Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

 
 01-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi 
hujjatlari 
 
Pedagogik kengashlar oʻquv yili davomida 4-marta (avgust, noyabr, fevral, 
may oylarida) oʻtkazilishi rejalashtiriladi. 
Har bir kengashda MTTning asosiy vazifalari asosida mavzular 
rejalashtiriladi. 
Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va 
taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi. 
Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar, turli masalalar, uyga 



vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa - bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib, 
pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va rahbariyat tomonidan 
nazoratga olinadi.
Masalan, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini 
bajarishga qaratilgan holda “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini 
tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan hamkorlik 
ishlari”, “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya 
vositalardan foydalangan holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion 
gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik jarayon (frontal, 
mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari 
faoliyatiga bogʻliq masalalar kiritilishi maqsadga muvofiq.
Namuna
T/r 
Ish mazmuni 
Bajarish 
muddati 
Masʼul shaxslar Bajarilganligi 
haqida belgi 
MTTning pedagogik kengashi – kollegial boshqaruv organi hisoblanadi. 
MTTish 
rejasi 
va 
pedagoglarning 
pedagogik 
yuklamasini 
belgilaydi.MTTning taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib 
chiqadi va taʼlim dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning 
qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini 
oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning 
ijodiy tashabbusini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, direktor va 
pedagoglarning xisoboti tinglanadi. 
Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash 
bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy 
materiallar, maʼlumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash 
kotibasi tomonidan yozib boriladi. 
Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon 
kilinadi va kengashning eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik 
kengashrejasiga kiritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin 
ogohlantirilgan holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan 
maʼlumotlar va qaror loyihasi pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin 
topshiriladi. Kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar 
asosida qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash 
bayonida har bir masaladan soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi
qaror ijrosi boʻyicha masʼul shaxsga yuklatilib, mazkur qarorlarning ijrosini 
bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga 
koʻra nazoratdan olinadi. 


10 
Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi 
shakllantiriladi. Pedagogik kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, 
MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling