Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurslar uchun yada savollari javobi fan: Bolalarni tabiyat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan savollar


Fan: Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 77.42 Kb.
bet12/12
Sana05.04.2023
Hajmi77.42 Kb.
#1276851
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JAVOBLAR (4)

Fan: Ona tili va bolalar adabiyoti



  1. Til – ijtimoiy hodisa.

Til kishilarning o‗zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‗lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‗lgan ijtimoiy hodisadir. [A.Nurmonov, B.Yo‗ldoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. ―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T.: 2001, 11-bet., A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2002, 107-bet]. Til paydo bo‗lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a‘zolari bo‗lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya‘ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‗lib, shu jamiyat a‘zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi

  1. Ona tilining fonetik vositalari: nutq tovushlari, urg‘u, ohang (intonatsiya)

Adabiy tilning og`zaki shakli nisbatan qadimiy bo‗lib, u nutq tovushlari, urg`u, intonatsiya (ohang) kabi fonetik vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me‘yorlarni orfoepiya belgilab beradi.

  1. Ona tilining vokalizmi va konstontizmi.

Tilning fonеtikfonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‗lgan( a, o‗, o, u - orqa qator, yo‗g`on unlilar; e, i, o,u - old qator , ingichka unlilar ); b)eski turkiy til va eski o‗zbеk tillarida ham shu 8 unli saqlangan, ammo eski o‗zbеk tilida old, qator lablanmagan e unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat bo‗lgan; v)qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‗zbеk tillarida unli tovushlarning yo‗g`onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‗lgan: i-o‗, a-a, u-u, o‗(o)-o‗(o) kabi; g) hozirgi o‗zbеk adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan (i,e,a,u,o‗,o). Bu tizimda yo‗g`onlikingichkalik oppozitsiyasi yo‗q, ayrim tovushlarning sifat bеlgilari ham o‗zgargan

  1. Ona tili imlosining asosiy qoidalari

1995 yil 24 avgustda lotin grafikasi asosidagi o‗zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‗limlardan tuzilgan: 1. Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi. 2. Asos va qo‗shimchalar imlosi. 3. Qo‗shib yozish. 4. Ajratib yozish. 5. CHiziqcha bilan yozish. 6. Bosh harflar bilan yozish. 7. Ko‗chirish qoidalari.

  1. Ona tilida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari haqida ma’lumot bering.

Tildagi so‗zlar shakl va ma‘no xususiyatlariga ko‗ra o‗zaro turli munosabatda bo‗ladi. So‗zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma‘no jihatdan, ba‘zilari esa talaffuzi jihatidan o‗xshash bo‗ladi. SHu xususiyatlariga ko‗ra so‗zlar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 1.Omonim so‗zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma‘nosi har xil so‗zlar omonimlar deyiladi. Omonim so‗zi grekcha «bir xil» degan ma‘noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og`iz - insonning tana a‘zosi, og`iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to‗zon, gard, g`ubor, chang – to‗rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‗sh cho‗p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a‘zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot. Omonim so‗zlar turkumiga (yuz – insonning tana a‘zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo‗ladi. Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug`aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug`aviy omonimlar: 1) so‗zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‗ladi. 1.Omonimlik hodisasi so‗z bilan so‗z doirasida bo‗lsa, leksik omonim deyiladi. Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‗ladigan kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe‘l) - zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: YUzi kuladi, ko‗zlari yonadi? (H.G`ulom) 2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‗lsa, frazeologik omonim deyiladi. Masalan: bosh ko‗tarmoq - qarshi qo‗zg`olon ko‗tarmoq, bosh ko‗tarmoq - tuzalmoq, sog`aya boshlamoq

  1. Otning leksik-grammatik xususiyatlari

Nutqimizda mavjud so`zlar bir-biridan ma‘no va grammatik xususiyatlari jihatdan farq qiladi. Shu jihatdan so`zlar ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. So`zlarning ma‘no va grammatik belgilarining o`xshashligiga qarab guruhlarga bo`linishi so`z turkumlari deyiladi. So`zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi: 1) leksik-semantik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) sintaktik tamoyil.

  1. Frazemalarning ma’no xususiyatlariga ko‘ra asosiy belgilari va turlari.

Frazeologizmlarning asosiy morfologik belgilari: a) ot frazeologizmlar; b) atoqli otlar ishtirok etgan frazeologizmlar; d) kishi a’zolarining nomlari (somatizmlar) ishtirokida tuzilgan frazeologizmlar; e) fe’l frazeologizmlar; f) boshqa so’z turkumlari ishtirok etgan frazeologizmlar. 2. Fe’l frazeologizmlarda o’timli-o’timsizlik, mayl, nisbat va zamon kategoriyalari. 3. Frazeologizmlarning asosiy sintaktik belgilari: a) so’zga teng
frazeologizmlar; b) so’z birikmasiga teng frazeologizmlar; d) gapga teng frazeologizmlar.


  1. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari.

Sifatning xususiyatlari Leksik xususiyat 1. Belgining darajasini ko’rsatadi 2. Otlashadi 3. Fe’lga bog’lanib otlashadi Grammatik xususiyat morfologik sintaktik 1. Aniqlovchi 2. Kesim 3. To’ldiruvchi Sifatning ta’rifi va leksik – grammatik xususiyatlari 1. Sifatning belgisi 2. Rang-tus 3. Maza-ta’m 4. Hajm-o’lchov 5. Hid sifatlari 6. Makon-zamon

  1. Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari (morfologik belgilari, sintaktik vazifalari).

Fe'lning o'zgaruvchan morfologik xususiyatlari - uning soni, kayfiyati, jinsi, zamoni va yuzi. Ushbu toifalar asosan boshqalar tomonidan belgilanadi. Masalan, indikativ kayfiyatning fe'llari vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadi. So'zning grammatik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) uning nutq qismiga mansubligi, 2) ma'lum bir shaklda o'zgarishi yoki o'zgarmasligi, 3) so'zning grammatik ma'nolari.

  1. Fe’l zamonlari, ularning turlari (o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon fe’llari).

Fe‘l zamoni harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi. Nutq momenti ham subyekt tomonidan belgilanadigan qandaydir vaqt bo‘lagi bo‘lmay, obyektiv zamonning so‘zlovchi gapi, so‘zi to‘g‘ri kelgan bo‘lagidir. Harakat bajarilish vaqtining nutq momentiga munosabatiga qarab fe‘lning uch xil zamoni farqlanadi: 1. Nutq momentigacha bo‘lgan harakat - o‘tgan zamon; 2. Nutq momentida davom еtayotgan harakat - hozirgi zamon; 3. Nutq momentidan keyin bo‘ladigan harakat - kelasi zamon. Zamon ma‘nolari maxsus formalar orqali ifodalanadi va bu formalar fe‘lning zamon formalari deb ataladi.

  1. Yordamchi so’z turkumlari haqida umumiy ma’lumot.

Hozirgi o`zbek tilida so`zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so`zlar vositasida, so`zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. Shunga ko`ra so`zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: 1). Affikslar yordamida hosil bo‘luvchi shakl; uyni, uyda, uydan, uyga; o‘qiyapman, o‘qiyapsan, o‘qiyapti kabi. Affikslar yordamida yasaluvchi shakl sintetik shakl deyiladi; 2) yordamchi so‘zlar orqali hosil bo‘luvchi shakl ukam uchun, park tomon, o‘qib ko‘r, o‘qib chiq kabi. Yordamchi so‘z vositasida yasaluvchi shakl analitik shakl deyiladi.

  1. Alohida olingan guruh so’zlari.

Grammatika (grеkcha: gramma - harf, o`qish va yozish san'ati) tilshunoslik fanining eng muhim bo`g`ini bo`lib, u alohida olingan har bir tilda mavjud bo`lgan o`ziga xos grammatik qurilishni tеkshiradigan sohadir. Tilning grammatik qurilishi ancha barqaror qonun-qoidalar va shakllar tizimidan iborat ekanligi bilan tilning boshqa sathlaridan, jumladan uning lеksikasidan, fonеtikfonologik qurilishidan farq qiladi.



  1. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; teng va ergash bog‘lanish haqida umumiy ma’lumot.

Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini — so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir. Teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi.

  1. Gap - kommunikativ (aloqa) birlik sifatida. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari: darak, so‘roq, buyruq gaplar.

Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir Masalan: Bahor keldi va bahorning kelishi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida esa yo‘q. Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. Nutqiy jarayonda so‘zlovchi ma’lum axborotni yoki istak-xohishni tinglovchiga bayon qilishni, ma’lum voqea, hodisa haqida tinglovchidan so‘rashni, suhbatdoshini ma’lum axborotni bayon qilishga yoki ma’lum harakatni yuzaga chiqarishga da’vat qilishni maqsad qiladi

  1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot. Bosh va ikkinchi darajali bo’laklar.

Hozirgi o`zbеk tilida so`zlar umumiy katеgorial ma'nosidan tashqari konkrеt narsa, bеlgi, harakat kabilarni ataydi, ya'ni mustaqil lеksik ma'no tashiydi va gapda mustaqil gap bo`lagi vazifasida kеla oladi. Bunday so`zlar mustaqil so`zlar dеyiladi. Mustaqil so`zlarga xos bosh bеlgi biror voqеa- hodisa (prеdmеt, bеlgi, harakat, miqdor) haqidagi tushunchalarni ifodalaydi, dеmak, lug`aviy ma'no anglatadi. Ikkinchi, umumiy bеlgi gap bo`lagi vazifasida kеlishdir. Uchunchi juz'iy, lеkin muhim bеlgi - so`z yasash va shakl yasash va forma o`zgartish xususiyatining mavjudligidir. Morfologik bеlgi (katеgoriya)ga ega bo`lishi barcha so`z turkumlari uchun birdеk xos emas. Masalan, ot va fе'l turkumidagi so`zlar uchun har uchala hodisa - so`z yasash, shakl yasash va so`z o`zgartish (turlanish va tuslanish) mavjud bo`lsa, sifatlar uchun esa ikkitasi so`z yasash va shakl yasash xos, ravishda asosan so`z yasash, qisman shakl yasash (daraja yasalishi) bor.

  1. Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

Hozirgi o‗zbеk adabiy tili" kursi tilshunoslikning quyidagi bo‗limlarini o‗z ichiga oladi: 1.Fonеtika va fonologiya. Bu bo‗limlarda hozirgi o‗zbеk adabiy tilining fonеtik-fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), sеgmеnt va supеrsеgmеnt birliklar (fonеma, bo‗g`in, urg`u, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elеmеntlar ( tеmp, tеmbr, ritm, mеlodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr yuritiladi. 2.Grafika va orfografiya. Bu bo‗limlarda hozirgi o‗zbеk adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha o‗zbеk yozuvlari), ularning asosiy komponеntlari va bеlgilari, orfografiya printsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi. 3.Orfoepiya. Bu bo‗limda o‗zbеk tilining to‗g`ri (adabiy) talaffuz mе'yorlari, ularni bеlgilovchi omillar haqida ma'lumot bеriladi. 4.Lеksikologiya va frazеologiya. Bu bo‗limlarda o‗zbеk tilining lug`at boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lug`aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, lеksik-sеmantik va tеmatik guruhlari, lеksеma va frazеmalarning sеmantik tarkibi, qo‗llanish xususiyatlari o‗rganiladi. 5.Lеksikografiya. Bu bo‗limda lug`atchilik, lug`at tiplari va turlari, lug`atlarning tuzilish printsiplari, lug`at maqolalarining sxеmalari, lug`atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi. 6.Morfеmika. Bu bo‗limda so‗z yoki so‗zning grammatik shakllari tarkibidagi ma'noli qismlar – morfеmalar xususida, morfеmalarning funktsional-sеmantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma'lumot bеriladi. 7.So‗z yasalishi. Bu bo‗limda o‗zbеk tilining so‗z yasash usullari, ularning so‗z turkumlari bo‗yicha tavsifi, tarixiy va hozirgi so‗z yasalishi kabi masalalar yoritiladi. 8.Morfologiya. Bu bo‗lim grammatikaning bir qismi bo‗lib, unda grammatik ma'no va grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kеlgan grammatik katеgoriyalar, so‗zlarni turkumlarga birlashtirish printsiplari, har bir so‗z turkumining ma'no turlari, morfologik bеlgilari, gapdagi funtsional xaraktеristikasi haqida fikr yuritiladi. 9.Sintaksis. Bu bo‗lim grammatikaning ikkinchi qismi bo‗lib, unda so‗z birikmalari va gap turlari, so‗zlarning grammatik munosabatga kirishish yo‗llari o‗rganiladi. 10.Punktuatsiya. Bu bo‗limda yozuv sistеmasining uchinchi komponеnti(birinchi komponеntigrafika, ikkinchi komponеnti-orfografiya) xususida ma'lumot bеriladi. U sintaksis bilan parallеl ravishda o‗rganiladi, chunki tinish bеlgilarining qo‗llanishi, asosan, gap ichida va nutqda namoyon bo‗ladi.

  1. Bolalar folklori.

Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma’naviy va jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Agar allalar, ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, turli o’yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus badiiy so’z namunalari yaratilgan. O’zbeklar ana shunday xalqlar qatoridan munosib o’rin oladilar. Tez aytishlardan tortib allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoqlargacha bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag’ishlangan bolalar folklori janrlarini, namunalarini tashkil etadi.

  1. Bolalar folklorining she’riy namunalari.

Tez aytishlar bolalar folklori tarkibiga nisbatan keyin qo’shilgan janr hisoblanadi. Olimlarning fikricha, tez aytishlar avvallari alohida janr sifatida “tutal”, “chalg’ituv”, “chalish”, “adashish” atamalari bilan mashhur bo’lgan. “Tez aytish” esa nisbatan keyingi atamadir. Vaqt o’tgani sari bu janr kattalardan bolalar folkloriga ko’chgan. Qadimgi tez aytishlardagi so’zlarning ko’pligi bu fikrning to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Gap shundaki, tez aytish qoidasida namuna to’liq aytib bo’lmaguncha nafas olish mumkin emas. Son jihatidan shu qadar ko’p so’zli tez aytishlar borki, ularni yosh bola ayta olmaydi. Shuning uchun bu tez aytishlar avvaliga katta yoshdagi odamlar o’rtasidagi keng tarqalgan bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelingan. Tez aytishning ikkinchi qoidasi matndagi tovushlarni aniq talaffuz qilish kerakligi bilan belgilanadi.

  1. Bolalar folklorining nasriy namunalari.

O’zbek bolalar folklorini ilmiy jihatidan tadqiq qilgan olim, filologiya fanlari doktori, professor O. Safarov allalarning mazmun va kompazitsiya jihatidan bir necha turlarga bo’linishini ko’rsatib o’tgan. Jumladan, ular orasida parokanda allalar, voqeaband allalar, maishiy allalar, tarixiy allalar bor bo’lib, har biri boshqasidan ma’lum darajada farqlanadi. Parokanda allalarda matndagi bandlarda o’zaro bog’liqlik bo’lmaydi. Har bir to’rtlik o’zicha mustaqil mazmunga ega bo’ladi: 

  1. Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari.

Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham insoniyat alla, qo`shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o`zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu, kurashlarini ifodalagan. Xalq og`zaki ijodi o`zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g`oyalar bilan yo`g`rilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi.
Bolalar folklori ko`pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi, ba’zi hollarda bolalar o`z o`yinchoqlari asosida o`zlari ham alla, qo`shiq va ovunmachoqlar to`qiydilar. Bularning hammasi bir bo`lib faqat yaxshi tarbiyani targ`ib qiladi. Bolalar xalq og`zaki ijodining pedagogika bilan bog`lanishi alladan boshlanadi.


  1. Jadid adabiyotida bolalar tarbiyasi ifodasi.

Jadid m atbuotida bo‘lganidek, jadid adabiyotida ham m a’rifat, maktab-maorif va hurriyat mavzulari davr sadosi sifatida yangradi. Binobarin, mehnatkash ommani jaholatga 11 qarshi ilmli-bilimli b o ‘lishga, ma’rifatga chaqirish jadid yozuvchilari ijodining leytmotivini tashkil etdi. Bu xususiyat M ahm udxo‘ja Behbudiy (1875-1919), M unavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Hamza Hakimzoda (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho‘lpon (1897— 1938), Said Ahmad Ajziy (1864-1927), Sidqiy Xondayliqiy (1884— 1934), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), To‘lagan Xo‘jamiyorov Tavallo (1882-1939), Muhammad Sharif So‘fizoda (1869-1937) kabi shoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko‘rinadi.

  1. Sho’rolar davri bolalar she’riyati

O’zbek bolalar she’riyatida hajviylik muammosi tadqiqiga bag’ishlangan bir qator monografik tadqiqot va risolalar ham kam emas. Ularda o’zbek bolalar she’riyatida qahramon, badiiy til va uslub, satira va yumor masalalari ijodkor mahorati nuqtai nazaridan u yoki bu darajada o’rganilganini kuzatish mumkin. Bu tadqiqot, monografiya va risolalarda, garchi badiiy ijodga davr bilan bog’liq bir yoqlama yondashish holatlari mavjud bo’lsa-da, kichkintoylar adabiyotining badiiy o’ziga xosligi, tasvirning shartliligi, adabiy tanqidning ushbu muammoga munosabati xususida e’tiborli kuzatishlar o’z aksini topgan.

  1. Sho’rolar davri bolalar nasri

o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan tasvir imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani – u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar – badiiy tasvir vositalari, obrazli tafakkur, insonning barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi. Epik ko‘lamdor roman yoki qissalarni o‘qib, ma’lum bir davrning ijtimoiy-tarixiy hayoti, insonlarning turmush tarzi, o‘y-kechinmalari, ishq-muhabbatdek bebaho his-tuyg‘ularini tasavvur qilish mumkin. Ayni damda badiiy asar o‘z mualli-fining dunyoqarashi, iste’dodi, shaxsiyatining kimligidan ham darak beradi. Abdulla Qodiriy: «Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlari-da, asosan, o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi», deb juda o‘rinli fikrni yozgan edi.

  1. Mustaqillik davri bolalar she’riyati va nasri

Mustaqillik davri o‘zbek nasri tarkibidagi ayrim namunalar bilan muhtaram o‘quvchilar quyi sinflarning «Adabiyot» dars-liklari orqali tanishgan edi. Ammo uni yaxlit tasavvur qilish uchun bugungacha davom etayotgan adabiy jarayondan ham boxabar bo‘lishlari lozim. Istiqlol yillarida tarixiy va zamonaviy mavzuda romanlar, dunyo adabiyoti tajribalaridan o‘rgangan holda yaxshi qissa va hikoyalar yozildi. Hech shubhasiz, bu davrda yangicha yo‘nalishlar, adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh adib-larning yangi nomlari paydo bo‘ldi; inson tabiatidagi zid-diyatlarni noan’anaviy usulda tasvirlashga e’tibor kuchaydi; insonning sirli dunyosini badiiy tadqiq qilish jihatidan o‘zbek nasri yuksaldi. Eng yaxshi asarlarda jahon adabiyotining tasvir tamoyillari bilan o‘zbekona milliy tafakkur uyg‘unlashdi.

  1. Rus va jahon bolalar adabiyoti.

Jahon bolalar adabiyoti deganimizda yer yuzidagi barcha xalqlarning atoqli yozuvchilari yaratgan, nafaqat o’z xalaqlari balki barcha xalqlar bolalari uchun sevimli bo’lib ulgurgan badiiy asar namunalarini tushunamiz. Jahon bolalar yozuvchilari deganimizda o’zbek bolalari uchun ham allaqachon sevimli Sh. Perro, Daniel Defo, Jonatan Svift, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Karlo Kollodi, Mark Tven, Frensis Bret Gart, Xans Kristian Andersen, Redyard Jozef Kipling, Antuan de Sent-Ekzyuperi, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, L.N.Tolstoy, K.I.Chukovskiy, S.Y.Marshak, N.N.Nosov kabi atoqli adiblar yodimizga tushadi.

  1. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifasi, predmeti, maqsadi va takomillashtirish yo’llari.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur. alalar qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866–1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan

  1. Sharq mutafakkirlari o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ona tilining roli.

Pedagog olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shahs ma’naviy kamoloti masalalariga bao’ishlangan ilmiy tadqiqotlari pedagogika fanining rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi “Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bao’dod,”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida” Yaqin va O’rta Sharq halqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining mahsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi[1]. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Horazmiy (780-850), Ahmad alFaro’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al – Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning hizmatlari katta bo’lgan.

  1. Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar nutqini rivojlantirish o'qituvchilar tomonidan turli xil faoliyat turlari bo'yicha amalga oshiriladi: to'g'ridan-to'g'ri o'quv mashg'ulotlarida, shuningdek mashqlar o'tkaziladi, ularning maqsadi nutqning sog'lom tomonini rivojlantirish va bolalar lug'atini boyitish; Nutqning grammatik tuzilishini va bog'liq nutqni rivojlantirish bo'yicha o'yinlar va mashqlar o'tkaziladi.
O'qituvchilar o'zlarining mavzularini, qismlarini to'g'ri va aniq nomlash, uning xususiyatlarini, xususiyatlarini turli xil faoliyat turlarida (yurish uchun, guruhda, turli xil rejim jarayonida, o'yinda) tavsiflash imkoniyatidan foydalanadilar. Shu bilan birga, o'qituvchilar vazifani aniq ifodalaydilar, savollarni aniq ko'taradilar. Bu so'zlarni tushunish va ishlatish o'rtasidagi munosabatni saqlab turishga imkon beradi, bu o'z navbatida bolalarning o'z fikrlarini aniq va to'liq ifoda etish qobiliyatini yaxshilaydi, og'zaki muloqotning samaradorligini oshiradi.
Bolalarning nutqini maksimal darajada oshirish uchun o'qituvchilar bolalarni muayyan mavzu bo'yicha suhbatlarga jalb qilishga qaratilgan va o'yinlar kattalar duch keladigan bir qator masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirishga imkon beradigan o'yinlarni o'tkazadilar. O'yinlarda bolalar ba'zi rollarni o'ynashadi, lekin ularni o'ynashmaydi, balki gapirishadi. O'qituvchilar aniqlik, aniqlik, bog'liqlik, ifodalilik kabi nutq fazilatlarini amalga oshirishga erishadilar.

  1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirishning vazifalari, metodlari va vositalari.

Maktabgacha davrdagi bolalik lingvistlarni shunisi bilan jalb qiladiki, bunda o’rganilayotgan predmet (bola nutqi) lingvistik jihatdan ko’p qirrali va qiziqarlidir. Lingvist olimlar fikriga ko’ra, bola nutqiga oid har bir fakt kamida ikki yo’nalish bo’yicha ko’rib chiqilishi mumkin va shart: 1) «Kattalar tili» tomon borishdagi vaqtincha nutq sifatida (agarda so’z innovatsiya haqida borayotgan bo’lsa); 2) Bolaning avtonom til tizimi elementi sifatida, uning ichida bola muayyan funksional vazifaga ega bo’ladi.

  1. Maktabgacha o`rta yoshdagi bolalar nutqini o`stirishning vazifalari, metodlari va vositalari.

Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o’zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.

  1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o`stirishning vazifalari, metodlari va vositalari

Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi

  1. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologo- lingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo’ladi, bola nutqining ob'yektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo’nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko’nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).

  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.

Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borish vazifasi.

So’zli usullar sof ko’rinishda Maktabgacha talimda juda kam qo’llaniladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning y2osh xususiyatlari ko’proq ko’rgazmalilikka tayanishni talab qiladi. Shuning uchun deyarli barcha so’zli usullarda ko’rgazmali usullardan (narsa, o’yinchoqni qisqa vaqtga ko’rsatish, illyustratsiyalarni ko’zdan

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik jihatdan to`g`ri nutqni shakllantirish .

Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi. O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qisqa she`rlar va hikoyalar ayttirishga va ularni qayta so`zlab berishga o`rgatish yo`llari.

Tarbiyachi ertakni o’qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval bolalarga quyon, qo‘ng‘iroq, eshak va uning bolasi xo‘tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki, bola tulki) rasmlarini ko‘rsatadi va bolalardan ularning nomini so'raydi. Tarbiyachi bolalardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak, uning bolasi x o ‘tik, quyon qanday hayvon ekanligini so’rab oladi. So‘ngra tarbiyachi bolalarga mana shu hayvonlar, „Uch tulki“ ertagida uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o ‘qib beradi). Shundan so‘ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi: „Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining bolasi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kim eslab qoldi? Tarbiyachi bolalarga savollarga hammalari to ‘g'ri va aniq javob bcrganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar, — deydi. Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 bolani ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir bolaning qayta hikoya qilib bcrishlari baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo uning hikoyasi to‘liq bo’lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi“. 

  1. Bolalar nutqida tovush madaniyatini tarbiyalash vositalari.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to’g’ri talaffuz qilish, so’zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, to’g’ri nutqiy nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg’ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning shakllanishida dialogik nutqning ahamiyati.

Dialog – suhbat – bolaning kattalar va о`z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog`chasida о`qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg`ulotlarda.Dialog kо`proq erkin nutqiy muloqotda paydo bо`ladi va u bolalar lug`atini boyitishning talaffuzga oid grammatik kо`nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq kо`nikmalariga ega bо`lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg`ulotlarda о`qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg`ulot); Bolalar bog`chasida bо`lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og`zaki nutqni) о`rgatish odatda suhbat shaklida, ya‘ni kattalar bilan bola о`rtasida hamda bolalarning о`zlari о`rtasida fikr almashish shaklida rо`y beradi.

  1. Monologik nutqini shakllantirishning nazari asoslari.

Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘at zahirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirish.

Murakkab oborotlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogning fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo’ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo, so’zlardan to’g’ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug’at zahirasi boy, u doimo yangi so’zlar bilan boyib boradi; muomaladan chiqqan so’zlar yo’qolib ketadi.
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo’llashi: tushunish mumkin va o’zlashtirish oson bo’lgan so’zlarni tanlashi va ulardan o’z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog’ida adabiy tilga oid so’zlarni qo’llash, qo’pol so’zlarga yo’l qo’ymaslik, oddiy so’zlashuv tili va shevalardan, shuningdek muomaladan chiqqan so’zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va turli- tuman bo’lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo’lsa, bolalar shunchalik ko’p so’zlarni o’zlashtirib olishlari mumkin.

  1. Bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllantirish

Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi. O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qayta va ijodiy hikoya qilishga o`rgatish.

Katta guruh bolalari o‘rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi. Bunday muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo’lib, u tarbiyachidan katta mahoratn i, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Yana bu ishning murakkabligi s hundan iboratki, bolalar hamma hikoyalarni eslarida saqlashlari lozim bo'ladi, shuning uchun bolalarning hikoyasini yozib borgani ma'qul, so‘ngra ularning ba’zilarini muhokamadan avval o ‘qib berishi kerak. Muhokamani tashkil etish bolalarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon tomonlarni seza olishga, o'rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bolishni tarbiyalashga yordam beradi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolada bog‘lanishli nutqini shakllantirish.

Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.

  1. Maktabgacha ta’limda bolalar adabiyoti haqida ma’lumot bering. (xalq og’zaki ijodi, bolalar adabiyoti vakilari).

Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘atit turk“ asarini eslash o‘rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

  1. Ravon nutq nima? Maktabgacha yosh davrida ravon nutqni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari.

Ravon nutq – bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o`zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to`g`ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o`zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo`lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog`liq bo`ladi. RMaktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shaklllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta sekin ro`y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yeti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo`lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo`lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.

  1. Grammatika haqida umumiy tushuncha bering (t.i.: tuzilish, shakl, so’z turkumi, qo’shimcha va boshqalar).

Grammatika (grеkcha: gramma - harf, o`qish va yozish san'ati) tilshunoslik fanining eng muhim bo`g`ini bo`lib, u alohida olingan har bir tilda mavjud bo`lgan o`ziga xos grammatik qurilishni tеkshiradigan sohadir. Tilning grammatik qurilishi ancha barqaror qonun-qoidalar va shakllar tizimidan iborat ekanligi bilan tilning boshqa sathlaridan, jumladan uning lеksikasidan, fonеtikfonologik qurilishidan farq qiladi. Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida bahs yuritilsa, sintaksisda so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi. Shu tufayli ham u so`z turkumlarini ularning muayyan ma'nolari va grammatik mеzonlari, grammatik tuzilishi jihatidan tеkshiradi, so`z birikmalari hamda gaplarning bir-biriga bog`lanishini mazmun munosabatiga ko`ra (grammatik tuzilishini asos qilib olib) tеkshiradi.

  1. Bolalar nutqini rivojlantirishning lingvistik asoslari (til, lug’at, grammatik, tovush va booshqalar).

Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologo-lingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo‘ladi, bola nutqining ob'yektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo‘nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativfaoliyatda tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).



  1. Bolalarni savod o’rgatishga tayyorlash ishining mohiyatini izohlang.

Savodga o‘rgatishning asosiy vazifalari «Kichik guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. “Qanday”organayzer texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi Guruhlarda ishlashga yordam beradi.Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qaydarajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.

  1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalarning vazifalari.

Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, 
ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga 
ulkan ta'sir ko’rsatadi. 
She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-
tuyg’ular va o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu 
namunalar o’z tas'ir kuchiga ko’ra turlicha bo’ladi: hikoyalarda bolalar so’zlarning 
lo’ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o’zbekcha nutqning musiqiyligini, 
ohangdorligini ilg’aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini 
namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, 
ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi. 
Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng 
ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda 
insonparvarlik his-tuyg’ulari – birovning dardiga shyerik bo’lish, yaxshilik qilish, 
adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko’rsatish qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Bu 
printsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. 
«His-tuyg’ular bilimdan oldin keladi; kimki haqiqatni his qilmagan bo’lsa, u uni 
tushunmagan va tanimagandir»_. 

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.

Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni о’stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.
Bolalar nutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq
deb topdik:
1 Tevarak – atrof va ona Vatan.
«О’zbekiston - mening Vatanim».
Samarqand, Buxoro, Toshkent, kо’hna Urganch, Xiva, Qо’qon – qadimiy shaharlar.
1-sentabr – О’zbekistonning mustaqillik kuni.
I.A.Karimov – О’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
Toshkent metropoliteni.
Mustaqillik maydoni.
Toshkent teartlari.
Mening shaxrim, mahallam.
Bir bolaga yetti qо’shni ota-ona.
Oilamiz shajarasi.
Bizning oila.
Ona tilim –jonu dilim.
Til bilgan – el biladi.
Jonajon о’lka tabiati.
Hamdо’stlik mamlakatlari.
2 Buyuk siymolar:
Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur – bizning bobolarimiz.
Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar.
«Alpomish» dostoni – milliy g’ururimiz.
Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar – buyuk adib.
О’lkamizda dong taratgan sportchilar, adiblar, san’atkorlar.
3 Bayramlar va marosimlar, sayllar, urf-odatlar.
Yangi yil bayrami.
Onalar bayrami
Navrо’z bayrami.
Xotira va qadrlash kuni.
Mustaqillik bayrami.
Vatan himoyachilari kuni.
Mening akam askar.
8 dekabr’ – Konstitusiya kuni.
Sayllar: qovun sayli, hosil bayrami, gul sayli v.b.
4 О’zbek halq ijodi:
О’zbek halqining hunarmandchilik san’ati.
Halq me’morchilik san’ati.



Download 77.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling