Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Jadval-4 Respublika BO’SM va IBO’OZM to’g’risidagi ma’lumotlar


Download 0.71 Mb.
bet43/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Jadval-4
Respublika BO’SM va IBO’OZM to’g’risidagi ma’lumotlar



Viloyatlar

Jami soni

Xalq ta’limi vazirligida

Kasaba uyushmalarida

Madaniyat va sport ishlari vazirligida

1

Qoraqolpog’iston Respublikasi

33

26

3

5

2

Andijon

57

48

4

5

3

Buxoro

38

27

3

8

4

Jizzax

23

17

2

4

5

Qashqadaryo

27

22

3

2

6

Navoiy

19

13

2

4

7

Namangan

39

33

2

4

8

Samarqand

48

41

3

4

9

Sirdaryo

20

14

4

2

10

Surxandaryo

31

16

5

10

11

Toshkent vil.

48

36

9

3

12

Farg’ona

49

40

4

5

13

Xorazm

22

16

3

3

14

Toshkent shahri

50

28

20

1

15

Jami:

504

377

67

60

Jadvaldagi ko’rsatkichlarning davomi sifatida aytish mumkinki mazkur sport maktablarida 1365 nafar murabbiy mehnat qilib, ularning 1005 tasi oliy ma’lumotga ega. Ular orasida esa 277 nafar ayollar mavjud. Barcha BO’SM va IBO’OZMda hisobida 2783ta sport inshoatlari, shundan 344tasi o’zlarining 2439tasi ijarada foydalanilmoqda. 48ta sport turida 268927 nafar sportchi yoshlar ta’lim olib ulardan 4293tasi sport ustaligiga nomzod, 895tasi sport ustasi va 137 nafari xalqaro sport ustasi unvonlariga egadir.


Istiqlol va uning 20 yillik shonli yo’li xalqimiz ayniqsa yoshlarimiz uchun beqiyos imkoniyat va sharoitlar yaratdi va o’z iste’dodini namoyon qilishga katta yo’l ochib berdi. Ayniqsa sport sohasida davlatimiz erishayotgan yutuqlar misolida yaqqol ko’rish mumkin.

  • 1998 yil may oyida mamlakat olpinistlari jaxon miqyosida ajoyib yutuqqa erishdilar. Ular Ximolay tog’ tizimidagi dunyoning eng baland “Everest” cho’qqisini zabt etib u yerga vatanimiz bayrog’ni o’rnatdilar.

  • Bokschilarimizdan Artur Grigoryan, Muxammadqodir Abdullayev, O’tkirbek Xaydarov, To’lqinboy Turg’unovning nomlarini jaxon xalqlari eshitdi. 2000 yili Avstraliyaning Sidney shaxrida o’tkazilgan XXVII yozgi Olimpiada o’yinlarida hamyurtlarimizdan Muxammadqodir Abdullayev – oltin, Artur Taymazov – kumush, Sergey Mixaylov va Rustam Saidov – bronza medaliga sazovor bo’ldilar.

Mustaqillik yillarida o’zbek kurashi bo’yicha jaxon chempionatini o’tkazish ananaga aylandi. Bu musobaqalarda Akobir polvon, Toshtemir polvon, 2008 yilgi Pekin olimpiadasi kumush medal sohibi Abdulla Tangriyev kabi sportchilarimiz beqiyos maxorat ko’rsatib kurash sport turini dunyoga tanitishga ulkan xissa qo’shmoqdalar, yana bir sportchimiz Rishod Sobirov jaxon chempioni degan unvonni qo’lga kiritib, 2010 yil jaxon reytingida yetakchi o’ringa ko’tarildi.
Istoqlol yillarida yurtimizda karate federasiyasi tuzilib, yosh iste’dodlarni jaxonga tanitmoqda, binobarin Bekobodlik Farrux, A’zam va Parviz Abdumalikovlarning хalqarо miqyosida erishgan yutuqlari ibratlidir.
2009 yilda nоgirоnlar o’rtasida o’tkazilgan futbоl bo’yicha jaхоn chempionatida hamyurtlarimiz faхrli birinchi o’rinni egallashdi. Ayniqsa, 2010 yilning iyun – iyul оylarida janubiy Afrika Rеspublikasida futbоl bo’yicha o’tkazilgan XIX jaхоn chеmpiоnatida hakamlik qilgan vatandoshlarimiz Ravshan Ermatov va Rafael Ilyasov chеmpionatning kashfiyoti bo’lishdi.
Mustaqillik imkonoyatlari tufayli Vatanimizda tеnnis eng keng tarqalgan sport turlaridan biriga aylandi. Poytaxtimizning “Yunusobod” majmuasida bir necha marta xalqaro Prezident kubogi musobaqalari o’tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda yoshlar o’rtasidagi xalqaro musobaqada Iroda To’laganova Uimboldun uchrashuvining g’olibi bo’ldi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda 1 ming 200 dan ziyod yangi sport inshoatlari barpo etildi, ularning mingdan ortig’i qishloq joylarda qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko’plab turlari bilan muntazam shug’ullanishi uchun imkoniyat yaratdi, kam ta’minlangan oilalarga mansub 120 ming nafar qiz bola 3 milliard 500 million so’mlik sport kiyim va jixozlari bilan ta’minlandi;
Mamlakatda badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi doirasida ushbu sport turi bilan shug’ullanadigan qizlar soni birgina 2010 yilning o’zida 6 – 7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 10 – 12 barobar ortdi. Xitoyda yakuniga yetgan o’n oltinchi yozgi Osiyo o’yinlarida badiiy gimnastika bo’yicha qizlarimiz Osiyo qit’asi vakillari orasida sharafli ikkinchi o’rinni egalashdi.
Birgina 2010 yilda o’tkazilgan 42 ta xalqaro musobaqada O’zbekistondan ishtirok etgan 500 nafardan ziyod yosh sportchining uchdan bir qismini qizlar tashkil qildi yoki o’sha yil yozida Singapurda bo’lib o’tgan birinchi o’smirlar Olimpiya o’yinlarida sportchi yoshlarimiz 9 ta medalni qo’lga kiritdi, yuqorida zikir etilgan Osiyo o’yinlarida 11 ta oltin, 22 ta kumush, 23 ta bronza medali qo’lga kiritildi, O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida sakkizinchi o’rinni egallab, kuchli o’nlikdan joy olishdi. Futbol bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi o’sha yili Meksikada bo’lib o’tgan jaxon chempionatida ishtirok etib faxrli safdan joy oldi. Argentinada bo’lib o’tgan amputant nogironlar o’rtasida esa futbol bo’yicha jaxon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi ikkinchi marotaba jaxon chempioni degan unvonga sazovor bo’ldi.
Birgina 2008 – 2009 o’quv yilida ta’lim muassasalarining o’quvchilari jaxon, Osiyo chempionatlarida hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, 119 nafari jaxon, 154 nafari Osiyo va 400 nafarga yaqini xalqaro musobaqalarning g’olibi bo’ldi5.
Jaxonda e’tirof etilgan uch bosqichli – “Umid nixollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalari orqali bolalar va o’smirlar o’rtasida sportning ommaviyligini ta’minladi, yosh sportchilarimiz respublika va xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3518 ta medalni qo’lga kiritdi. Ularning 1114 tasi oltin, 1013 tasi kumush, 1391 tasi bronzi medallaridir.
2004- 2009 yillar davomida jami 7604 ta sport tadbiri o’tkazildi, unda 4.546.426 nafar o’quvchi ishtirok etdi. Shundan 2000113 nafari qizlarni tashkil etdi, 30 dan ortiq xorijiy davlatda jami 156 ta turli xalqaro musobaqa, sport festivallari va o’quv- yig’in mashg’ulotlarida 1691 nafar (951 nafari qizlar) yurtimiz vakili sifatida ishtirok etdi6.
Buyuk Britaniyada kurash bo’yicha Birinchi Prezident Islom Karimov xalqaro turnirida Muzrobod tumanidagi 31 – maktabning 9 sinf o’quvchisi Omongeldi Ergashev 65 kilogramm vazn toifasida oltin medalga sazovor bo’ldi. Sherobod tumanidagi 2 maktab o’quvchisi Kamol Eshaliyev esa kikboksing bo’yicha jaxon chempioni bo’ldi. Andijon viloyatidagi bolalar va o’smirlar suzish sport maktabi o’quvchilari Farxod Amilov, Nodira Shamsuddinova va Ma’murbek Yusupov 2010 yilning mart oyida Germaniyada yoshlar o’rtasida o’tkazilgan xalqaro turida 9 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo’lga kiritdi yoki birgina Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan sportchi o’quvchilar Osiyo va jaxon miqyosidagi chempionatlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 25 ta oltin, 48 ta kumush, 81 ta bronza medalini qo’lga kiritishda Sayxunobod tumanidagi 41 maktab o’quvchisi Samandar Kamolov Milova shaxrida shashka bo’yicha o’tkazilgan musobaqada jaxon chempioni bo’ldi. Shaxmat bo’yicha 10 karra O’zbekiston chempioni Sarvinoz Qurbonboyeva Pekin shaxrida bo’lib o’tgan Osiyo birinchiligida 32 ta davlat vakillari orasida faxrli o’rinni qo’lga kiritdi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling