Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga


Download 235.29 Kb.
bet12/40
Sana08.10.2023
Hajmi235.29 Kb.
#1695253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi.


Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan va shartnoma imzolangan kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT direktorining imzosi, muhri hamda ota-ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv shaklida kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda ota- onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi.
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yoʻllanma yoki TPPK xulosa asosida oʻrnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.

  1. avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul boʻyicha tahliliy hisobot yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat boʻyicha jami bolalar soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga qadar qancha yoʻllanma yoki TPPK xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil qilinadi. Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.


Download 235.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling