Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Alisher Navoiy (1441-1501)


Download 0.71 Mb.
bet31/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Alisher Navoiy (1441-1501)

Sharq poeziyasining (she’riyat) buyuk dahosi. Alisher Navoiyning adabiyot, san’at, madaniyat, arxitektura va davlatni idora qilishdagi xizmatlari va ijodiy faoliyatlari faqat sharq xalqlarigagina emas, hatto Yevropa, Amerika, Afrika va uzoq Avstraliyada ham izzat ikrom bilan tilga olinadi. Moskva, Boku va ko’pgina katta shaharlarda uning haykali tirik inson kabi tikilib turadi va ko’chalardagi uylarning peshtoqiga uning nomi yozib qo’yilgan. Hazrati Alisher Navoiyning asarlari beqiyos ko’p va ular mazmunida tafakkur olami, aql-zakovat kuchi, axloq-odob qoidalari bilan tutashib ketgan jismoniy va ma’naviy barkamollik ustundir.
«Hamsa» («Besh doston»)da chuqur o’rin egallagan «Farxod va Shirin» dostoni faqat ishq-sevgi mazmuni bilangina to’ldirilgan emas. Farxod timsolida yigitning jismoniy kuchi, aql-farosati va kasb-hunari o’ta ustuvorlik bilan ifoda etilganligi ma’lum. Bu bilan yoshlarning ishq-sevgi yo’lida mehnat-kasbni egallash va uni xalq xizmatiga yo’llash orqali Farxodning jasorati, ya’ni tesha bilan toshlarni o’yib, suvni sahroga chiqarishidir.
Alisher Navoiyning dunyoviy qarashlari komil inson aqliy, axloqiy, ilm-ma’rifatga intilgan ijodkor, qobiliyatli, bilimdon, oqil va dono kishidir. U sofdil, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatga ega bo’lgan, adolatli, muruvvatli, kamtar, sog’lom va jismonan baquvvat, mard va jasur shaxs davlat arbobi bo’lgan. Shu sababdan inosonlarni eng yoshlik chog’idan to’g’ri tarbiyalashni da’vat etadi. Inson tarbiyasiga boshqa sohalardan jismoniy tarbiyani kam tutmaydi.
Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo hududlari va uning atroflari, ayniqsa janub (Afg’oniston), sharq (Xitoy-Mo’g’ul) va shimoliy tomonlarida (Dneprning quyi qismi), ya’ni Dashti qipchoq o’lkasi bilan bog’lanib ketgan.
XV asr oxirlarida ko’chmanchi o’zbeklar Muhomigad (musulmoncha nomi) – Shayboniy (turkcha nomi) boshchiligida o’z mavqlarini (kuch-qudrat) mustahkamlab oladi. U 1449 yil Movarounnahrni istilo qilishni boshladi. Bu esa Temuriylar sulolasining inqirozga tushishiga sabab bo’ldi. Shu tariqa u Markaziy Osiyoning hukmdoriga aylandi.
Taxtni egallash maqsadida bo’lib o’tgan ko’pdan-ko’p janglar, o’zaro kelishmovchiliklar natijasida urushlar davlat hizmatidagi kishilar, ayniqsa jangchilarni harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlash eng ustun qo’yiladi. Shu sabababdan avvaldan ma’lum bo’lgan harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish, ularni o’rgatish uchun maxsus kishilarni tayinlashga ko’proq e’tibor beriladi.
Ulug’ o’zbеk shоiri va mutafakkiri Alishеr Navоiyning “Hamsa” sida ham huddi shunga o’хshash fakt kеltirilgan. SHоir o’zining “Saddi Iskandariy” dоstоnida Iskandar qo’shinlarining Erоn shохi Dоrо lashkarlari bilan qilgan jangini go’zal misralarda tarannum etadi. Unda biz paхlavоn Barbara Barikning Hоrоn bilan va Dоrо qo’shinidagi bоshqa askarlar bilan yakkama – yakka оlishuvi qоn to’kilishiga ko’p jiхatdan chеk qo’yganini o’qiymiz.
Ulug’ o’zbеk shоiri Alishеr Navоiy o’zining “Saddi Iskandariy” dоstоnida ana shunday оlishuvlarni quyidagicha ta’riflagan:
YUrib хasm хaylining o’trusig’a,
Munung ul ham andоqqi qarshusig’a.
............................................................
Biri biriga maydоnda chirmоshtilar,
Basе bir – biridan qоlib, оshtilar.
.............................................................
Bu yanglig’ to’quz pahlavоni dalеr,
Qi har bir edi ish chоg’i narra shеr,
Bоri Barbariyg’a asir o’ldilar,
Sinоn zaхmidin dastgir o’ldilar.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling