Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


B – baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari  tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda). T –


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

B – baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari 
tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab 
namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-
harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish shu tartibga binoan oʻtkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim 
yillik oxiri (dekabr, yanvar)da oʻtkaziladi. Bunday kuzatishni oʻtkazishdan maqsad bolaga 
nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan 
iborat. Mazkur kuzatish natijalariga koʻra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, 
zarurat tugʻilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatishni oʻtkazadi. Mazkur 
kuzatish asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola 
rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan 
koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatishni oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta 
(yoki bir oy) mobaynida olib boriladi.
• pedagog bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa 
xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin.
• pedagog bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish 
xususiyatlariga eʼtibor qaratishi lozim. 


79 
Bolalarni kuzatish natijalariga ko'ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalarida 
rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda, keyingi pedagogik 
jarayonning maqsadlari aniqlanadi. 6-7 yoshli bolalarning yakuniy kuzatuvidan so'ng 
bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to'ldiriladi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling