bedorlikka o’tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy emotsiyalar uyg’otadi. Uyqudan so’ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolaning butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya po’stlog’i qo’zg’aluvchanligini, shuningdek, butun markaziy nerv sistemasi reaktivligini kuchaytiradi. Ko’rish, eshitish, tayanch-harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulg’slar oqimi nerv sistemasi ish qobiliyatini va organizmning hayot faoliyatini tiklaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasi ertalabki gimnastikaga yoki nraktikada qabul qilingan badantarbiyaga tegishlidir. U bolaning oklada va internat tipidagi muassasada uyg’ongan zaxoti o’tkaziladi. Faqat kunduzgi bo’ladigan gruppalarda bunday tarbiya sog’lomlashtirish va tashkilotchilik ahamiyatini kasb etadi. Ertalabki gimnastika to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga tahsir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqeadga intiluvchanlikni tarbiyalaydn, aqliy faoliyatning oshnshng’a yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha, derazalarya ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bnlan o’tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi: nerv sistemasining umumiy holati va funktsional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish rejtsiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga. nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, - yengillik, quvonch sezgilarini uyg’otadi. Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi; bunda vrach ko’rsatmasi asosida har bir bolaga individual yondashishga rioya qilinadi. Shunday qilib, ertalabki gimnastika chiniqish muolajalari bilan o’zaro aloqadorlikda bolaning xushchaqchaq kayfiyatini kun davomida saqlovchi va oshiruvchi muhim, har tomonlama fizkultura-sog’lomlashtirish jarayoni hisoblanadi. Download 35.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling