Ko’p vokal o’qituvchilari bolalarni o’qitishdan qochadi, chunki ular bolalarni ranjitishni va ovoziga zarar yetkazishni xoxlamaydi. Shu bilan birga, ashula darslarida to’g’ri uslub, eshitish rivoji va vokal texnikasi bola uchun qo’shiq aytishda boshlang’ich nuqtadir. Ashula aytish bilan shug’ullanmagan bolalarning eshitishi xam rivojlanmagan, notog’ri uslubda qo’shiq aytgan bolalarning xam ovozida muammolar bo’lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan maslaxatlar to’g’ri texnika bilan bajarilishi, bolani qo’shiq yod olishida tovushini buzmaslik juda muxim. Farzandini xonanda yoki qo’shiq aytishini istagan ota-onalar birinchi navbatda yaxshi tajribaga ega va yuqorida keltirib o’tgan barcha uslublarga ega o’qituvchi tanlay bilishi lozim.
Bosqichlar
1. Xar bir mashg’ulotni gavdani to’g’ri tutish mashqlaridan boshlang. Bu mashqlar gavdani to’g’ri tutibgina qolmay, bolani mashg’ulotlarga jiddiy yondashishiga undaydi, agar bolalar sodda va foydali topshiriqlarni bajarsa. Bolalar jismoniy faollikni yoqrtirishadi.
2.Bolalarni to`g`ri nafas olishga o`rgatish .
Bolalarni to’g’ri nafas olishga o’rgating. Nafas olish jarayonida qorin ko’tarilishi va nafas chiqarilganda qorin pasayishi kerak. Yelka va kokrak qismlari ko’tarilishi xam tushib ketishi xam mumkin emas. Shuning uchun tik turib yoki kitobni qoringa qo’yib yotgan xolatda qo’shiqni yod olish kerak. Bir chuqur nafas olib va nafasni qorinda tutib g’ongillab, guvillab yoki faqatgina aaaaaa deya mashqlar kuylatib ko’ring, tiniq va aniq tovushlar chiqishi lozim lekin nafas chiqarayotgan vaqtda solak chachrashini oldini oling.
|