Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa cholg’u asboblarida ijroga o’rgatish. Sirtqi bo`lim
Download 357.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqmusiqiy ta`lim — копия
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa cholg’u asboblarida ijroga o’rgatish.Sirtqi bo`limMaktabgacha ta`lim yo`nalishi303-guruh talabasiXasanova NargizaReja:
Qo‘shiqkuylashfaoliyatiBolalartarbiyasidamusiqayetakchio‘rinyegallaydi.Bufaoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. Bolalar qo‘shiqkuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, ubolalarningmusiqiy-estetiktarbiyasidamuhimo‘rinyegallaydi.Yaxshiqo‘shiqbolaniquvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va tarbiyalaydi. Cholg‘u kuylaridan farqli o‘laroqqo‘shiqkuylash kuchliyemotsionalta’sir kuchigayega. Chunkiqo‘shiqda matn va musiqabadiiy birligi namoyon bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sirko‘rsatadi. Qo‘shiq inson aqliy kamolotini o‘sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olamhaqidagi tasavvurlarini boyitishgaxizmat qiladi.
Qo‘shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok etadilar, o‘z kechinma va his-tuyg‘ularini faolroq ifodalaydilar. Qo‘shiqning matni bolalarga musiqa mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o’zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg‘uda ijro etilgan kuyga nisbatan ovozda ijro etilgan kuyni bolalar yaxshiroq idrok etadilar. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi: musiqiy eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo‘shiq kuylash musiqiy qobiliyatlardan: metr va ritm hissi, musiqiy eshituvi, lad hissi rivojlanadi. Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarni musiqiy o ‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini r ivojlantirish uchun zarurdir.
Mashg‘ulotning har bir turida doirachalar, shaqildoqlar, uchburchak kabi turli bolalar musiqa asbobidan chalib,kuy va qo‘shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarining chalinishi, qo‘l harakatlari bilan imitatsiya qilish, chapak kabi elementlardan keng foydalanish yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Musiqa mashg‘uloti avvalo bolalarni dunyoqarashini o‘zgartirib, madaniyatli, estetik jihatidan barkamol bo‘lib o‘sishlarida munosib o‘rin tutadi. Musiqani idrok etishga, musiqa nazariyasi, musiqa adabiyoti va tarixini, milliy qadriyatlarimizni o‘rgatadi va san’at durdonalari bilan tanishtiradi, vokal-xor malakalarini rivojlantiradi, musiqiy qobiliyatini o‘stiradi, hamda unga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiradi. Musiqa mashg‘ulotlarida rahbar bolaga dastavval bor musiqani eshita bilishni o‘rgatadi, musiqa mazmunini, go‘zalligini tushunishiga, musiqaga bo‘lgan qiziqishini va ixlosini uyg‘otishga, musiqiy tushunchalarni, musiqa qirralarini, turlari va shakllarini, janrlarini ochib beradi va madaniy ozuqa beradi. Musiqa ta’limiy jarayonlarni sifatli amalga oshirish uchun,avvalo rahbarning qanday malaka va qobiliyatga ega ekanligiga bog‘liqdir. Rahbar o‘z kasbini mutaxassisi bo‘lishi, musiqani quvonch, baxsh yetadigan jonli san’at sifatida sevishi,unga ehtirosli munosabatda bo‘lish hamda o‘zi sevmaydigan narsalarga bolalarda muhabbat uyg‘ota olmasligini, hech qachon unutmasligi lozim. Rahbar avvalo, bolalarni musiqa olamiga olib kirarkan, bolalarda musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, musiqiy tilni tushuntirishga, dunyoqarashini shakllantirishga, musiqiy didin io‘stirishga ,go‘zallikni his qilishga,musiqiy uquvini rivojlantirishga harakatqiladi. Musiqa ta’limining o‘ziga xos yo‘naltirilgan ma’lum bir vazifalari ham mavjuddir. Maktabgach ata’lim tashkilotlarida musiqa rahbari musiqa mashg‘uloti va ertaliklar yordamida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
2.Bolalarda milliy merosimizga e’tabor, Ona-Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash,jamiyatga foyda keltirishga ishtiyoq, farzandlik, Bolalik va jamoatchilik oldidagi burchini anglash, do‘stlik, o‘rtoqlik, insonparvarlik tuyg‘ularini tarkib toptirish didsizlik, xunuklik, g‘oyasizlik, danganlik, tubanlik kabi salbiy hislarga nisbatan murosasiz bo‘lishni tarbiyalash. 3.Bolalarning badiiy ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish,ularning hayotga, o‘qishga, mehnatga va turli hatti-haraktlarga go‘zallik olib kirishi qobiliyatini rivojlantirish, o‘z-o‘ziga va atrof muhitdagi barcha nasalarga go‘zallik kirita olishga o‘rgatish. Musiqa mashg‘uloti ma’lumki, xorda kuylash, musiqa savodi, kuylash kabi asosiy musiqa faoliyatlarini o‘zichiga oladi va Bolalarni ular bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi .
Download 357.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling