Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/79
Sana08.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1674210
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

Ertalabki badantarbiya mashqlari (yuqoridagi uchinchi xat boshida 
koʻrsatilgan maʻlumotga qarang). 
Taʼlim-tarbiya jarayoni 
 
Oy va hafta mavzusiga koʻra taʼlim-tarbiya jarayoni rejalashtiriladi.
 
Ertalabki davra suhbati (umumiy gurux bilan) – tarbiyalanuvchilar hafta 
mavzusi bilan tanishtiriladi, mavzu doirasida yangiliklarni bilishlari hamda 
rivojlantirish markazlarda qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari yuzasidan 
tanishtirilib oʻtiladi(tarbiyachiga markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda ota-
onalar bilan ishlashi tavsiya etiladi).
Umumiy guruh boʻlib ishlash – frontal mashgʻulot boʻlib, unga nutq, oʻqish 
va yozish malakalarini rivojlantirish, elementar matematika; savodxonlikka 
oʻrgatish; xorijiy til; jismoniy tarbiya; musiqa faoliyatlari hamda xoreografiya 
mashgʻulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda, 
ushbu frontal mashgʻulotlarni olib borish vaqti ishlab chiqiladi va 1-chi pedagogik 
kengash qarori bilan tasdiqlanadi. 
Markazlardagi faoliyatlar – taʼlim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida 
tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun alohida oy va hafta mavzulari aks 
ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil 
etiladi:

Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;

Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;

Til va nutq markazi;

Fan va tabiat markazi;

Sanʼat markazi. 
Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud 
(shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondoshgan holda 
(asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda 
markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
Ish jurnalining sayr boʻlimi 5 qismdan iborat.
Kuzatish – ikki turdan iborat boʻlib, jonli va jonsiz tabiatni kuzatadi. Obyektga 
mos boʻlgan mehnat turini tanlashi kerak (oʻz-oʻziga hizmat, xoʻjalik-maishiy 
mehnat, tabiatdagi mehnat, qoʻl mehnati (katta va tayyorlov guruhlarda 
oʻtkaziladi).
Mehnat - ushbu qismda tarbiyachi maydonchada olib borilishi mumkin
boʻlgan bolalarning yoshiga mos mehnat turlarini tanlaydi. Maydonchaga
chiqishda albatta mehnat qurollarini ham olib chiqish maqsadga muvofiqdir.


45 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling