Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”
Download 11.94 Kb.
|
8 март буйруқ(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lim mudiri: (imzolangan) D.Xolbekova
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish va uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, tashkilotlarda bahoriy kayfiyatni hosil qilish hamda Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta’limi boshqarmasining 2021 yil 1-martdagi 02-02/3-351-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: 1. Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta’limi boshqarmasining 2021 yil 1-martdagi 02-02/3-351 -sonli topshirig‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun ishchi guruh 1-ilovaga asosan tasdiqlansin. 3. Maktabgacha ta’lim bo‘limi ishchi guruhining chora-tadbirlar rejasi 2- ilovaga asosan tasdiqlansin. 4. Tuman MTB ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul hodim (S.Teshaboyeva)ga: -Bayram tadbiri reja dasturini ishlab chiqish va jamoa o‘rtasida targ‘ib qilish; -Bayramga tayyorgarlik ishlarini birinchi navbatda bahorgi obodonlashtirish ishlaridan boshlash; -Maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va guruh xonalari tozaligini yana bir bor qayta nazoratdan o‘tkazish; -Bahoriy va bayram kayfiyatidagi shiorlar bilan tashkilotlarda bezatilish ishlarini tashkil qilish; -“8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami tadbirini o‘tkazish; -Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat MTB ga ma’lumot ko‘ndirish ishlari topshirilsin. 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga: -Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini obodonchiligiga va tozaligiga qat’iy e’tibor berish; -Tashkilotlardagi qorovullarini xizmat vazifalarini doimiy nazorat qilib borish; - 2021 yil 7-mart kuni soat 16-00ga tashkilotlarda “8-mart - Xalqaro xotin- qizlar kuni” bayrami tadbiri o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlarni tuman MTB ga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 6. Ushbu buyruqni umumiy nazorati bo‘lim mudir o‘rinbosari J.Turg‘unov zimmasiga yuklatilsin. Bo‘lim mudiri: (imzolangan) D.Xolbekova Download 11.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling