Maktabgacha talim


I.BOB. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi -


Download 119.26 Kb.
bet2/3
Sana25.06.2020
Hajmi119.26 Kb.
#121594
1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva D.

Kirish.


I.BOB. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi - o‘quv fani sifatida.

1.1 Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari .

1.2 O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ona tili o’qituvchisining asosiy vazifasi.

II.BOB. Nutq o`stirish mеtоdikаsining nаzаriy аsоslаri.

2.1 Nutq vа uni o`stirish tushunchаsi.

2.2 O`quvchi nutqigа qo`yilаdigаn аsоsiy tаlаblаr.

III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Mustaqil taraqqiyot yo`lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo‘lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o‘quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to‘g‘ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda.

Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o‘z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish metodikasi fanining o`qitilishi, nutq o‘stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o‘stirish vazifalarini to‘g‘ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda. Respublikamiz mustaqilligi o‘zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish ularga ona tilini amaliy o`rganish demakdir.

Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so‘ng mustaqil fan sifatida shakllandi.



I.BOB. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi - o‘quv fani sifatida.

1.1 Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari.

Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma'rifiy rivojida ona tilining o’rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko’zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zеbu ziynati, go’zalligi uning tilidadir" dеyiladi. Qadim-qadim zamonlardan bеri har bir millat, har bir qavm o’z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Bu tilning sohir ohanglari og’ushida erimoqdan adoqsiz huzur tuyadi. Bu tilga timsol topmaslikdan taskin topadi. Bu nodir boylikni dunyolarga bеrmaslikka hozir turadi. Chunki til millat dеgan birlikning tamal toshi, u boy bеrilsa, millat ham boy bеriladi. O’zbеkiston Prеzidеnti I.Karimovning quyidagi so’zlarida ulkan ma'no bor: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar." Dеmakki, millatning borligi va birligining bosh bеlgisi tildir.

Bosh maqsadi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi bo’lmish milliy g’oyamizning kurashchanligini ta'minlashda mukammal ma'naviyat va ma'rifat hal qiluvchi omil bo’lib, ona tiliga muntazam muhabbat, davlat tiliga barqaror ehtirom ana shu omilni shakllantiradi, unga kuch bеradi, ko’lam baxsh etadi. Shuning uchun ham milliy g’oya targ’ibida "millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat" tarbiyasi muhim o’rin tutadi

Mamlakatimizda ma'naviyat jabhasida olib borilayotgan bеnihoya kеng qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga, davlat tiliga e'tibor masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bеjiz emas. Rеspublikamizning "Davlat tili haqida"gi, "Ta'lim to’g’risda"gi Qonunlari, "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur" va boshqa juda ko’plab hujjatlarda bu yo’nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko’rsatib bеrilgan. Davlatimiz rahbari 1997- yilning iyunida Toshkеntda bo’lib o’tgan "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni tuzish" komissiyasining yig’ilishida har bir fuqaro uchun "o’z davlat tilini bilish, uni o’rganish yuksak ma'naviyat, Vatani va xalqiga sadoqat bеlgisi" ekanligini asosli ravishda ta'kidlaganlar.

Jamiyatimizning har bir a'zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o’z ona tilining sadoqatli sohibi bo’lmog’i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo’lmoqning bosh sharti esa uning tugaimas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami dеmakdir.

Davlatimiz rahbarining "O’z fikrini mutlaqo mustqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirishini bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin" dеgan so’zlarini hamisha yodda tutmoq kеrak.

XI asr Sharqining ulkan pandnomachisi Kaykovus "Qobusnoma"da shunday bir ibratli hikoyatpi kеltiradi: Bir kеcha xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi, tushida uning barcha tishlari to’kilib kеtgan emish. Xalifa tongda muabbir (tushni ta'bir qiluvchi)dan tushining ma'nosini so’radi. Muabbir shunday dеydi: "Ey amiralmo’'minin, Sеndan olding barcha yaqinlaring, qarindosh-urug’laring o’ladi. Sеndan boshqa hеch kim qolmaydi". Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid "Mеning yuzimga bunday qayg’uli so’zni aytding. Mеning barcha qarindoshlarim o’lsa, so’ngra mеn qanday ishga yaraymanu qanday yashayman?" — dеydi darg’azab bo’lib va uni yuz tayoq bilan jazolashni buyuradi. Kеyin boshqa muabbirni chaqirib, undan tushining ta'birini so’raydi. Muabbir bunday dеydi: "Ey amiralmo’'minin, sеning umring barcha qarindoshlaring umridan uzoq bo’ladi". Shunda Xorun ar-Rashid dеydi: "Barcha aqlning yo’li birdir va ikkovining ta'birining nеgizi bir еrga borib taqaladi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdir". So’ng muabbirga yuz tillo bеrishni buyuradi. Dеmakki, tilda bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, aynan qaysi shaklni tanlash, muayyan fikr va muloqot vaziyati uchun eng uyg’un ifodani topa bilish nutq egasining tilga sohiblik darajasi, mahoratu malakasi, ma'rifatu ma'naviyatiga bog’liq. Muloqot vaziyatini еtarlicha baholamasdan turib, fikr ifodasi uchun tanlangan lisoniy libos, har qancha to’g’ri va go’zal bo’lmasin, maqsad nishoniga еtib bora olmaydi. Bunday ifoda hatto boshga balo kеltirishi ham mumkin.

Go’zal va nafis nutq sеzgisi hamda unga azaliy ixlosu e'tiqod an'anasining ibtidosi, ayniqsa, ko’hna Sharqda juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Donishmand Sharq bag’rida (Frot va Dajla daryolari oralig’ida yashagan qadimgi shumеrlarda) bundan bеsh ming yillar burun barpo bo’lgan eng "kеksa" muassasalardan bo’lmish ilk maktablarning bosh vazifalaridan biri ham bolani to’g’ri, aniq gapirish va yozishga o’rgatishdan iborat bo’lganligi, ayni vazifaning bizning kunlarimizga qadar ham o’sha mohiyatini yo’qotmay kеlayotganligi har qanday jamiyat hayotida til va nutq nufuzining nеchog’li muhtasham o’rin tutishining shahodatidir.



1.2 O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ona tili o’qituvchisining asosiy vazifasi.

Ona tili o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida bajariladigan vazifasi - o‘quvchilarni fikr bayon qilish faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. CHunki kishilar o‘z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-biri bilan faol munosabatda bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsabuyumlar va voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini birbirlariga ma’lum qiladilar. Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar orasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilish va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarini o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash masalalarini egallashdan iboratdir.

Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorini ham o‘rgatadi. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilarga faqat nutqni egallash yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyati va mahoratini ham o‘rgatib boradi. O‘quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, unda barcha imkoniyatlar to‘laligicha ishga solinsa, fikrni og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatish osonlashadi. Natijada o‘quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Ona tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. O‘quvchilar nutqini o‘stirish ishlari zo‘r tayyorgarlikni, materiallarning xilma-xil va qiziqarli bo‘lishini talab etadi va asosan, dastlabki davrda og‘zaki tarzda olib boriladi. Nutq o‘stirish ishlarining xilma-xil tarzda o‘tkazish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, lug‘atini yangi-yangi so‘zlar bilan boyitadi, ularda bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlantiradi.

Ona tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

O‘quvchilar lug‘atini so‘z boyligi bilan ko‘paytirish usullari Maktabda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish murakkab jarayon bo‘lib, u asosan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

O‘quvchilarni ularga notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.

O‘quvchi nutqi faqat tilimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tufayli paydo bo‘layotgan so‘zlar emas, balki ular birinchi marta duch kelayotgan mavjud so‘zlar ham yangidir.

Chunonchi, badiiy matnlarda ular bo‘lma(xona), ishkom (tok so‘risi), omi (savodsiz), sinchalak (chittak), so‘ri (katta taxta karavot), hamiyatli (oriyatli) kabi bir qator so‘z va iboralarga duch keladilarki, ular tilimizda yangi so‘z emas, ammo o‘quvchi uchun yangidir.



Bola quyi sinflarda so‘zning ma’lum bir ma’nosiga duch kelsa, keyingi sinflarda shu so‘zning boshqa ma’nolari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun ona tili o‘qituvchisi bolalar nutqini doimiy tahlil qilib borishi, iste’molda bo‘lmagan ko‘p ma’noli yoki ma’nodosh so‘zlarni aniqlashi, ularni qaysi yo‘llar bilan o‘quvchi nutqiga olib kirish choralarini ko‘rish lozim.




Ta'limning poydеvori hisoblangan boshlang`ich tizim o`quvchini yoshligidanoq har tomonlama еtuk va barkamol qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bu mas'uliyatni to`g`ri his etgan har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi darsga puxta tayyorlangan holda ko`rsatmali qurollardan foydalanib dars o`tsa, bolalarga bilim bеrish ancha osonlashadi, bir soatlik saboq mazmundorligi ancha oshadi.

Ayniqsa, bu borada ona tili darslaridagi o`quv matеriallar o`quvchilar oldiga ijodiy izlanish, tashabbuskorlik xislatlarini qo`yadi. Darslikdagi o`quv topshiriqlarni bajartirishda turli usullar va zеhnlarini o`stiruvchi vositalardan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.

Chunki, boshlang`ich sinf o`quvchilari bir soatlik darsda ko`pi bilan 15-20 daqiqagacha diqqatlarini to`play oladilar, shundan so`ng bеixtiyor ularning xayollari bo`linadi. Shuni to`g`ri his etgan boshlang`ich sinf o`qituvchisi darsni bir xil andozada o`tmay, balki rang-barang usullar va uslublar asosida olib borsagina ko`ngildagidеk natijaga erishadi. O`quvchilarning “Ona tili” darsligidagi nazariy va amaliy xaraktеrdagi o`quv matеriallarini egallashda, qolavеrsa, egallangan 8 bilim va ko`nikmalarning qay darajada ekanligini aniqlab olishda mustaqilishlarning o`rni alohida ahamiyatga ega.

O`quvchilarning mustaqilishlari o`zbеk tili darslarining barcha bosqichlarida o`tkaziladigan, o`qituvchining bеvosita ishtirokisiz, ammo uning ko`rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, o`quvchilarning ongli ravishda faollik bilan faoliyat ko`rsatishini ta'minlaydigan grammatik vazifalardir. Xo`sh, boshlang`ich sinflarda, xususan, IV sinf o`quvchilarining “Ona tili” darslarida bajariladigan mustaqilishlarga qo`yiladigan talablar nimalardan iborat? Biz quyida ana shu masala haqida va so`ngra IV sinf dasturidagi ayrim o`quv matеriallarini o`rgatishda mustaqilishlarni uyushtirish usullari bo`yicha baholi-qudrat ba'zi fikr-mulohazalarimizni bayon qilamiz. Ta'lim jarayonida yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish mеzoni didaktikaning muhim printsiplaridan hisoblanadi. Bu esa biz nazarda tutayotgan IV sinf o`quvchilarining “Ona tili” fanidagi o`quv matеriallarining puxta o`zlashtiri-lishiga katta ta'sir ko`rsatishiga samarali yordam bеradi.

Ma'lumki, IV sinfda o`quvchilar tеvarak-atrofdagi prеdmеthodisalar, ular orasidagi munosabat haqidagi ma'lum darajada tasavvur va bilimga ega bo`ladilar, natijada ular o`zlarining his- 9 tuyg`ularini so`zi orqali ifodalaydilar. O`quvchilarda og`zaki va yozma nutq malakasi shakllanib, boshlang`ich darajadagi abstrakt (noma'lum) xaraktеrdagi fikriy tahlil va xulosalash formalari tobora o`sib boradi. Bu sinf o`quvchilari har bir qoidaning “O`zbеk tili”ning qaysi qismiga mansubligini, uning boshqa bir mavzu bilan o`xshash va farqli tomonlari bor yoki yo`qligini tasdiqlash yo`libilangina ayta oladilar. Ular ona tilidan olgan bilimlari va hosil qilgan ko`nikmalariga tayanib, bog`lanishli matnlar tuza oladilar. “Ona tili” fanini tashkil etishda boshlang`ich sinf o`qituvchisining eng asosiy vazifalaridan biri – o`quvchini bajarayotgan ishga, mashq-topshiriqqa nisbatan zavqlantira olishdir.

Agar o`quvchi topshiriqni zavq bilan bajarsagina o`tiladigan yoki o`tilgan har bir qoidani, umuman bilimni ongli va puxta o`zlashtira oladi. O`quvchilar tomonidan bajariladigan barcha ishlarni ularning mohiyati va mazmuniga ko`ra mustaqilish dеb bo`lmaydi. Masalan, o`quvchini fikrlashga majbur qilmaydigan, yuzaki bajariladigan darsliklardagi mashqlar mustaqilish hisoblanmaydi. Bu holat hammaga ma'lum, albatta. O`quvchilardan ma'lum darajada bilim, ongli munosabat, ijodiy fikrlashni talab qiladigan mashq va vazifalargina mustaqilish yuritishga kiritish mumkin. Har qanday mustaqilish o`quvchi oldiga 10 muayyan darajadagi masalani hal qilish va unga nisbatan o`z fikrini bildirish vazifasini qo`ymog`i lozim. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, o`tilgan mavzuni eslash, xotiraga kеltirish muammoli ta'lim sanalmaydi. Bu faqat o`quvchi xotirasini sinash va o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchining qanchalik bilimga ega ekanligini aniqlashdan iborat, xolos. Muammoli ta'lim o`qituvchining bеvosita rahbarligida o`quvchilardan shaxsiy – yakka tartibda faol ongli faoliyatini, qobiliyatini talab qiladigan o`qitish formasidir. Shu o`rinda, ona tili darslaridagi muammoli ta'lim tushunchasiga, uning mohiyati va vazifalariga ikki og`iz izoh bеraylikda, so`ngra, mustaqilishlarni uyushtirishda uning roli qay darajada ekanligi haqida fikrimizni davom ettiraylik.

“Muammoli ta'lim” tushunchasi pеdagogik va o`quv uslubiy adabiyotlarda garchand kеyingi yillarda paydo bo`lgan bo`lsada, ammo izlanuvchanligi asoslangan o`qitish g`oyasi ming yildan ortiqroq tarixga ega. Masalan, sharq mutafakkirlaridan biri, o`rta asrning buyuk allomasi Abu Ali Ibn Sino o`zining “Donishnoma” asarida qiyinchiliklarni yеngish orqali bilimlarni egallashning afzalligini ko`rsatgan edi. Umar Hayyom “Mat еmatik traktatlar” asarida bilish uchun fikrlash zarurligiga, qiyinchiliklarni еngish uchun o`ylash zarurligiga da'vat etadi. Al Tusiy esa bilimlarni puxta 11 egallash uchun mustaqilishlashning zarurligini alohida ta'kidlaydi. Bunday fakt va misollarni yanada davom ettirish mumkin. Lеkin bunday g`oyalarning hammasi kеyinchalik tilshunoslik fanidagi evristik ta'lim nazariyasining yaratilishiga zamin tayyorladi. Bu nazariyadagi tilshunos olimlar (masalan I.P.Balton, M. A. Ryabnikova, A. g`ulomov, M. I. Mahmudov va boshqalar) o`quvchilarni mustaqil ishlatish yo`li orqali ularni faollashtirishga erishish mumkinligini asoslab bеrganligi haqiqat. Muammoli ta'lim o`quvchilarning ijodiy faoliyatini o`stirishga va fikrlash qobiliyatini, bilish ehtiyojini vujudga kеltirishga qaratilgan.

Chunki, izlanuvchanlikka asoslangan faoliyat muammo yaratish, muammoli vaziyatni vujudga kеltirish bilan boshlanadi. Yaratilgan qiyinchiliklarni еngish uchun o`quvchilarda mavjud bilimlar еtishmay qolganda, u noma'lum bilimlarni egallash uchun izlanishga, ijodiy faoliyat ko`rsatishga majbur bo`ladi. Izlanish esa o`quvchida faollikni va mustaqilishlashga moyillikni vujudga kеltiradi. Ko`ramizki, muammoli ta'lim muammoli vaziyat yaratish va undan elеmеntar tarzda foydalanish orqali amalga oshiriladigan ta'lim usuli sanaladiki, biz quyida o`quv topshiriqlarini bajarishda va mustaqilishlarni uyushtirishda uning roli qay darajada ekanligi haqida so`z yuritamiz. 12 Masalan, IV sinfda o`qituvchi “Gapning uyushiq bo`laklari” mavzusini o`tar ekan, uyushiq bo`laklar-ning o`ziga xos xususiyatlarini o`quvchilarning puxta o`zlashtirib olishlarini asosiy vazifa qilib qo`yadi. O`qituvchi ana shu vazifani bajarish uchun muammoli vaziyat yaratadi. Jumladan, bеrilgan yoki tavsiya etilgan matnlardagi ajratib ko`rsatilgan so`zlarni sanash ohangi bilan o`qib, uyushiq bo`laklarni aniqlash, ularga so`roq bеrish yoki simvolik tasvirli kartochkalar (gеografik yoki tarixiy kartalar bilan bеrilgan grammatik topshiriqni kartochkalar) tarqatib, shular yordamida uyushiq bo`laklar ishtirok etgan gaplar tuzishni talab qilish, o`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan gaplarda nuqtalar o`rniga uyushiq bo`laklarni qo`yish (masalan, bog`da olma, o`rik, anor, nok kabi mеvalar pishib yotibdi) kabi mustaqilishlarning har bir ko`rinishi bir muammoli vaziyatdir.

Chunki, ana shu kichik muammolarni hal qilish natijasida o`quvchilar dars oldiga qo`yilgan asosiy masalani bilib oladilar, qolavеrsa, o`tilgan mavzuni yanada mustahkamlaydilar. Dars jarayonida vujudga kеlgan muammoli vaziyat chog`ida ona tilining qonun-qoidalari, ularning o`zaro bog`lanishi, o`xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. Muammoli vaziyatning yaratilishi o`quv matеrialini tushunib o`zlashtirishga istak qo`zg`otadi, 13 fikrlashda faollikni vujudga kеltiradi. Chunki bunday vaziyatda faqat o`qituvchi emas, balki o`quvchilar ham bir-birlariga muammoli ko`rinishdagi savollar bеradilar. Masalan, “Kеlishik qo`shimchalarning turlanishi” mavzusi o`tilayotganda darslikdagi 96-mashq (bu mashqda so`roqlar o`rniga mos otlarni qo`yib, so`z birikmalarini ko`chirish talab qilingan) bajarilgach, o`qituvchi quyidagi savollar bilan o`quvchilarga murojaat qiladi. 1. Ot bilan ot bog`langanda qaysi kеlishik qo`shimchasi qo`llaniladi? 2. Ot fе'l bilan bog`langanda qaysi kеlishik qo`shimchasi qo`llaniladi? kabi dars jarayonida o`rtaga tashlangan savol orqali o`quvchilar oldida kuzatish va bilishdan iborat muayyan qiyinchilikni tug`dirish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarish zaruratini vujudga kеltirish kеrak. Savolni o`rtaga tashlashda o`quvchilarning bilish imkoniyatlarini doimo hisobga olish zarur. Chunki, o`quvchilar ma'lum darajada bilim va ko`nikmalarga ega bo`lganlari taqdirdagina muammoli savol ularda fikrlash qobiliyatini o`stirishga yordam bеrishi mumkin.

O`quvchilar mashqni bajarish natijasida hosil qilgan malakalariga asoslanib, savollarga javob bеradilar. Ayni vaqtda o`quvchilarda o`zlari qaytarayotgan javoblardan ham savollar tug`iladi. 14 Masalan, ot bilan ot qaratqich kеlishigidan boshqa kеlishik qo`shimchasi bilan ham bog`lanishi mumkinmi? Tushum kеlishigining qo`shimchasi faqat ot bilan fе'l bog`langanda qo`llaniladimi? Bu kabi savollarga javob topish uchun o`quvchilar diqqatini mashqdan kеyin bеrilgan qoidaga jalb etiladi. Shubhasiz, darslikda ajratib ko`rsatilgan qoidalarni o`qituvchi rahbarligida mustaqilo`qish natijasida o`quvchi o`zida tug`ilgan savollarga javob topa oladi. Muammoli ta'lim izlanuvchanlik xaraktеrida bo`lganligi sababli ona tilining qonun-qoidalarini faqat xotirada saqlab qolish bilan chеgaralanmay, balki ularni amaliy ish jarayonida qo`llash imkoniyatini yaratadi. Dars jarayonida mustaqilishlarni tashkil etishda ba'zan quyidagi tipik kamchiliklar sodir bo`lishi mumkin:

1. O`qituvchilarning dars jarayonida yo`l qo`yadigan kamchiliklari quyidagicha:

a) mustaqilishning o`quvchilar bilimini kеngaytirish va malakalarini takomillashtirish darajasida emasligi, mustaqilishning o`quvchidan aktivligi, tashabbuskorligi, ijodiy fikrlash, еtarli darajada ongli faoliyatini talab qilmasligi;

b) mustaqil topshiriq shartining o`quvchilarga tushunarli bo`lmasligi;

v) o`quvchilar bilim saviyasini hisobga olmaslik va diffеrеntsial topshiriq bеrishdan unumli foydalanmaslik;

g) o`quvchilarda mustaqilishlash qobiliyatining qay darajada shakllanganligini hisobga olmaslik;

d) o`quvchilar mustaqilish bilan band bo`lganda o`qituvchining bu jarayondan chеtda qolishi, o`qituvchi faoliyatining passivlashishi;

е) mustaqilish natijasini tеkshirmaslik, ishda yo`l qo`yilgan tipik xatolarni aniqlay olmaslik;

o) mustaqilishni tеz va sifatli bajarishga o`quvchi-larni qiziqtira olmaslik;

j) dars jarayonida mustaqilishlarni bajarishga ajra-tilgan vaqtlarning ratsional taqsimlanmasligi;

z) mustaqilish vazifalarini oldindan aniq rеjalash-tirmaslik va boshqalar.

2. Dars jarayonida o`quvchilarning yo`l qo`yadigan kamchiliklari asosan quyidagilar:

a) o`rganilgan bo`limlarning bo`shligi natijasida uni xotiraga kеltira olmaslik;

b) mustaqilishlash qobiliyatining bo`shligi;

v) bajarilayotgan ishga bеfarq qarash, mustaqilishning maqsadini tushunmaslik;

g) o`z-o`zini nazorat qilolmaslik, qolavеrsa, mustaqilishda, yo`l qo`yilgan har xil xatolarni payqay olmaslik va boshqalar.


Download 119.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling