Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Download 0.71 Mb.
bet61/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Sport inshoatlari
Sport inshoatlarisiz sportni tashkil qilish va rivojlantirish mumkin emasligi hammaga ma’lum. Shu sababdan O’zbekistonning taraqqiyot tarixida sport inshoatlarini qurish muhim o’rin egallaydi. «Paxtakor» sport majmuasi (kompleksi) uzoq vaqtlar davomida (dastlabki qurilish 1955-1956 y.y.) qurilib (keyinchalik 1958-1965 y.y.) bitkazilgan. Metrofanov nomidagi suv sport havzasi (1963-1967 y.y.) ham qurilishi va uni kengaytirish tadbirlari ancha vaqtni egallagan. Olimpiya qishgi sport saroyi (hozirgi Alpomish) ham 10 yillar davomida (1977 yilgacha) qurilgan. Samarqandda xalqaro eshkak eshish kanali 1968-1970 yillarda qurib bitkazilgan.
Viloyatlardagi stadionlar, katta hajmdagi sport zallari (14x36 metr) va suv havzalari ham uzoq vaqtlar davomida qurilgan.
O’zbekistonning mustaqilligi davrida katta sport majmualari (kompleks) tezda qurib bitkazildi.
Toshkentda «Yuunusobod»; «O’zbekiston»; «Jar» kabi majmualar tennis, kurash, boks sport o’yinlari zallari, yengil atletika sektorlari, suv havzasi, dam olish joylarini o’z ichiga olib, xalqaro andozalarga to’la asoslangan.
Markaziy harbiy sport majmuasi (sobiq «Mehnat rezervlari»), markaziy bank (sobiq «Start» majmuasi) va boshqa yirik sport ishnoatlari ham qayta qurilib xalqaro sport musobaqalari o’tkazilmoqda. Respublika Prezidentining ko’rgazmasi asosida barcha viloyatlarning markazlarida tennis kortlari, suv havzasi, sport zallarini o’z ichiga olgan yangi sport inshoatlari qurib, ulardan maqsadli foydalanilmoqda.
Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va boshqa shaharlarda yirik zamonaviy sport inshoatlari qurilib, ularda «Umid nihollari», «Barkamol avlod», Universiada kabi ko’p bosqichli sport musobaqalari o’tkazildi.
Hozirgi davr sport inshoatlari, ayniqsa stadionlar Navro’z, Mustaqillik kuni bayramlari va boshqa an’anaviy ommaviy madaniy tadbirlarni o’tkazishda ham xizmat qilmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armalari, homiylar, saxovatli fermer xo’jaliklari qishloqlarda stadion, o’yin maydonlarini qurish, ularni zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlashda xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Xulosa qilib aytilsa, sport inshoatlarining ko’payishi va ularning kengayishi aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulanish darajasini kengaytirishga sabab bo’lmoqda.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling