Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish xujjatlarining yuritilishi


Download 71.74 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1092275
Bog'liq
12-Mavzu


Mavzu: ”Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish xujjatlarining yuritilishi” fаni hаqidа tushunchа. Fаnning mаqsаd va vаzifаlari.
Reja:
1.Ish xujjatlari haqida umumiy tushuncha
2.Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ish xujjatlarini yuritish moxiyati
3.Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ish xujjatlarini yuritish talablari
1.Ish xujjatlari xaqida umumiy tushuncha.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.


1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar – nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot;
inklyuziv ta’lim va tarbiya – bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon;
maktabgacha bo‘lgan yosh – bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti – ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi – bola tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat;
maktabgacha ta’lim tashkiloti – maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
pedagogning kasbiy standarti – maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va ko‘nikmalariga doir asosiy talablar majmui;
ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli – maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.
4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;
bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari
Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish
7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar to‘plamini belgilaydi;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiena va profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari
O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra o‘z tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi.
O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari
15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
ta’lim berishning muqobil shakllari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar.
16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi:
umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi mumkin.
4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish
18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi.
21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi.
Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;
turar joy majmualari qurilganda;
tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.
Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.
24-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim darajasini ta’minlashi;
bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;
bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga haqli.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan byudjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli ro‘yxatlariga kiritgan holda, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;
davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.
27-modda. Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborotni yig‘ish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
28-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.
29-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to‘laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:
bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;
bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;
bolaning ijtimoiy moslashuvini;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;
bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
30-modda. Ta’lim berish tili
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish tili «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
31-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish rejimi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning bo‘lishi davomiyligiga qarab:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3–4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:
bolalar 3–4 soat bo‘ladigan guruhlarida – kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar 9–10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida – uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida – to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5–6 soatni tashkil etadi.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik uyquning tavsiya etiladigan umumiy davomiyligi muddati 12–12,5 soatni tashkil etadi, shundan 2–2,5 soatni kunduzgi uyqu uchun ajratish tavsiya qilinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning unda bo‘lishi davomiyligi uning ustavida belgilanadi.
6-bob. Maktabgacha bo‘lgan yosh davrlari. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish
32-modda. Maktabgacha bo‘lgan yosh va uning davrlari
Maktabgacha bo‘lgan yosh bola shaxsining jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan shakllanishining asosiy davridir.
Maktabgacha bo‘lgan yosh quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:
go‘daklik (tug‘ilganidan bir yoshgacha);
ilk bolalik (bir yoshdan uch yoshgacha);
maktabgacha bo‘lgan kichik yosh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);
maktabgacha bo‘lgan o‘rtacha yosh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);
maktabgacha bo‘lgan katta yosh (besh yoshdan yetti yoshgacha).
33-modda. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish
Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarga bolalarni qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-ruhiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida, bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va ulardan chiqarish nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
34-modda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir bo‘lmagan toifalar bo‘yicha to‘ldirilishi mumkin.
Guruhlar yoshga doir toifalar bo‘yicha to‘ldirilganda quyidagi yosh toifalari belgilanadi:
ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);
kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);
o‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);
katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);
maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.
Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar tegishli ravishda quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlarida – ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola;
turli yoshdagilar guruhlarida – ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan yerda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar soni yigirma nafardan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlashga, ularning tuzilishiga va ulardagi ish rejimini tashkil etishga doir sanitariya-gigiena talablari hisobga olingan holda ularning muassisi tomonidan belgilanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
kar bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
ko‘zi ojiz bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n sakkiz nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
yengil darajada aqli zaif bo‘lgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola, o‘rtamiyona va o‘rtacha darajada aqli zaif bo‘lgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
aqliy rivojlanishi kechikayotgan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola.
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
1) uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan ikki yoshdan uch yoshgacha ko‘pi bilan uch nafar bola;
2) uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda:
ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan (yaxshi ko‘ra olmaydigan yoki yaxshi eshita olmaydigan yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan) ko‘pi bilan uch nafar bola;
ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan (ko‘rish ambliopiyasiga chalingan, ko‘zi g‘ilay yoki nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan yoki autizmga chalingan) ko‘pi bilan ikki nafar bola;
ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan uch nafar bola;
ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan ruhiy rivojlanishida kechikayotgan ko‘pi bilan uch nafar bola.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
qulog‘i kar bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
ko‘zi ojiz bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n sakkiz nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n ikki nafar bola;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola;
murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) bo‘lgan bolalar uchun guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola.
35-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi
Mavzu: Hozirgi davrda pedagog-tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan oʼrni.
Reja:
1.Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan oʼrni.

2.Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qoʼyilgan talablar.


Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan oʼrni

Oʼzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning oʼz ishlariga maʼsuliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa boʼlib qoʼshiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bogʼlik. Jamiyatda pedagog (oʼqituvchi, tarbiyachi) birinchidan, oʼsib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va maʼsuliyatli vazifalarni bajaradi.


Maktabgacha taʼlim – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni maʼnaviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga toʼldiradi. Dunyoda biror kimsa yuqki, uning ustozi boʼlmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qoʼli gul kosibmi, qoʼyingki, barcha-barchaning oʼz ustozi va hayot yoʼlini charogʼon etib turuvchi yulboshchisi boʼladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni halkimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga maʼsuliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi oʼz maʼsuliyatini anglashga taʼlim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga oʼz mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi oʼsishga koʼmaklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi oʼzi yashab turgan oʼlka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol boʼlishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamokda. Maʼlumki Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabrь Halq taʼlimi hodimlari – oʼqituvchi murabbiylar kuni» deb eʼlon qilindi. Bu voqea davlatimizni oʼqituvchilarni jamiyatda tutgan oʼrni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilgʼor tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun oʼqituvchi, tarbiyachilar «Metodist oʼqituvchi», «katta oʼqituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi aʼlochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalk taʼlimi xodimlari orasidan respublika buyicha deputatlar saylanishi ham ularga boʼlgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni maʼlum bir kasbga yoʼnaltirish ogʼir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz taʼlim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil Oʼzbekistonning istiqboli, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati koʼp jihatdan tarbiyachi-oʼqituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga taʼlim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bogʼliq.
Maʼlumki, taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayon bevosita oʼqituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda taʼlim-tarbiyadan koʼzda tutilayotgan maqsadlarga erishish, oʼquvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, eʼtiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib oʼstirish va kasbga yoʼnaltirish oʼqituvchilar zimmasiga yuklatilgan.
Tarbiya – oʼqituvchi va oʼquvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʼrtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat boʼlib, tarbiyalanuvchini maʼlum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli taʼsir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yoʼnaltirilgan qizgʼin faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, maʼnaviy boyligi va his-tuygʼulari rivojlanadi, oʼzida ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topish uchun zarur boʼlgan, kishilar bilan oʼzaro munosabatni toʼgʼri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil boʼladi Tarbiya xususida taniqli oʼzbek adibi Аbdulla Аvloniyning “Аl-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur” – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
Oʼzyuekiston respublika birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov oʼqituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday taʼriflaydi: «Tarbiyachi – ustoz boʼlish uchun, boshqalarning aql-idrokini oʼstirish, maʼrifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining oʼzi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega boʼlishi kerak». Demak, oʼz faoliyatini endigina boshlayotgan oʼqituvchilar va doimiy izlanishda boʼlgan tajribali oʼqituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda oʼquvchining ichki va tashqi dunyosini toʼgʼri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni toʼgʼri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan oʼzi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan toʼgʼri qaror qabul
qilish;
- tarbiyada taʼsir etishning turli usullaridan foydalana olish
qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini soʼz bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan oʼquvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda oʼquvchi¬lar bilan kommunikativ aloqa oʼrnata olish qobiliyati;
- oʼquvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, oʼz fikr
mulohazalarini qoʼrqmasdan bayon qilish koʼnikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda oʼquvchilarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni oʼtkazishda oʼquvchilar jamoasi bilan doimo
maslahatlashish;
- oʼtkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan oʼquvchilarning
fikrlarini oʼrganish;
- oʼz-oʼzini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir oʼquvchining yashirin ijobiy fazilatlarni koʼra olish va
takomillashtirish;
- oʼquvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga
ajratmaslik, bir xil munosabatda boʼlish.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, oʼyinlarda, mashgʼulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan boʼladigan muomalada taʼsir koʼrsatadi. U har bir bolani diqqat bilan oʼrganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga oʼz vaqtida yordam koʼrsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri oʼz kasbiga sadoqatliligi, gʼoyaviy eʼtiqodliligi oʼz kasbini sevishi va bu kasbga boʼlgan cheksiz sadoqati oʼqituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qoʼyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u oʼz predmetini, uning metodikasini chuqur oʼzlashtirgan boʼlishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obroʼsini koʼtaradi. Tarbiyachi kasbiga xos boʼlgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat kilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog boʼla oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uygʼotadi, oʼqituvchiga bolalarni chinakam maʼnaviy murabbiysi boʼlishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bogʼlikdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyatӮ jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish sanʼatidir.
MTT da tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari byicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar.
tarbiyachilarning bolalarni tushuna olish va bola shaxsiga hurmat bilan qarash bilan bog’liq hislatlari;
tarbiyachilarning o’z tarbiyalanuvchilariga tarbiyaviy va ruhiy (ertak, hikoya, hikoyat, hikmatlar va donolar fikrlarini aytish orqali) ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlari;
tarbiyachilarning o’z atrofdagilariga, ayniqsa o’z tarbiyalanuvchilariga ibrat-namuna bo’la olishi, ya’ni “Ibrat-namuna hayot dorilfununi” tizimidagi ma’lumotlar bilan qurollanggan holda mashg’ulotlar o’tkaza olishiga oid xislatlari.
MTT dagi tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTT da faoliyat yurituvchi tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:
Tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;
Tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;
Tarbiyachi bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;
Tarbiyachi bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;
Tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;
Tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.
MTT dagi tarbiyachilar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarga amal qilsa, quyidagidek yutuqlarga erisha oladi:
bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy ko’rsatkichdir;
ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi o’ta muhimdir;
ularning bolalar jamoasida ishlashiga bo’lgan moyilligi, qiziqishi, layoqati va fidoyiligi tufayligina bolalar jamoasining ma’naviy jihatdan bilimliligi ta’minlanadi, bolalardagi ijodiy faoliyat va tashabbuskorlikka ijobiy turtki bo’ladi;
ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos bo’lishi mumkin;
ularning bolalar bilan ishlashdagi muomalada kirishuvchanligi va bolalarga bo’lgan samimiyligi hamda muloyimligi bolalardagi barcha bilan muloqot qila olishligini, bolalarning tezda o’z o’rtoqlari bilan til topisha olishligini, erkin muloqot qila olishligini, sezgirlikni, mehribonlikni, o’zaro hamkor bo’lishlikni va shu kabilarni shakllantirishga samarali ma’naviy asos bo’la oladi;
ularning barcha yangilikni tez anglay olishi va bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir ish turidan ikkinchisiga tez o’ta olishi bolalardagi quyidagi insoniy jihatlarni shakllantirishga namunaviy-ma’naviy asos bo’la oladi: bolalarda o’rtoqlarining his hayajonlariga qayg’udosh bo’lish shakllana boradi; o’tkir zehinli va sinchkov bo’ladi; o’z e’tibori va diqqatini tezlik bilan biror narsaga qarata oladi hamda u haqda fikr yurita oladi; imo-ishora, rolga kirishuvchanlik, go’zal harakatlar qilish va zavqlilik kabi hislatlarni o’zida namoyon qila oladi; har qanday holatda va sharoitda ham o’z hissiyotlarini jilovlashni amalga oshira oladi; turg’unlik va chidamlilik, ya’ni bolalar o’zini idora qilib, tezlik bilan o’zini bosa oladi; hissiy munosabatlarni jilovlay oladi, ya’ni xoholab kulmaydi, baqirib gapirmaydi, qo’pol muomala qilmaydi, birovni kamsitmaydi, birovning asabiga tegmaydi va xullas ular o’zaro munosabatlarda ma’naviyatli bo’lib yetishadi.
Mavzu: Hozirgi davrda pedagog-tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan oʼrni.
Reja:
1. Tarbiyachi shaxsini shakllantirish.

2. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.


Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish

Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlangʼich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahlok, oʼz tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda boʼlish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgӯylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, oʼsimlik va hayvonlarga gʼamxurlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.


Xalq sanʼati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy sanʼatni bilish, sanʼatga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va koʼnikmalarni maʼlum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi oʼz kasbining mohir ustasi boʼlish uchun maxsus tayyorgarlik koʼrishi kerak. U quyidagi shartlarga amal kilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori maʼlumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilgʼor tajribali pedagoglarning tajribasini oʼrganib, oʼz ishiga tadbiq eta oladigan boʼlishi;
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini toʼgʼri tahlil qilib, unga ijobiy taʼsir etuvchi vositalarni topa olishi;
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, koʼnikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham boʼlishi lozim. Taʼlim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, koʼnikmalarni yaxshi oʼzlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
4. Tarbiyachi oʼziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda oʼsha faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʼota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini oʼstirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qoʼyishi;
6. Kun tartibini toʼgʼri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir aʼzoni eʼtiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishlarida eʼtiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar oʼtkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda boʼlishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa boʼlsa ovuntara olishi;
10. Kun tartibida olib borgan taʼlim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yoʼllarini topa olishi kerak.
Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini toʼgʼri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Pedagogik imidj - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiѐfasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikdir. Tarbiyachining tashqi qiѐfasini ifodalovchi madaniyati
1. Gavdani tutish-to‘g‘ri tutish(yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning tarbiyachi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim- ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning ѐshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardozning me’ѐrdaligi, ѐshi, kasbi va ishiga mosigi.
4. Soch turmagi(sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi.
Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imoishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi ѐki kinoyali tabassumida namoѐn bo‘ladi va ular tarbiyachi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, o‘quvchi-talabalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayѐrlab beradi.
6.Mimika-his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlaѐtgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika- bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiѐtini tinglovchi bajaraѐtgan ishdan roziligi ѐki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning ifodasi o‘quvchilarga
katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o‘zlashtirish uchun imkon yaratadi. O‘quvchi pedagogga qarab uning kayfiyatini, munosabatini «o‘qib» oladilar. Shuning uchun uydagi ba’zi noxushliklar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatadi. Mimik ifodalar o‘quvchining o‘quv kayfiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi kerak. Yuz ifodasida, mimik belgilarida faqat dars mashg‘ulotlariga xos ta’sirini ko‘rsata bilishi talab etiladi. Bu o‘quv - tarbiya topshiriqlarini yechish o‘quvchilar ta’limi va tarbiyasiga ijobiy yo‘nalish bera oladigan ko‘rinishlarni ifodalashi lozim. Yuz ifodasi, esa o‘z navbatida nutq va munosabat xarakteriga mos bo‘lishi kerak. U ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarda ifodalanishi mumkin. Mimik ifodaning asosiy detali sifatida qayd qilinganidek qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi va muskullari ishtirok etadi. Ko‘z, qosh, yuz o‘quvchitalabalar javobidan qoniqish, xursand bo‘lish, faxrlanish ѐki e’tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo‘lish va boshqa belgilarni ifodalasa, ta’lim oluvchilar diqqatini bo‘lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan ta’lim - tarbiya ishlarini olib borish muvaffaqiyatli kechadi. Shuni ham alohida e’tirof etish joizki, mimik ifodalar namoyish qilinaѐtgan paytda tarbiyachining nigohi o‘quvchi-talabalarga, ѐki ayrim o‘quvchilarga qaratilgan bo‘lishi zarur. Doskaga, eshikka, derazaga, ko‘rgazma qurollarga ѐki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilishdan qochish lozim.
6.Pantomimika- qo‘l,oѐq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlash, erkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oѐq harakatidir. Tarbiyachi darsda o‘quv ma’lumotlarini baѐn qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, o‘quvchi-talabalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiѐtlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq baѐn qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarga keltirish tarbiyachining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tarbiyachi talabalar oldida o‘zini tuta bilsa, harakatlarini tartibga keltira olsa, o‘quv-tarbiya jaraѐni samarali bo‘ladi. Ma’ruzada oѐqlar 12-15 sm. oraliqda bir oѐq sal oldinga surilgan holda turish bu tarbiyachining fanini mukammal bo‘lishi, uni tushuntira olishiga ishoradir. Tarbiyachining ishoralari ma’noli bo‘lib, u ortiqcha harakatlardan xoli bo‘lmog‘i darkor. Masalan, keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo-ishoralar qilish, boshini uѐq-buѐqqa tashlash, oѐqlarini kerib o‘tirish va h.k. Bunday holatlar o‘quvchi-talabalarning g‘ashini keltiradi va o‘quv faniga, tarbiyachiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Tarbiyachi auditoriya (sinf)da yurgan paytida faqat oldin va orqaga qarab yurishi tavsiya etiladi. Chunki, agar u ѐn tomonlarga, ya’ni, u ѐndan, bu ѐnga yursa talabalar fikri bo‘linadi va ular tez charchab qoladilar. Old tomonga yuraѐtganida, tarbiyachi eng muhim voqealarni baѐn qilishi lozim, chunki bunda talabalar tarbiyachini butun diqqatlari bilan eshitaѐtgan bo‘ladilar. Yuzi talalabalarga teskari holda yuraѐtganda uncha ahamiyatga molik bo‘lmagan fikrlarni aytish, dalillar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu vaqtda o‘quvchi-talabalar bir oz erkin holatda o‘zlarini his qilaѐtganbo‘ladilar.
7.O‘z hissiѐtini boshqara olish malakasi. Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiѐtini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jaraѐni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jaraѐnida) o‘z hissiѐtini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, ѐki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin». Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim: - hayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish; - o‘z hulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish); - faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy daqiqalarni yaratish; - o‘z - o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h. k.
8.Tarbiyachining aktѐrlik va rejissѐrlik malakalari. O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun tarbiyachi pedagogik texnikasi tizimidan o‘rin olgan yana bir malaka – bu tarbiyachining aktѐrlik va rejissѐrlik malakasidir. Xususan, adabiѐt, odobnoma, ma’niviyat asoslari, tarix tarbiyachilari uchun aktѐrlik malakasi nihoyatda zarur. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni tavsiflaѐtganda aktѐrlik, o‘quv ma’lumotlarini so‘rash, o‘quvchi-talabalar faoliyatini tashkil etishda esa, tarbiyachiga rejissѐrlik malakalari zarur. Bu malakalar tarbiyachiga ѐshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi –
talabalarning aql - idrokkina emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish, ularga olamga nisbatan hissiy - qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishga ѐrdamlashadi. Shunday qilib, tarbiyachida yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u ѐshlarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Ta’kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar tarbiyachining ijtimoiy – gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarini boyitadi pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar ѐshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga ѐrdam beradi. Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagogning ijobiy qiѐfasi va jozibasi, o‘quvchilarga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazadi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi.
Pedagog – tarbiyachining nutq madaniyati

Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir koʼzgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va ogʼzaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga eʼtibor yolgʼiz oʼqituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda oʼzlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir oʼqituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bogʼliq. Oʼqituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat maʼnaviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi meʼyordir. Oʼqituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar oʼgiti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Oʼqituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat oʼqituvchining shijoatiga bogʼliq. Shu qobiliyat tufayli oʼqituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi oʼqituvchining nutq madaniyatiga xos boʼlgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:


1. Nutq madaniyati oʼqituvchining maʼnaviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini koʼrsatuvchi, oʼz ona tilimizga eʼtiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati oʼqituvchilarni maʼnaviy va madaniy saviyasi bilan, hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan maʼlum maʼnoda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi boʼlgan barkamol avlodni qanday kasb egasi boʼlib yetishishidan qatʼiy nazar maʼnaviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, oʼqituvchilarda nutqiy koʼnikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu koʼnikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga oʼzbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun oʼqituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy oʼqib borishi, sheʼrlar yod olishi va uni ifodali oʼqiy olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir koʼrinishi nutqiy taqlid boʼlib, yosh oʼqituvchilar oʼzidan yaxshiroq, chiroyliroq, maʼnoli va taʼsirchan nutq soʼzlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy sanʼatiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida oʼrganishi mumkin.
Oʼqituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida oʼqituvchi bolaning his-tuygʼularini uygʼotadi, oʼquvchilar bilan ongli muloqotni taʼminlaydi, taʼlim-tarbiyaga oid maʼlumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun boʼlajak oʼqituvchi avvalo nutq sirlarini, uning oʼquvchilar bilan boʼladigan muloqotda taʼsir kuchini puxta bilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi faoliyati.
Reja:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachining lavozim vazifalari.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachiga qo’yilgan malaka talablar.


Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari

1. Lavozim vazifalari:


tarbiyalanuvchilarni har tomonlama uygʼun rivojlantirish maqsadida taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish;
taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya dasturlaridan samarali foydalanish;
bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashda taʼlim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qoʼllay olish;
tarbiyalanuvchilarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivoj-lantirishga, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala koʼnikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish;
guruhdagi har bir tarbiyalanuvchi bola shaxsiga alohida yondoshuvni, guruh va individual mashgʼulot, oʼyin, sahnalashtirish, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish;
tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlarini oʼrganish;
taʼlim-tarbiya dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirish uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlar yaratish;
guruhdagi har bir bolaning holati va sogʼligʼini nazorat qilish, maktabgacha taʼlim tashkilotsi tibbiy xodimlari bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning sogʼligʼini mustahkamlashga, ruhiy, jismoniy rivojlanishiga koʼmaklashuvchi tadbirlarni muntazam oʼtkazish;
tarbiyalanuvchilar sogʼligʼidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisida maktabgacha taʼlim tashkilotsi mudirini, tashkilot tibbiy xodimlarini, ota-onalarni darhol xabardor qilish;
tarbiyalanuvchilarning maktabgacha taʼlim tashkilotsiga qatnovini hisoblash davomatini yuritish, ularni tashkilotga kelmaganlik sabablarini aniqlash, tashkilotga kelmagan tarbiyalanuvchilar toʼgʼrisida tibbiy xodimlarini oʼz vaqtida xabardor qilish;
tarbiyalanuvchi maktabgacha taʼlim tashkilotsiga kelmagan kunida uning ota-onasi bilan kamida telefonda aloqa qilish orqali kelmaganlik sababini aniqlash yoki uyiga borib bolaning ahvolidan xabar olish;
guruh kun tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, taʼlim-tarbiyaviy ishlarni samarali rejalashtirish, tarbiyalanuvchilarning , kun davomidagi mashgʼulotlar davomida ishtiroki va boshqa harakatlari yuzasidan ota-onalar bilan suhbatlar olib borish;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʼin xavfsizligi qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish.
tarbiyachi taʼlim-tarbiya ishlari yuzasidan bir yilda ikki marotaba maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan Davlat talablari asosida tarbiyalanuvchilaning rivojlanish koʼrsatkichlarini kuzatish orqali tahlil qilishni amalga oshirish
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, tasdiqlangan mashgʼulotlar jadvali asosida mashgʼulotlarni oʼtkazadi.
tashkilot musiqa rahbari bilan oʼzaro hamkorlikda ish olib boradi va yil davomida oʼtkaziladigan bayram ertaliklariga tayyorgarlik ishlarida musiqa rahbariga koʼmaklashadi.
maktabgacha taʼlim tashkilotsi psixologi, defektologi, shtat jadvalida koʼrsatilgan mutaxassislar bilan xamkorlikda ishlash (suzishni oʼrgatish boʼyicha yoʼriqchi mavjud boʼlganda,unga yordamlashish)
2. Bilishi lozim:
- maktabgacha taʼlim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy xujjatlarni, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni;
- maktabgacha taʼlimga qoʼyilgan davlat talablarining mazmunini;
tarbiyalanuvchilarni taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa muqobil (variativ) dasturlar orqali bilim olishini taʼminlashda ota-onalarga metodik yordam, maslahatlar bera olishni;
maktabgacha pedagogika va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini;
maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan, ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, tabiat va tevarak atrofni bilishni, tasviriy faoliyat oʼrgatish metodikalarini, mehnat, musiqiy va jismoniy tarbiya orqali malaka va koʼnikmalarni hosil qilishni;
pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, taʼlim va tarbiya jarayonida axborot va kommunikatsiya vositalaridan foydalanish amaliyotini;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy oʼyinlarini tashkil qilish qoidalarini;
tarbiyalanuvchi bolalar bilan jismoniy mashqlar va mashgʼulotlar oʼtkazishda asosiy harakat koʼrsatkichlari va meʼyorlarini;
bola shikastlanganda yoki boshqa holatlarda birinchi tibbiy yordamni koʼrsata olishni;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʼin xavfsizligi qoidalarini.
guruhdagi mebelь jihozlarni toʼliq saqlanishini taʼminlashni;
3. Malaka talablari:
a) maktabgacha taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oliy pedagogik maʼlumot, hamda oliy bakalavr darajasidagi pedagogik maʼlumot bilan birga maktabgacha taʼlim yoʼnalishidagi qayta tayyorlov kursini tugatgan;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotsi tarbiyachisiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʼrsatkichlar bilan aniqlanadi:
maktabgacha taʼlim tashkilotsi tarbiyachisiga qoʼyiladigan umumiy talablarga javob berishi;
maktabgacha taʼlim va tarbiyaning zamonaviy pedagogik shakl va usullarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishni bilishi;
v) tarbiyalanuvchilar bilan oʼzaro munosabatlarda ularning individual va yosh guruhlari xususiyatlarini bilishi;
g) taʼlim-tarbiya jarayoniga tarbiyalanuvchilarning individual xususiyati, qiziqishi va sogʼligʼini hisobga olgan holda yondoshishi;
taʼlim-tarbiya jarayonida qulay shart-sharoit yaratish, amaliy faoliyatida taʼlim jarayonining xilma-xilligini (variantliligini) taʼminlovchi metodlar, usullar va vositalarni qoʼllay olishi;
tarbiyalanuvchilarni tayanch va boshqa variativ dasturlari orqali maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan davlat talablariga mos holda bilim olishini taʼminlashi;
bolaning intellektual va shaxsiy, jismoniy, estetik rivojlanish darajalarini diagnostik tahlil qilish usullarini bilishi;
tashkilot ijtimoiy faoliyatida faol qatnashishi;
oʼz yoʼnalishi boʼyicha oliy maʼlumotli hamda tarbiyachi vazifasida uch yildan kam boʼlmagan mehnat stajiga ega boʼlishi, belgilangan muddatlarda malaka oshirgan boʼlishi;
Magistr darajasiga ega boʼlgan pedagog xodimga attestatsiya oʼtkazilmasdan ikkinchi malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi.
Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʼrsatkichlar bilan aniqlanadi:
ikkinchi toifali pedagogga qoʼyilgan barcha talablarga javob berishi;
bolaning intellektual va shaxsiy, estetik va jismoniy rivojlanish darajalarini diagnostik tahlil qilish usullarini bilishi;
maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berishning zamonaviy texnologiyalarini bilishi va maktabgacha yoshdagi bolalarga xorijiy (ikkinchi) tillarni oʼrgatishi;
taʼlim-tarbiya jarayonida dastur va texnologiyalarni ijodiy qoʼllashi;
ilgʼor ish tajribalari maktabgacha taʼlim tashkilotsida ommalashtirilishi va oʼz metodik tavsiyalarini yaratishi;
oʼz yoʼnalishi boʼyicha oliy us maʼlumotli hamda tarbiyachi vazifasida ikkinchi toifa bilan uch yildan kam boʼlmagan mehnat stajiga ega boʼlishi;
malaka oshirish kurslaridan oʼz vaqtida muntazam oʼtishi;
Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʼrsatkichlar bilan aniqlanadi:
birinchi toifa pedagogga qoʼyilgan barcha talablarga javob berishi;
maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiya jarayonida intellektual, estetik, axloqiy va jismoniy rivojlantiruvchi dastur va texnologiyalarni, bolaning psixik rivojlanish darajalarini hamda bolalar bilan korrektsion ishlash asoslarni bilishi;
ilgʼor pedagogik texnologiyalar va metodikalarni ishlab chiqishi, ularni tadqiqot eksperimental faoliyatlarda ishtirok etgan holda sinashi;
bolaning rivojlanish muhitini mustaqil yarata olishi, shuningdek, taʼlim va tarbiyaning koʼrgazmalar, oʼyinlar, original vositalari muallifi boʼlishi;
ilgʼor ish tajribalari tuman yoki shaharda, viloyat miqyosida ommalashtirilishi, metodik tavsiyalar va uslubiy qoʼllanmalar yaratishi;
oʼz yoʼnalishi boʼyicha oliy pedagogik maʼlumotli hamda birinchi toifali tarbiyachi lavozimida kamida uch yil stajga ega boʼlishi, malaka oshirish kurslaridan muntazam oʼtgan boʼlishi.
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ish xujjatlari.
Reja:
1.O’zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari.
2. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi.
3. Metodik qo’llanma tavsiyalar.
O’zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga qo‘llaniladi:


davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari

3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
bola kompetensiyasi — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari;
integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;
“Men” konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
3-bob. Davlat talablarining tarkibi

7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.


Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
“Men” konsepsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
nutq va til;
o‘qish malakalari;
qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
13. “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 1-ilovasida belgilangan.
16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablarining 2-ilovasida belgilangan.
4-bob. Yakuniy qoidalar

17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


18. Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotsining davlat o‘quv dasturi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotsining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotsining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
1.1. MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.


Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkilotsi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotsining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
1.2. MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari
2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;


ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotsi rahbari javobgar bo‘ladi.
2. 3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkilotsi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.


2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
Maktabgacha ta’lim tashkilotsida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotsi rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkilotsi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotsi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkilotsi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.


Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.
3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
nutqni eshitadi va tushunadi;
o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;
ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;
badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;
yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijodkorlik» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotsi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.


O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.


O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
yillik mavzuviy;
haftalik.
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
Yillik mavzuviy reja.
Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta’lim tashkilotsining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi.
Haftalik reja
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda * katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
titul varag‘i;
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
ertalabki badantarbiya kompleksi;
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
haftalik ish tahlili;
ilovalar.
Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.
5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari

Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko‘nikmalar).


Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha tashkilot bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim tashkilotsining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi.
6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
Maktabgacha ta’lim tashkilotsida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
maktabgacha ta’lim tashkilotsining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi.

Mavzu rejasi:


Guruhning kun tartibini to’g’ri rejalashtirish.
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri tashkil etiah.
Sayrni to’g’ri tashkillashtirish.
Kunning ikkinchi yarmini samarali tashkil etish.
Dаvlаt mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаri pedаgog хodimlаrining

ish hujjаtlаrini yuritilishi bo’yichа


QO’LLАNMА
Mаzkur qo’llаnmа- dаvlаt mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаridа fаoliyat yurituvchi bаrchа pedаgoglаr uchun ish hujjаtlаrini to’g’ri rаsmiylаshtirish hаmdа ungа ijodiy Yondoshgаn holdа qаt’iy аmаl qilish tаrtibini belgilаydi.
Qo’llаnmаni tаyYorlаshdаn mаqsаd, mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаridа olib borilаYotgаn tа’lim-tаrbiya vа metodik ishlаrni zаmon tаlаblаri dаrаjаsidа yangichа Yondаshgаn holdа tаshkil etish hаmdа hujjаtlаr yuritilishidа tа’lim mаzmuni sаmаrаdorligini oshirishgа qаrаtilgаnligini tа’minlаshdаn iborаt.
O’quv yili boshidа mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti rаhbаri tomonidаn tаshkilotning bаrchа pedаgog хodimlаri ushbu qo’llаnmа bilаn tаnishtirilаdi. Ushbu ish hujjаtlаr bilаn tаnishgаn hаr bir pedаgoglаr mаzkur qo’llаnmаgа аmаl qilishi vа me’Yoriy- metodik hujjаtlаrni yuritishgа mа’sul hisoblаnаdi.
01 - Boshqаruv hujjаtlаri

01-01. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаri o’z fаoliyatini O’zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisi Senаti, Oliy Mаjlis Qonunchilik pаlаtаsi vа Qorаqаlpog’iston Respublikаsi Jo’qorg’i Kengesining hujjаtlаri (qonunlаr, qаrorlаr, bаYonnomаlаr, stenogrаmmаlаr), O’zbekiston Respublikаsi Prezidentining fаrmonlаri, qаrorlаri, fаrmoyishlаri topshiriqlаri, O’zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi, Qorаqаlpog’iston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi Kengаshining qаrorlаri, fаrmoyishlаri hаmdа O’zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаri fаoliyatini yanаdа tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri to’g’risidа”gi 391-son qаrori.


01-02. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаrigа tumаn (shаhаr) mаktаbgаchа tа’lim bo’limlаri tomonidаn yuborilgаn buyruq, хаt vа hujjаtlаr nushаlаri sаqlаnаdi.
01-03 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti Ustаvi –tаshkilotning аsosiy fаoliyatni belgilаydi. Ustаv- dаvlаt hokimiyati, tаshkilotni boshqаrish vа nаzorаt qilish huquqigа egа bo’lgаn orgаnlаrigа tаqdim etilаdigаn hujjаt hisoblаnаdi.
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining Ustаvi O’zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim vаzirligi tomonidаn ishlаb chiqilgаn “Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining nаmunаviy Ustаvi”gа аsosаn ishlаb chiqilаdi.
Ustаv ishlаb chiqilgаndаn so’ng, mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining umumiy ishlаb chiqаrish yig’ilishidа mа’qullаnаdi. Tumаn (shаhаr) Mаktаbgаchа tа’lim bo’limi tomonidаn tаsdiqlаnаdi vа tumаn (shаhаr) Dаvlаt хizmаtlаri mаrkаzidа ro’yхаtdаn o’tkаzilаdi.
Quyidаgi hollаrdа Ustаvgа o’zgаrtirish kiritilаdi:
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining nomi vа vаkolаti o’zgаrtirilgаndа;
Umumiy tipdаgi mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotini Qorаqаlpog’iston Respublikаsi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlаr vа Toshkent shаhаr hokimliklаrining qаrori bilаn Ko’p tаrmoqli Iхtisoslаshtirilgаn mаktаbgаchа tаshkilotigа Yoki qo’shmа tipdаgi mаktаbgаchа tаshkilotigа o’tkаzilgаndа;
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining kun tаrtibi vа ish soаtlаrigа o’zgаrtirish kiritilgаndа;
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti quvvаti bo’yichа ko’rsаtilgаn аsosiy guruhlаridаn аyrimlаrining fаoliyati bir nechа yillаrdаn buYon to’хtаtilgаn hollаrdа, ulаr fаoliyatini qаytа tаshkil etilishidа tumаn mаktаbgаchа tа’lim bo’limining buyrug’i аsosidа tumаn moliya bo’limi bilаn kelishilgаn holdа tаsdiqlаngаn хаrаjаtlаr smetаsi vа shtаt jаdvаli аsosidа Yo’lgа qo’yilаdi.
01-04 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаrigа turli tаshkilot vа idorаlаrdаn kelib tushgаn Yozishmаlаrnushаlаri sаqlаnаdi.
01-05 Jismoniy vа yuridik shахslаrningYozmа vа og’zаki murojааtlаri, ulаrni qаyd etish kitoblаri vа murojааt аsosidа аmаlgа oshirilgаn ishlаrning nushаlаri sаqlаnаdi.
01-06 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining аsosiy fаoliyatigа doir buyruqlаrning nushаlаri sаqlаnаdi.
01-07 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti tomonidаn chiqаrilgаn хаt vа Yozishmаlаrhаmdа chorа-tаdbirlаrning nushаlаri sаqlаnаdi.
01-08 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotidа bolаlаrni tаrbiyalаsh, o’qitish, ulаrgа qаrаb turish, pаrvаrishlаsh vа sog’lomlаshtirishni tа’minlаshgа qаrаtilgаn, O’zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim vаzirligining 2018 yil 18 iyundаgi 1-MH-son buyrug’i bilаn tаsdiqlаngаn (Аdliya Vаzirligidа 3 iyulь 2018 yildа 3032-son bilаn ro’yхаtdаn o’tgаn) “O’zbekiston Respublikаsi ilk vа mаktаbgаchа tа’lim Yoshdаgi bolаlаr rivojlаnishigа qo’yilаdigаn Dаvlаt tаlаblаri” sаqlаnаdi.
01-09 “O’zbekiston Respublikаsi ilk vа mаktаbgаchа tа’lim Yoshdаgi bolаlаr rivojlаnishigа qo’yilаdigаn Dаvlаt tаlаblаri”gа muvofiq ishlаb chiqilgаn, mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаridаtа’lim mаzmunini belgilаb, vаriаtiv o’quv dаsturlаrini yarаtishdа tаyanch hujjаt hisoblаnuvchi O’zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim vаzirligining 2018 yil 7 iyuldаgi 4- sonli hаy’аt mаjlisi qаrori bilаn tаsdiqlаngаn “Ilk qаdаm” dаvlаt o’quv dаsturi sаqlаnаdi.
01-10 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining qonuniy аsosdа joylаshuvi bo’yichа o’rnаtilgаn tаrtibdа tаsdiqlаngаn kаdаstr hujjаti hаmdа moddiy-teхnik bаzаsining holаtini аks ettiruvchi o’rnаtilgаn tаrtibdа rаsmiylаshtirilgаn tаshkilot pаsporti sаqlаnаdi.
Mаzkur pаsport mаktаbgаchа tа’lim sohаsigа tegishli bo’lgаn vаkolаtli tаshkilotlаr tomonidаn sаnаsi vа muhri аniq ko’rsаtilgаn holdа tаsdiqlаnаdi. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining pаsportidа tаshkilot hаqidа umumiy mа’lumot, er mаydoni, bino vа inshootlаri, аsbob-uskunаlаr, qаttiq vа yumshoq jihozlаr, o’qin-o’yinchoqlаr, sport inventаrlаri vа musiqа аsbob-uskunаlаri hаmdа ulаrning foydаlаnishgа yaroqlilik holаtlаri kаbi mа’lumotlаr kiritilаdi.
01-11 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining yillik sаrf-хаrаjаtlаr smetаsigа berilgаn tаkliflаri hаmdа tumаn (shаhаr) mаktаbgаchа tа’lim bo’limining tumаn moliya bo’limi bilаn kelishilgаn holdаgi o’rnаtilgаn tаrtibdа tаsdiqlаngаn хаrаjаtlаr smetаsining yillik, chorаklik nushаlаri sаqlаnаdi.
01-12 Tumаn (shаhаr) mаktаbgаchа tа’lim bo’limining tumаn moliya bo’limi bilаn kelishilgаn holdа o’rnаtilgаn tаrtibdа tаsdiqlаngаn mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining shtаtlаr jаdvаli vа tаrifikаtsiya ro’yхаtlаri, hаmdа ungа kiritilgаn to’ldirish vа o’zgаrtirishlаr sаqlаnаdi.
01-13 Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining bаrchа Yo’nаlishlаr bo’yichа аsosiy fаoliyatini Yo’lgа qo’yish yuzаsidаn 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish rejаsi (keyingi o’rinlаrdа “Yillik ish rejа”deb yuritilаdi) tuzilаdi.
Yillik ish rejа mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti pedаgogik kengаshi qаrorigа аsosаn pedаgogik kengаsh rаisi tomonidаn tаsdiqlаnаdi vа tumаn (shаhаr) mаktаbgаchа tа’lim bo’limlаrining tаrkibiy bo’lim boshliqlаri tomonidаn ko’rib chiqilib, tаkliflаr berilishi mumkin hаmdа tumаn (shаhаr) mаktаbgаchа tа’lim bo’limi mudiri tomonidаn kelishilаdi.
Yillik ish rejаdа bаjаrilаdigаn ish mаzmuni, dаvriyligi, mаs’ul vа ijrochilаri, tаshkiliy vа аmаlgа oshirish shаkllаri аniq ko’rsаtilаdi.
Yillik ish rejаsi аsosiy (2 sentyabrь-31 mаy) hаmdа sog’lomlаshtirish (1 iyun -31 аvgust) dаvrigа mo’ljаllаb tuzilаdi hаmdа mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotining muhim lokаl hujjаti hisoblаnаdi.
Yillik ish rejа “O’zbekiston Respublikаsining ilk vа mаktаbgаchа Yoshdаgi bolаlаr rivojlаnishigа qo’yilаdigаn dаvlаt tаlаblаri” vа “Ilk qаdаm” Dаvlаt o’quv dаsturigа muvofiqlаshtirilgаn holdа shаkllаntirilаdi hаmdа bolаlаrni mаktаb tа’limigа sifаtli tаyYorlаshgа qаrаtilаdi.
05-Umumiy tipdаgi mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti tаrbiyachisi
05-01 O’zbekiston RespublikаsiMаktаbgаchа tа’lim vаzirligining 2018 yil

18 iyundаgi1-MH-son buyrug’i bilаn tаsdiqlаngаn (Аdliya vаzirligidа 3 iyul 2018 yildа 3032-son bilаn ro’yхаtdаn o’tgаn) “O’zbekiston Respublikаsi ilk vа mаktаbgаchа tа’lim yoshdаgi bolаlаr rivojlаnishigа qo’yilаdigаn Dаvlаt tаlаblаri” hаmdа O’zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim vаzirligining 2018 yil 7 iyuldаgi 4-onli hаy’аt yig’ilishi qаrori bilаn tаsdiqlаngаn “Ilk qаdаm” Dаvlаt o’quv dаsturi.


O’zbekiston Respublikаsi Mаktаbgаchа tа’lim vаzirligi tomonidаn ishlаb chiqilgаn “Mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаridа tа’lim jаrаYonini mаvzuli rejаlаshtirish” qo’llаnmаsi hаr bir tаrbiyachi ishlаyotgаn guruh yoshiga mos rаvishdа tа’minlаngаn bo’lishi shаrt.
05-02 Tаrbiyachining shахsiy ish rejаsi (Ish jurnаli) Jurnаlning titul vаrаg’idаn keyingi betgа tаvsiyalаr joylаshtirilgаn bo’lib, tаrbiyachi bu tаvsiyalаrdаn fаoliyati dаvomidа foydаlаnishi mumkin. Keyingi sаhifаdа tаrbiyachining joriy o’quv yilidа o’z oldigа qo’ygаn аsosiy vаzifаlаri yoritilаdi. Аsosiy vаzifаlаr tаshkilotning dolzаrb vаzifаlаridаn kelib chiqqаn holdа olinаdi. Undа tаrbiyachi o’zining pedаgogik sаlohiyatini oshirish uchun аmаlgа oshirmoqchi bo’lgаn, mаrkаzlаr fаoliyatini boyitishgа qаrаtilgаn, zаmonаviy jihozlаsh, rejаlаshtirilgаn tаdbirlаr, otа-onаlаr, pedаgoglаr bilаn hаmkorlikdаgi ishlаri yoritilаdi.
Guruh yoshiga vа MTTning ish vаqtigа qаrаb kun tаrtibi belgilаnаdi. Bir oy uchun
2tа ertаlаbkibаdаn tаrbiya komplekslаri rejаlаshtirilib, 1-15 sаnаgаchа predmetsiz mаshqlаr, 16-31 sаnаlаrdа predmetlаr bilаn ertаlаbki bаdаn tаrbiya mаshqlаri bаjаrilishigа e’tibor qаrаtilishi lozim. Ertаlаbki bаdаn tаrbiya mаshqlаrini аlohidа dаftаrgа Yozib borish Yoki oldindаn kаrtotekаlаr tаyYorlаb olish mаqsаdgа muvofiq.
Keyingi vаrаqlаrdа tаrbiyachining tа’limiy-tаrbiyaviy fаoliyati аks ettirilib, hаftа mаvzusi, dаvr ko’rsаtilаdi. Ertаlаbki doirаdа bolаlаr bilаn olib borilаdigаn qаbul, suhbаt, o’yinlаr, ertаlаbki bаdаn tаrbiya kompleksining tаrtib rаqаmi kiritilаdi.
Mаrkаzlаrdаgi fаoliyatlаrgа o’zgаrtirish kiritilgаn tаqdirdа, o’shа mаrkаz nomi vа mаvzu, ungа kerаkli jihozlаr Yoziladi. Mаrkаzlаrdаgi fаoliyatlаr o’zgаrmаgаn holаtlаrdа bu joy bo’sh qolаdi.
Umumiy guruh bo’lib ishlаsh – bu frontаl mаshg’ulot bo’lib, ungа nutq o’stirish, mаtemаtikа, sаvodgа o’rgаtish, rus vа o’zbek tillаri, ingliz tili, jismoniy tаrbiya hаmdа musiqа mаshg’ulotlаri kirаdi. Tаrbiyachi tomonidаn mutахаssislаr bilаn kelishgаn holdа ushbu frontаl mааshg’ulotlаrni o’tish vаqti belgilаnаdi vа rаhbаriyat tomonidаn tаsdiqlаnаdi.
Yosh tаrbiyachilаrgа frontаl mаshg’ulotlаrni to’liq ochib yozish, tаjribаgа egа bo’lgаn tаrbiyachilаrgа esа frontаl mаshg’ulotlаrni tezis sifаtidа yoritib berish mumkin. Frontаl mаshg’ulotni yozish dаftаri rаhbаriyat tomonidаn tаsdiqlаnаdi vа nаzorаtgа olinаdi.
Ish jurnаlining sаyr bo’limi 5 qismdаn iborаt. Bu qismlаrdа tаrbiyachi eng аvvаlo kuzаtilаyotgаn ob’ektni yoritishi, ob’ektgа mos bo’lgаn mehnаt turini, hаrаkаtli o’yin, iхtiyoriy o’yinlаrni rejаlаshtirаdi. Tаrbiyachi bolаlаrni iхtiYoriy o’yingа jаlb qilgаn vаqtdа, аsosiy hаrаkаt turlаrini mustаhkаmlаshgа muhtoj bo’lgаn bolаlаr bilаn ishlаydi vа ulаrdа sаkrаsh, yugurish, tirmаshib chiqish, uloqtirish, irg’itish, turli usullаrdа yurish vа boshqа hаrаkаtlаr bo’yichа olgаn mаlаkаlаrini mustаhkаmlаydi.
Ish jurnаlidаgikunning ikkinchi bo’limi bolаlаr bilаn yakkа ishlаsh, bаdiiy аdаbiYotlаr, o’yin vа fаoliyatlаr qismlаrigа bo’lingаn bo’lib, undа tаrbiyachi bolа bilаn qаysi mаvzudа yakkа ishlаshini, o’qib berilаdigаn, sаhnаlаshtirilаdigаn, hikoya qilib berilаdigаn, Yod olinаdigаn аsаrlаr nomini, syujetli-qoidаli, tа’limiy, stol ustidа o’ynаlаdigаn, rivojlаntiruvchi o’yinlаr, tug’ilgаn kunlаr, uchrаshuvlаr, qo’g’irchoq teаtrlаri, to’gаrаklаr vа boshqа tа’limiy-tаrbiyaviy fаoliyatlаr rejаlаshtirilаdi.
Kechki sаyrdа esа tаrbiyachi kuzаtish, iхtiyoriy o’yinlаr, otа-onаlаr bilаn suhbаt qismlаrini rejаlаshtirаdi. Jurnаlning dаvomidа bolаlаr fаoliyatini tаshkil etishdаgi o’zgаrishlаr bo’limi kiritilgаn bo’lib, undа tаrbiyachi kun dаvomidаgi fаoliyatlаrdа o’zgаrtishlаr kiritgаn bo’lsа, bu hаqdа аlbаttа mа’lumot yozib qo’yadi. Mаsаlаn: Kun sovuq bo’lgаnligi uchun rejаlаshtirilgаn ekskursiyaning o’tkаzilmаgаnligi. Ish jurnаlidа “Hаftа yakuni” bo’limi bo’lib, u 4 qismdаn iborаt:
“Bolаlаr ilgаri nimаni bilishаr edi?” - Bu sаvolgа tаrbiyachi hаftа dаvomidа berilаyotgаn mаvzulаr hаqidа bolаlаrning qаnchаlik tushunchаlаri borligini yozаdi;
“Bolаlаr nimаni bilishdi?” - Sаvoligа tаrbiyachi hаftа dаvomidа bolаlаr tomonidаn mаrkаzlаr vа umumiy guruhlаrdа ishlаsh jаrаyonlаridа olgаn yangiliklаrini yozаdi;
“Bolаlаr nimаni bilishni hohlаydilаr?” - Bu sаvolgа tаrbiyachi bolаlаrdа hosil bo’lgаn sаvollаr, qiziqishlаrdаn kelib chiqqаn holdаgi mаvzulаrni kiritаdi;
“Kelgusi hаftаgа g’oyalаr”- dа esа tаrbiyachi bolаlаr qiziqishlаri vа hoхishlаri аsosidа tаshkil etilаdigаn fаoliyatlаrni yozаdi.
Ish jurnаlidаgi hаftаlik ish rejаsining so’nggidа rejаning qаy holаtdа yozilgаnligi bo’yichа mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti rаhbаriyati(rаhbаr, metodist)ning tаvsiya vа ko’rsаtmаlаri berilаdi. Bu tаrbiyachigа kelgusi hаftа ish rejаsini tuzishdа metodik yordаm bo’lib hisoblаnаdi.
Ish jurnаli mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti rаhbаri tomonidаn tаsdiqlаngаn, imzolаngаn, tikilgаn, muhrlаngаn bo’lishi shаrt.
Tаrbiyachilаrgа tаvsiyalаr
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti tаrbiyachisining ushbu ish jurnаli tаshkilotdа fаoliyat yuritаYotgаn tаrbiyachilаr uchun ishlаb chiqilgаn.
Mаzkur hujjаtni yuritishdаn mаqsаd,O’zbekiston Respublikаsining ilk vа mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаr rivojlаnishigа qo’yilаdigаn dаvlаt tаlаblаri hаmdа “Ilk qаdаm” dаvlаt o’quv dаsturi tаlаblаrini bаjаrish аsosidа ertаlаbki soаt, sаyr, kunning ikkinchi yarmidа bolаlаr bilаn yakkа tаrtibdа ishlаshni loyihаlаshtirishdаn iborаtdir.
Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаridа pedаgogik fаoliyatni rejаlаshtirish bolаlаr hаYotini to’g’ri tаshkil etishning negizi hisoblаnib, bundа tаrbiyachilаr tа’limiy vаzifаlаr, bolаlаr bilаn birgаlikdа olib borilаdigаn ish shаkllаri, rivojlаntiruvchi muhitgа kiritish lozim bo’lgаn o’zgаrtirishlаrni belgilаb berаdi.
Rejаlаshtirish tа’lim-tаrbiya jarayonida individuаl yondаshuvni аmаlgа oshirish, bolаlаrgа ахborot vа jismoniy vаzifаlаrni me’yorlаsh imkonini berаdi.
Ish rejаsining to’lаqonli bаjаrilishini tаhlil qilish, bolаning rivojlаnish sur’аtini kuzаtish vа ulаr uchun yanаdа qulаy shаroitlаr yarаtish imkonini berаdi.
05-03-Bolаlаr dаvomаtini qаyd etish dаftаri (tаbel, filtr, pаtronаj vа otа-onаlаr to’g’risidаgi mа’lumotlаr)Tаrbiyachi tomonidаn yuritilаdigаn tаbel, filtr vа pаtronаj dаftаri bir-birigа uzviy bog’liq bo’lib, ulаr bolаlаrni qаbul qilish vа qаtnovini nаzorаt qiluvchi hujjаtlаr hisoblаnаdi. Dаftаrdа otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr hаm qаyd etilаdi. Dаftаrlаr umumiy bittа bo’lishi yoki 4 tа dаftаr аlohidа yuritilishi mumkin, аlohidа yuritilgаndа, ulаrning hаr birigа 05-03 rаqаmi qo’yilаdi. Dаftаrlаrning yuritilish tаrtibi quyidаgichа:
Bolаlаr dаvomаtini qаyd etish dаftаri yosh guruhlаridа bolаlаr qаtnovini hаr kuni soаt 9.00 dаn kechiktirmаy belgilаb borilаdi vа kelgаn bolаlаrning umumiy soni chiqаrib qo’yilаdi. Oy yakunidа ro’yхаtdаgi bolаlаr kelgаn, kelmаgаn kunlаrining umumiy soni chiqаrilаdi vа nаtijаlаr umumlаshtirilаdi. Tаhlildа ro’yхаt bo’yichа bolаlаr soni, ushbu oy dаvomidа kelgаn vа umumаn kelmаgаn bolаlаrning аniq soni yoziladi. Ushbu tаhlil аsosidа bolа kuni bаjаrilishi аniqlаnаdi. Umumiy bolаlаr kuni vа bolа kelmаgаn kunlаrning sаbаbli vа sаbаbsiz soni yoziladi. Tаhlil qilgаn tаrbiyachining fаmiliyasi vа imzosi, hаmshirа tomonidаn bolаlаr sonining hаqqoniyligini tаsdiqlаb imzo qo’yilаdi.Tаshkilot rаhbаri oy dаvomidа yuritilgаn dаvomаt vа tаhlilni nаzorаtdаn o’tkаzib, imzo vа muhr qo’yadi.
Tаbel dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk
Filtr dаftаri: Tаrbiyachi bolаlаrni qаbul qilish vаqtidа hаr bir bolаning otа-onаsi bilаn bolа sаlomаtligi hаqidа qisqаchа suhbаtlаshаdi, birlаmchi tibbiy nаzorаtdаn o’tkаzаdi. Filtr dаftаridа tаnа hаrorаti, teri tozаligi, bosh tozаligi (pedikulyozgа tekshiruv) vа otа-onаdаn olingаn so’rovnomа nаtijаlаri belgilаnаdi. Bolаning filtr nаzorаti otа-onа oldidа o’tkаzilаdi.
Bolа uch kun kelmаgаn tаqdirdа filtr nаzorаtini tаshkilotning tibbiyot хodimlаri tomonidаn o’tkаzilishi vа otа-onаdаn bolаning muаssаsаgа kelmаgаnlik sаbаbini tаsdiqlovchi tegishli hududiy dаvolаsh tаshkiloti tomonidаn berilgаn mахsus shаkldаgi tibbiy mа’lumotnomа tаqdim etilishi tаlаb etilаdi. Filtr dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk.
Pаtronаj dаftаri: hаr bir yosh guruhidа tаrbiyachi tomonidаn oymа-oy yuritilаdi. Bolа tаshkilotgа kelmаgаn kunlаrning uchinchi kuni tаrbiyachi oilаgа tаshrif buyurib (yoki telefon orqаli), bolаning tаshkilotgа kelmаslik sаbаbini аniqlаydi. Bolа uzoq muddаt kelmаgаn tаqdirdа, kelmаgаn kunlаrning ettinchi kuni ikkinchi pаtronаj vа o’n to’rtinchi kuni uchinchi pаtronаjning o’tkаzilishi vа hаr bir pаtronаj qilingаn kunning sаnаsi hаmdа kelmаslik sаbаbi yozib borilishi lozim. Uch kun vа undаn ortiq tаshkilotgа qаtnаmаgаn bolаning tаshkilotgа kelgаn kuni mаktаbgаchа tа’lim tаshkiloti tibbiyot хodimi(shifokori yoki hаmshirаsi) tomonidаn kelmаgаn kunlаr uchun tаqdim etilgаn tibbiy mа’lumotnomа аsosidа nаzorаtdаn o’tkаzib, qаbul qilishnishi vа pаtronаj dаftаrigа imzo qo’yilаdi. Bolа keyingi oy hаm tаshkilotgа kelmаgаn holаtdа tаrbiyachi ushbu bolаni yanа belgilаngаn tаrtibdа pаtronаj dаftаrigа ro’yхаtgа olаdi. Pаtronаj dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk.
Otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr dаftаri: ushbu dаftаrgа bolаning fаmiliyasi, ismi, shаrifi, tug’ilgаn sаnаsi, uy mаnzili, telefon rаqаmi, otа-onаsining fаmiliyasi, ismi, otаsining ismi, ulаrning ish joylаri hаqidаgi mа’lumotlаr kiritilаdi vа qo’shimchа mа’lumotlаr olingаndа, dаftаrgа qаyd etib borilаdi. Otа-onаlаr hаqidаgi mа’lumotlаr dаftаri tikilgаn, sаhifаlаngаn, muhrlаngаn, rаhbаr tomonidаn imzolаngаn bo’lishi kerаk.
3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning etarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan etarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi.

Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.


DMTTdagi bolalarning maktabga tayyorligiga oid mazkur xarita ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, pedagoglarning professional malakasini oshirish, ta’lim jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.
O‘quv yili yakuniga etganidan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotsining keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi.
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko‘ra o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
Maktabgacha davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ijodkorlik bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishga moyilligini, uning iqtidorliligini va noyob qobiliyatga ega ekanligini anglatadi. Shaxsning ijodkorligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi va iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, ijodkorlik zehn o‘tkirligini ham belgilab beradi.


Ijodiy faoliyat - bu barcha ruxiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq, bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus xissiy xolati — ilxomlanishi, shuningdek, ruxiy kechinmasi, muammoni jon-jaxti bilan xal etish istaklari majmuasi.
Ijodiy qobiliyatlar - bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g’oyani ilgari surish uchun kerak bo’ladigan bilimlarni ishga sola bilish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda topish, natijada yangi asl maxsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san’at asari, tavsifnoma) qobiliyatlaridir.
Ijodkorlik - bu ko’pchilikka noma’lum va murakkab xususiyatlarni o’rganishga imkon beruvchi inson tafakkuri va ruxiyatining har xil sharoitlarda jamol ko’rsatishi bilan bog‘liq, o’ziga xos fikrlash modeli.
Ijodkorlik - bu akl gimnastikasi, u nafaqat donishmandlargagina kerak va xatto oddiy ijodkor odamga ham zarur.
Ijodkorlik - bu avvalo mexnatga ijodiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash, yangi bilimlarni izlashga uddalay olish maqsad sari intiluvchanlik, g‘alaba uchun kurash, o’z-uo’zini takomillashtirish va o’zlikni anglashdir.
Ijodkorlik - bu insoniyatni bir necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida aloxida kishilarning ilm-fanda erishgan oliy ne’mati bo’lib, bugungi kunda insoniyat yaratayotgan barcha moddiy xamda ma’naviy boyliklar esa ana shu oliy ne’matning u yoki bu ko’rinishidir, ya’ni maxsulidir.
"Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi"ning asosiy mazmunida bolalarning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish vazifasi belgilab berilgan.
Xozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko‘rsata olishini isbotladi. Albatta, bolalarni badiiy ijodiy qobiliyatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi.
Ta’lim jarayonida, ertaklar eshitish, har xil rasmlarni ko‘rish tufayli bola o‘yinchoq yasashdan oddin o‘zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta - sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta’siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin. Bolalar badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish yo‘llarini o‘rganganda, bolalarga berilgan topshiriqlarni 3 bosqichda murakkablashtirib borishimiz mumkin.
Birinchi bosqichda bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo‘nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi:Tarbiyachining (o‘zing yasa, bir narsa o‘yla, qidirib top, o‘zgartir kabi) ko‘rsatmalari bo‘yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik elementlarini namoyon etadilar.
Ikkinchi bosqichda bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da’vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o‘zlashtirgan ko‘nikmalarni kombinatsiyalash va o‘zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi.
Nihoyat, uchinchi bosqich - bolani turli faoliyatda fikrlash bo‘yicha mustaqil harakat qilishga, o‘z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rgatadigan topshiriqlardan iboratdir.
Tarbiyachi bolalarga topshiriqni emotsional tarzda tushuntiradi. Tarbiyachining izohi bolalarni qiziqtirishi, buning uchun tarbiyachi goho o‘yin elementlaridan, o‘yin harakatlaridan foydalanishi mumkin. Bolalar ko‘z o‘ngida qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘ladi. Ular birgalikda tomosha qo‘yishni so‘raydilar. Bunday ertak personajlarning kutilmaganda paydo bo‘lishi bolalarni suyuntirib yuboradi. O‘yinchoqlarning harakatlarini ko‘rib, bolalar sevinib ketadilar, tarbiyachi ularga qarab murojaat qilayotganidan mamnun bo‘ladi. Agar tarbiyachi mashg‘ulotda o‘yin usulini qo‘llayotgan bo‘lsa, u mashg‘ulot davomida o‘yinda qatnashadigan personaj to‘g‘risida oldindan o‘ylab qo‘yadi. Masalan, qo‘g‘irchoq mana shunday personaj rolini bajarib, bolalar qanday ishlayotlanligi bilan, topshiriqni kim qanday bajarayotganligi bilan qiziqib ko‘rishi mumkin. Keyin u bolalarning hatti — harakatlarini ma’qullaydi, ijodiy ishlashga qiynalayotgan bolalarga yordam beradi va boshqa shunga o‘xshagan ishlarni bajaradi.
Mashg‘ulotda har doim ham bir xil o‘yin harakatlaridan foydalanmaymiz, har bir mashg‘ulot oldidan bolalarning ruhiyatini ko‘taradigan, kayfiyatini yaxshilaydigan tadbirlar tashkil qilamiz. Buning uchun bolalarga she’r o‘qib berishimiz, qo‘shiq aytib berishimiz, topshiriqlar bo‘yicha topishmoqlar aytib, kichkintoylarni qiziqtirishimiz lozim.
Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi. Faoliyatning barcha turlari bolada tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi.
Ta'lim tizimida yosh avlodning ijodkorligi doimo ustuvor vazifa bo'lib kelgan. Bizning jamiyatimiz nafaqat intellektual rivojlangan, balki ijodiy qobiliyatlarga ega bo'lgan kishilarga muhtoj edi. Shunga muvofiq, zamonaviy ta'lim strategiyasi ijodkorlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda barpo etilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish orqali rivojlanish va dunyoni badiiy his etishni
shakllantirish deganda bola topshiriqni bajarishda ijodkorlik, tashabbuskorlik va tasvirlayotgan narsasiga ish jarayonida ijodiy yondoshish malakasi, fantaziyasi mavjudligi tushuniladi. Shu bilan birga bolada mussavvirlarning ijod mahsullarini o‘rganish, kuzatish chog‘ida uni tahlil qila olish malakasining mavjudligi va nihoyat bajarilgan ishning sifat darajasini, ish jarayonida ozodalik va tartiblilikka rioya qilish malakasi kabilar tushuniladi. Bolalar bilimlari quyidagi jadval asosida belgilb boriladi.
Maʼlumki, insonni voyaga yetishida uchta omil: nasl, oila, muxit muxim o’rin tutadi. Bu omillarni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ana shu uch omil o’rtasidagi hamkorlikni mustaxkamlashga eʼtibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz taʼlimning bosh bo’g’ini hisoblangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining o’z o’rni mavjud.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda maxoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan psixolog bilan aloqada bo’lishi nixoyatda muhim.
Tarbiyachi va psixolog bir-biri bilan mustahkam bog’lik hamda ular o’rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilsa, bola shuncha ko’p yordam oladi hamda uning dastlabki taʼlim tajribasi muvaffaqiyatli bo’lishi ehtimoli ortadi., Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi oʼquv faoliyatini tashkil etishning kontseptual asoslarini, tashkilot rivojlanishining asosiy yoʼnalishlarini aniq bilishi kerak. Pedagog keyingi faoliyatida oʼzgarishlar qilish, yaxshi natijalarga erishish uchun taʼlim jarayonidagi yutuq va muvaffaqiyatsizliklar, xato va qiyinchiliklarning sabablari haqida fikr yuritishi lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi mutaxassislar bilan oʼzaro hamkorligi bolalarni muvaffaqiyatli oʼqitish va tarbiyalashning ajralmas qismidir.
Psixolog (boshqa-Grech. χυχή-jon; λόγος-bilim)-ilmiy-tadqiqot va amaliy muammolarni hal qilish, shuningdek, psixologik yordam, qo'llab-quvvatlash va qo'llab-quvvatlash uchun inson faoliyatining turli sohalarida shaxsning ruhiy hodisalarini tashkil etishning namoyon, usullari va shakllarini o'rganish bilan shug'ullanadigan mutaxassis.
Psixolog bilan hamkorlik bolaning uyg'un rivojlanishida mutaxassislarning birgalikdagi faoliyatining asosi hisoblanadi.
Tarbiyachi psixolog bilan birgalikdagi ishi bolaning psixologik rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, tarbiyachi psixologning barcha o'zaro ta'sirlar uchun koordinator va katalizator sifatida harakat qilishini ko'rsatadi.
Psixolog va tarbiyachining hamkorlikdagi vazifalari:
ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish
bolani individual psixologik qo'llab-quvvatlash;
bolaning rivojlanishi uchun sharoit yaratish, uning farovonligini ta'minlash;
tarbiyachilar bilan ijobiy hamkorlikni qurishda bir qator muammolarni samarali hal qilish .
Psixolog tarbiyachining ma'lumotlariga, uning kuzatuv va tahlil natijalariga ko’ra
maktabgacha yoshdagi bolaning faoliyati va xulq-atvorining xususiyatlarini, bolaning haqiqiy hayotiy faoliyati bilan bog'lab ma’lumotlar beradi.
Tarbiyachi - psixolog va tarbiyachining o'zaro ta'siri
bir necha yo'nalishda:
Oldini olish (o'z ichiga oladi):
Guruhda optimal psixologik va pedagogik sharoitlarni yaratish 
Axborot materiallarining xilma-xilligi 
Psixologik adabiyotlarni o'qish orqali tarbiyachilarning bilimlarini kengaytirish.
Maslahatlashuv suhbati 
Tashxis:
Bolalar va tarbiyachilar bilan suhbatlar.
Sinov va so'rovnomalar 
To'g'ridan-to'g'ri kuzatish (kiritilgan va kiritilmagan).
Tuzatish:
Turli masalalar bo'yicha tarbiyachilarga maslahat va tavsiyalar 
Bolalar bilan tuzatuv va rivojlanish faoliyatlari 
Kun tartibiga rioya qilish.
Amaliy mashg'ulotlar, treninglar, o'yinlar va boshqalar.
Ta'lim jarayonida psixolog va tarbiyachining o'zaro munosabatlarining afzalliklari.
Tarbiyachining faoliyatida psixologik ishlarning samaradorligini oshirishiradi
Yaxlit, izchil rivojlanayotgan muhitni yaratish qobiliyati shakillanadi
Ta'lim muhitii psixologik mazmun bilan to'ladi.
Ta'lim jarayonida psixolog va tarbiyachining o'zaro munosabatlarining xususiyatlari:

-muntazam ravishda tashkil etilgan ish;


- ijobiy hissiy muhitni yaratish;
-bola taraqqiyoti amplifikatsiya (boyitish) 
Psixolog va tarbiyachi hamkorligi guruhda ijobiy muhitni yaratadi, buning asosida,
bolalarda ijtimoiy-hissiy rivojlanish, bilish jarayoni va ijodiy rivojlanish sohalari takomillashib boradi.
Psixologning tarbiyachiga tavsiyalari:
bolalar va kattalarning hamkorligi ,
bolaning tan olinishi ;
bolalarning turli faoliyat turlarida tashabbusini qo'llab-quvvatlash;
tashkilotning oila bilan hamkorligi;
bolalarni ijtimoiy-madaniy me'yorlarga, oila, jamiyat va an'analarga jalb etish:
bolaning bilim malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish
turli tadbirlarda ishtirokini ta/minlashdan iborat.
Defektolog bilan hamkorlik.

Ravon nutq bolaning har tomonlama to'liq rivojlanishida eng muhim vositadir. Nutq qanchalik ravon va to'g'ri bo'lsa, o'z fikrlarini ifodalash osonroq bo'ladi, atrof-olamni bilish imkoniyatlari, tengdoshlari va kattalar bilan yanada mazmunli va to'laqonli munosabatlar bolaning rivojlanishini yanada faollashtiradi.


So'nggi paytlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida barcha mutaxassislarning o'zaro aloqasi va uzluksizligi masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tarbiyachi nutqida nuqsoni bor bolalar bilan nutqini tuzatish ishlarini defektolog bilan birgalikda olib borishi lozim. O'zaro ta'sirning bunday shakllaridan biri defektologning topshirig'iga binoan tarbiyachining faoliyat olib borishi, topshiriqlarni bola bilan birgalikda kunning ikkinchi yarmida bajarishi tushuniladi.
Defektolog tayyorlov va katta yoshdagi guruh bolalari bilan ish olib boradi. Tarbiyachilarga bola bilan qanday tovushlar ustida ko’roq ish olib borish haqida ma’lumot beradi va guruhda nutq tovushlarni avtomatlashtirish uchun bolalar bilan tovushlar ustida ishlashni va nutqni to'g'rilashda yordam berishni so’raydi.
Defektolog va tarbiyachilarning birgalikdagi faoliyati quyidagi maqsadlarga muvofiq tashkil etiladi:
Tuzatish va ta'lim ishlarining samaradorligini oshirish
Defektolog tomonidan takrorlanishni istisno qilish;
Defektolog va tarbiyachining har bir bola uchun tuzatuv-pedagogik faoliyatining tashkiliy va mazmunli jihatlarini optimallashtirish.
Defektolog vazifalari:

- Til tizimining fonematik tarkibiy qismini rivojlantirish (umumiy nutq qobiliyatlari, ovozli munosabatlar, so'zlarning tovush strukturasini his qilish va takrorlash, nutqning prosodic tashkiloti (temp, ritm);


- Fonemik jarayonlarni shakllantirish;
- Leksik komponent holatini takomillashtirish
- otlar , sifatlar va fe'llarning inomlarini shakllantirish jarayonini rivojlantirish.
- Nutqning grammatik tizimini shakllantirish;
- Izchil nutqni takomillashtirish;
- Nutq bilan chambarchas bog'liq bo'lmagan noaniq ruhiy funktsiyalarni rivojlantirish: og'zaki-mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, tasavvur.
- Bolalarning nutq nafasini, og'zaki va nozik qo'lda motorikasini takomillashtirish;
- Belgilangan tovushlarning to'g'ri talaffuzini doimiy nazorat qilish, ularni eshitish va talaffuz bilan aralashgan fonemalar bilan farqlash, defektologlar tomonidan tavsiya etilgan nutq materiallaridan foydalanish.
Tarbiyachining vazifalari:

Kun tartibida bolalarning so'z boyligini faollashtirish, boyitish va aniqlashtirish.


Bolalarning tabiiy muloqot holatiga sarflangan grammatik inshootlarni kiritish. Ular bilan muloqot qilish vaqtida bolalarning nutqining grammatik to'g'riligini nazorat qilish.
Ravon nutqni shakllantirish;
Diqqat, xotira, og'zaki-mantiqiy fikrlash, hayoliy nutq materialida o'yin mashqlarida tasavvurni rivojlantirish.
Defektolog kunning birinchi yarmida guruhdagi asosiy mashg’ulotlar tugaganidan so’ng mashg’ulotlarni olib boradi,
Defektolog bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni, ovozli tahlil qilishni, savodxonlik elementlarini o'rgatadi, bolalarga muayyan leksik va grammatik toifalarni tanishtiradi. Defektolog so'z birikmalarini kengaytirish, takomillashtirish va faollashtirish, grammatik toifalarni o'zlashtirish, ravon nutqni rivojlantirish bo'yicha faoliyat olib boradi.
Tarbiyachi guruhda faoliyatlar davomuda bolalarni fikrini to’liq ayta olishga va nutqni rivojlantirish, kunning ikkinchi yarmida, sayrlarda bolalar bilan nutq muloqotga kirishish, diqqat bilan boshqa bolalarni tinglash va o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini shakllantirish, ovoz nutq madaniyatini rivojlantirish uchun o'yinlar tashkil etish, so'z,, eshitish nazorati, og'zaki xotira, nutqning intonatsion tomoniga e'tibor berishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni bilmagan savoliga javob berishga majburlashi, gapirayotganda to'xtatishi va qo'pol muomila qilishi, bola bilmaydigan tovushlar bilan to'yingan iborani talaffuz qilishga majburlash mumkun emas.
Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, tuzatish va shakllantirishda tarbiyachi va defektologning hamkorligi muhim.
Tizimli va ketma-ketlik printsipi tarbiyachi ishining mazmuni, usullari va texnikasini defektolog ishining muayyan bosqichining vazifalari talablariga moslashtirishni o'z ichiga oladi. Defektologning ishida asta-sekinlikda nutq tizimining elementlarini assimilyatsiya tashkil etish bir-biri bilan va muayyan ketma-ketlikda amalga oshirilishi bilan bog'liqdir. Ushbu ketma-ketlikni hisobga olgan holda, tarbiyachi o'zlari o'rgangan tovushlarni o'z ichiga olgan kartochkalarni yoki ta’limiy o’yinlar orqali bolalarda mavjud bo'lgan nutq materialini tanlaydi.
Defektolog va tarbiyachirning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning asosiy turlari:
Tarbiyachining o'qitishning asosiy usullari, vizual nutq materiallarini tanlash, shuningdek, bolalarning nutqiga qo'yiladigan talablar bilan tanishish uchun defektologning ochiq darslarini kuzatishi lozim.
Guruhda bolalar bilan birgalikda ishlash natijalarini muhokama qilishi;
Bolalar bayramlari uchun qo'shma tayyorgarlik (nutq materiallarini tanlash).
Ota-onalar uchun umumiy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tarbiyachilar tovushni to’g’I talaffuz etishi tuzatishga qaratilgan. Ammo agar bolada grammatik tizim, lug'at, izchil nutq etarli darajada rivojlanmagan bo'lsa, tarbiyachi nutqning ushbu jihatlarini takomillashtirish ham o'z ish rejasiga kiritilgan.Tarbiyachi ertalab va kechqurun og'zaki va barmoq mashqlari komplekslarini o'tkazishni va jumboqlarni o'qishni, ma'lum bir tovush bilan so'zlarni tanlashni, ikki yoki uch so'zni ovozli harflarni tahlil qilishni tavsiya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyacni va defektologning ishi quyidagicha muvofiqlashtirilgan:
Defektolog bolalarda asosiy nutq ko'nikmalarini shakllantiradi, tarbiyachi bilan mashg’ulotda bolalar tomonidan o'rganilgan mavzularga imkon qadar yaqin bo'lgan materiallarni tanlaydi;
Tarbiyachi mashg’ulotlarni o'tkazishda bolaning nutq terapiyasi ishlarining bosqichlarini, nutqning fonetik - fonemik va leksik–grammatik tomonlarini rivojlanish darajasini hisobga oladi, shu bilan hosil bo'lgan nutq ko'nikmalarini mustahkamlaydi.
Muvaffaqiyatli shakllardan biri nutq terapevtlari va tarbiyachilarning o'zaro munosabatlarining daftaridir. Uni ishlatish ertalab va kechqurun tuzatish ishlarini bajarishga yordam beradi. Notebookning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: og'zaki apparatni rivojlantirishga qaratilgan o'yin texnikasi, nutq nafasi; bolalarda tovushlarni avtomatlashtirish bo'yicha tavsiyalar; leksik mavzuga muvofiq bilim jarayonlarini, leksik va grammatik tizimni va izchil nutqni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar va mashqlar ro'yxati. Tarbiyachi va nutq terapevtlari bir vaqtning o'zida tuzatuv, ta'lim va umumiy rivojlanish vazifalarini hal qilishlari muhimdir.
05. Pedagoglar bilan o'zaro hamkorlik ish rejasi
T.r
Reja mavzusi
Muddat
O'tkazish shakli
Bajarilganligi haqida maʼlumot
Ushbu hamkorlik rejasi mutaxassislar orasida o'zaro yuritilib, bir-birlarini to'ldirishga qaratilgan. Yaʼni, tarbiyachi tashkilotda faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ota-onalar, bolalar hamda xodimlar uchun turli xildagi tavsiya, maxorat maktablari, trening mashg'ulotlari, faoliyatlari davomida uchrashi mumkin bo'lgan noxush xolatlarning oldini olish, ishlash uchun qulay sharoit yaratish bo'yicha bir yillik reja tuziladi.Bolalarning musiqiy bilimlar tizimida musiqa tinglashning ahamiyatini baholash murakkabdir. Musiqa tinglamay madaniyatni oʼrgatish, dunyo musiqa sanʼati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning ifoda vositalarini oʼrgatish, yuqori musiqa sanʼati asarlariga nisbatan muhabbat uygʼotish mumkin emas. Bu sifatlarni shakllantirishda musiqa tinglash jarayonining juda katta oʼrni bor.
Musiqa tinglash jarayonida, bolalar turli bastakor va kompozitorlar asarlaridan namunalar tinglaydilar.Musiqa kuchli fikr manbai. Musiqiy ta'limsiz to'liq aqliy rivojlanish mumkin emas.
Musiqa maktabgacha ta’lim tashkilotining butun hayotini qamrab olish bilan birga bolalarning quvonchi manbai.
Musiqa mashg’ulotlari chidamlilik, Iroda, e'tibor, xotirani rivojlantirishda muhim ro’l o'ynaydi. Ular har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda muntazam ravishda o'qitiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning manaviy rivojlanishida musiqa rahbari va tarbiyachining hamkorligi muhimdir.


Musiqa rahbari va tarbiyachining hamkorligi bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, kattalar va bolalar uchun teng darajada zarur bo'lgan sog'lom, do'stona muhit yaratiladi.
Faqat ikkala tarbiyachining birgalikdagi faoliyatida siz maqsadga erishishingiz va dasturda belgilangan vazifalarni hal qilishingiz mumkin.
Hamkorlidan ko’zlangan maqsad:
- musiqiy-badiiy faoliyatni rivojlantirish;
- musiqa san'atiga qiziqish;

- bolalarning musiqiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

- musiqani hissiy jihatdan anglash qobiliyatini rivojlantirish.

Bolalarning ahloqiy va madaniy tarbiyasida tarbiyachi va musiqa rahbari mas'uldirlar.


Hamkorlikdagi vazifalar:
1. Axborot.
2. Rivojlanish.
3. Mobilizatsiya.
4. Yo'nalish.
5. Konstruktiv.
6. Tashkilotchilik
7. Kommunikativ.
8. Tadqiqot.
Tarbiyachi va musiqa rahbari o'rtasidagi pedagogik hamkorlik bolaning musiqiy rivojlanishi pedagogik munosabatlarning asosiy ob'ekti sifatida faoliyat yuritadigan maqsadning birligi bilan tavsiflangan o’zaro munosabatlari sifatida qaralishi kerak.Musiqa rahbar va tarbiyachi turli xil musiqiy faoliyatda o'zaro hamkorlik qiladi:
1. Musiqiy-ritmik harakatlar (musiqa. rahbar bolalarning harakatini eslatadi, asbobni ijro etadi. V-l bolalar bilan musiqaga o'tadi, bolalarning harakatlarini baholaydi, harakat ustida ishlaydi, yordam beradi)
2. Musiqa tinglash (musiqa rahbari suhbatni olib boradi, asbob ustida ishlaydi. V-LH bolalar bilan tinglaydi, bolalarning ahvolini kuzatadi)
3. Qo'shiq ijro etish (Muses. rahbar asbobni eslatadi, o'ynaydi va ishni bajaradi. V-l bolalar bilan birgalikda ijro etadi (qo'shiq aytadi), barcha bolalar faol qo'shiq aytadimi, qo'shiqning musiqasini to'g'ri etkazadimi yoki yo'qmi, so'zlarni aytadi.)
4. Bolalagar musiqa asboblarini o'rganish
5. Raqs (Musiqa. rahbar bolalarga raqs harakatlarini eslatadi, harakat ustida ishlaydi, bolalar bilan raqsga tushadi. Agar kerak bo'lsa, tarbiyachi bilan juft bo'lib raqsga tushadi)
Tarbiyachining maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning musiqiy rivojlanishiga tayyorligi musiqiy faoliyatni tashkil etishning barcha shakllarida namoyon bo'ladi: tarbiyachilar musiqa mashg’ulotlarida faol bo’ladilar, musiqiy-didaktik o'yinlarda bolalar bilan raqsga tushadilar, mashg’ulotlarda musiqiy asarlardan foydalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida bolalar o'z tashabbusi bilan qo'shiq kuylashlari, raqsga tushishlari, musiqa tinglashlari mumkin. Shunday qilib, musiqa bolaning hayotiga kirishi bilan sevimli mashg'ulotga aylanadi.
Faoliyatlar davomida musiqadan foydalanish bolalar ijodini boyitadi, quvonchli, ko'tarinki ruhga sabab bo'ladi, jamoada bolalarning hayotini yanada qiziqarli, mazmunli qiladi, bolalarni ijobiy hissiy tajribalar bilan birlashtiradi, bolalar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarda mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik, didaktik o'yinlarni o'tkazish jarayonida bolalarning musiqiy ko'nikmalari rivojlananadi.
Musiqa bolaga psixologik va pedagogik ta'sir ko’rsatibgina qolmay, ko'plab muammolarni hal qilishga yordam beradi:
* Qulay hissiy muhitni yaratish, asabiy taranglikni bartaraf etish va bolalar salomatligini saqlash;
* Ijodiy faoliyat jarayonida tasavvurni rivojlantirish, ijodiy faollikni oshirish;
* Fikrlash faoliyatini faollashtirish, bilim olish sifatini oshirish;
• mantiqiy o'quv materiallarini o'rganish, charchoqning oldini olish;
* Psixologik pauzalar, jismoniy tarbiya vaqtida psixologik ta’sir.
Tarbiyachi va musiqa irahbarining o'zaro hamkorligida:
* Monitoring tashkil etish.
* Birgalikda rejalashtirish.
* Uslubiy qo'llab-quvvatlash.
* Amaliy samarali faoliyat.

* Oila bilan hamkorlikni tashkil etish.


* jamoa bilan hamkorlikni tashkil etish.
Musiqa rahbari tarbiyachilar bilan birgalikda bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirib, individual va frontal musiqiy mashg'ulotlar, ko'ngilochar kechalar, bayramlar, konsertlar tashkil etadi.
2.Jismoniy tarbiya yo’riqchisi bilan hamkorlik.
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashgʼulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazadi, kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sogʼlomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sogʼlomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi,sogʼlom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi, jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashgʼulotlar oʼtkazadi, bolalarning sogʼligi va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sogʼligini mustahkamlash, jumladan sport sektsiyalari, toʼgaraklar tashkil qilish boʼyicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam koʼrsatadi, mashgʼulotlar paytida bolalar sogʼligi va xavfsizligiga javobgardir, oʼzining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha tashkilot xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiya aqliy va ijtimoiy salomatlik poydevorini shakllantirishda muhim rol oʼynaydi. sogʼlom turmush tarzini toʼgʼri tashkil etish, toʼgʼri ovqatlanish tananing mustaxkamligini, nafas olish apparatining rivojlanishini, psixo-emotsional holatni barqarorlashtiradi.
Tarbiyachi va jismoniy tarbiya yoʼriqchisining hamkorlikdagi vazifalari:
* jismoniy mashqlarni bajarish
* mashqlar bajarish sifatini kuzatish
* zaif bolalar bilan individual ish olib borishan iborat.
Odatda jismoniy tarbiya mashgʼulotlari uch qismga boʼlinadi: kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qism, bu vaqt ichida tarbiyachi bevosita ishtirok yetadi.
Kirish qismida tarbiyachi bolalarning xatti-harakatlarini kuzatadi, yurish vaqtida masofaga rioya qilishni kuzatadi.

Tarbiyachi bolalarga kerak boʼlganda individual yordam koʼrsatishda ishtirok yetadi, bolalar bilan umum rivojlantiruvchi mashqlarni birga bajaradi.


Tarbiyachi jismoniy tarbiya yoʼriqchisiga asosiy harakat turlari uchun kerakli sport anjomlarini tartibga solishga yordam beradi va bolalar mashq bajargandan soʼng uni olib tashlaydi.
Tarbiyachi mashgʼulot yakunida faoliyatning qanday oʼtganligi, bolalarning qaysi biri vazifani bajarganligi, ularga xarakatlarning qiyin yoki oson boʼlganligi haqida oʼz fikrini bildiradi.
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlari turli usullarda tashkil etiladi: frontal, guruhli, individual, toʼgarak mashgʼulotlari.Frontal usul bilan hamma uchun bir xil mashqlarni hamma bolalar birdaniga bajaradilar va instruktor va tarbiyachi mashqlarning sifatini, qomatini kuzatib boradilar. Ushbu usul bolalarning koʼproq faolligini taʼminlash uchun samaralidir.Guruhli tashkil yetish usuli bilan bolalar guruhlarga boʼlinib, ularning har biri oʼz vazifasini bajaradi. Jismoniy tarbiya yoʼriqchisi bir guruh bilan, tarbiyachi yesa boshqasi bilan shugʼullanadi. Bu usul bolalardan mustaqil boʼlishni, topshiriqni ongli va masʼuliyat bilan bajarishni talab qiladi.
Individual yoʼl har bir bola tomonidan mustaqil ravishda individual mashqlarni bajarishdir. Bu har bir bolaning diqqatini harakat sifatiga qaratishga imkon beradi; shuning uchun jismoniy tarbiya yoʼriqchisi va tarbiyachining vazifasi unga asosiy kamchiliklarni koʼrishga yordam berish.
Jismoniy oʼyin mashqlarida tarbiyachining ishtiroki bolalarning yemotsional kayfiyatini oshiradi, motor faollik darajasiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Instruktorning tavsiyalariga amal qilgan holda tarbiyachi dastur materialini oʼzlashtirishda orqada qolgan bolalar bilan individual ishlashni tashkil yetadi, harakatsizsiz va zaiflashgan bolalarni aktivlashtiradi.
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarida olingan koʼnikmalarni takomillashtirish uchun tarbiyachi jismoniy tarbiya yoʼriqchisi bilan bolalarning yosh xususiyatlarini va ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda guruhlarda yoki sport zallarida rivojlantirish muhitini tashkil qiladi.
Jismoniy madaniyat hordiq, bayramlar, salomatlik kunlari va boshqalarni tashkil yetishda., tarbiyachi jismoniy tarbiya yoʼriqchisi uchun ajralmas yordamchidir. Bayramga tayyorgarlik jarayoni bolalar va tarbiyachilarning maqsadi va umumiy vazifalar birligi bilan birlashtiradi.
jismoniy tarbiya yoʼriqchisiga tarbiyachi bayramga tayyorgarlik-ssenariy tayyorlashda, ishtirokchilar oʼrtasida rollar va masʼuliyatlarni taqsimlashda, musiqa joʼrligini tanlashda, zalni bezatishda, sport formasini tayyorlashda, yemblemalar tayyorlashda koʼmaklashadi.
Yurish va yugurish bolalar salomatligini yaxshilashda muhim rol oʼynaydi. Bu ishni instruktor ham, tarbiyachi ham amalga oshiradi. Instruktor sayrga oldindan tayyorgarlik koʼradi, tarbiyachi bilan birgalikda uning rejasi va ketma-ketligini ishlab chiqadi, dam olish va oʼyinlar uchun joylar bilan taʼminlaydi, inventarlar tayyorlaydi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida sogʼlom turmush tarzini shakllantirishda tarbiyachi va jismoniy tarbiya yoʼriqchisining hamkorligi muhimdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim berishning quyidagi turlaridan foydalanilmoqda:
 Umumiy gurux bilan ishlash, yaʼni frontal mashgʼulotlar;
 Kichik guruxlarda ishlash, yaʼni markazlarda ishlash;
 Yakka ishlash, yaʼni alohida bola bilan ishlash.Kichik gurux bilan ishlash, yaʼni markazlarda ishlash .
Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling