62
birgalikda yigʻilishda muhokama qilinib, shundan soʻng u bolalar roʻyxatdan chiqariladi va
ularning oʻrniga II yarim yillikda navbatdagi korreksiyaga muhtoj boʻlgan bolalar kiritiladi.
Natijalar kerakli boʻlimga, yaʼni
korreksion ish yakuniga, bolaning
ijobiy yoki salbiy va
davomiy ishlari qayd etiladi.
Namuna
X i
Bolaning ismi, familiyasi
Muammo
Olib boriladigan ish
mazmuni
Natija
07 – Maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbari
07-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
07-02. Oylik ish reja (Ish jurnali):
Quyidagi boʻlimlardan iborat:
1. Ish jadvali.
2. Istiqbol rejasi.
3.
Yillik hisobot (04-02 indeks ostida namunasi ko’rsatilgan)
1. Musiqa rahbarining ish jadvali
Ish jadvali oʻzining rejasi,
pedagogik yuklamasi, MTTning
ichki imkoniyatlari va
boshqa pedagoglarning
ish jadvaliga mos, yosh guruhlari va
bolalarning xususiyatlarini
inobatga olgan holda tuzadi.
2. Musiqa mashgʻulotlarining istiqbol rejasi
Istiqbol ish rejasi jadval shaklida berilib, unda barcha musiqiy faoliyat turlari hamda tanlov
asosida musiqali faoliyatni tashkil etish shakllari boʻyicha dasturiy vazifalar aniq koʻrsatiladi, har
chorak davomida foydalanilgan repertuar qayd etilib boriladi. Repertuarlarning oʻquv yili
davomida osondan murakkabga qarab izchillik bilan tanlanishi maqsadga muvofiqdir.