Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda noan‘anaviy faoliyatlar jarayonida -kognitiv faollik oshadi. Nostandart faoliyat turlarini tashkil etish jarayonida quyidagi usullar bilan faoliyatni tashkil etish mumkin: Prof. N. N
Download 22.54 Kb.
|
Maktabgacha ta
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda noan‘anaviy faoliyatlar jarayonida -kognitiv faollik oshadi.Nostandart faoliyat turlarini tashkil etish jarayonida quyidagi usullar bilan faoliyatni tashkil etish mumkin:(Prof. N. N. Poddyakov, A. N. Klyueva)Boshlang'ich tahlil usuli(sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish).Qiyoslash usuliModellashtirish va loyihalash usuli.Savollar usuli.Takrorlash usuli.Mantiqiy masalalarni yechish usuli.Eksperimental-tajriba usuli“Noan‘anaviy faoliyatlar davomida maktabgacha yoshdagi bolalarninghissiy faolligini oshirish orqali olamshumul kashfiyotlar qila oladigan ixtirochilarni, qobiliyatliaktyorlarni, o‘zimi tanigan va hissiyotlarini jilovlay oladigan, turli vaziyatlarda o‘zini boshqara olish qobiliyatiga egakomi bolani tarbiyalay olamiz. Bu usullar quyidagilar: Journal of AdvancedResearch and StabilityISSN: 2181-2608www.sciencebox.uz/668“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”Special Issue | 2022xayoliy vaziyatlar usuliertaklar, hikoyalar, she'rlar, topishmoqlar usuliO'yinlarni dramatizatsiyalash usuliHazil usuli (tarbiyaviy prikollar)Ijodkorlikni o'qitish va rivojlantirish usullari (prof. N.N. Poddyakov)bolalar faoliyatini rag'batlantirish usuliso'rovnoma usuli Prognozlash usuli (ob'ektlar va hodisalarni harakatdagi hisobga olish qobiliyati -o'tmish, hozirgi va kelajak).O'yin usuliTajriba usuliMuammoli vaziyatlar va vazifalar usulitaxminlar (gipotezalar) usuliQuyida keltirilgan tasnif har qanday dastur uchun har qanday faoliyat turi bo'yicha o'tkaziladigan darslarning turlarini, ularning berilgan topshiriqlarga va tanlangan tuzilmalarga muvofiqligini aniqlashga yordam beradi‖.(prof. S.A.Smirnov2)Noan’anaviy faoliyat turlari.Raqobat darslari (faoliyat noan‘anaviy usulda maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalar o'rtasidagi raqobat asosida, ularnning temperamentiga mos ravishda tashkil etiladi): kim tezroq nomlaydi, topadi, aniqlaydi, e'tiborga oladi va hokazo3.KVN faoliyatlari (bolalarni ikkita kichik guruhga bo'linadi.matematik yoki adabiy viktorina sifatida o'tkaziladi. Yoki bir necha faoliyatlarning integratsiyalashgan viktorinasini tashkil etish ham mumkin).Teatr faoliyati (bu faoliyat davomida ttarbiyachilar ma‘lum mavzudagi tarbiyaviy, ta‘limiy muayyan tushunchalarni maktabgacha yoshdagi bolalargamikro sahnalar namoyish etadilar. Faoliyat davomida bolalar passiv tinglovchi rolida bo‘lishlari zarur).Syujetli-rolli o'yinlar faoliyati (bu noan‘anaviy faoliyat davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar baravariga ishtirok etib, ilmiylik tamoyiliga tayanib ilmiy syujetli rolli o‘yinlarni tashkil etadilar. Bunda bolalar Enshteyn, Nyuton va hokazolar personajini ko‘rsatib berib ixtirolr eksperimentlar tashkil etadilar. Bu faoliyat davomida bir necha faoliyat intebratsiyalashuvi hosil bo‘ladi).Konsultativ faoliyat (bu faoliyat gorizontal usulda tashkil etiladi. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari bir nechta kichik guruhlarga bo‘linishadi. Ular oldiga muayyan muamo qo‘yiladi va tarbiyalanuvchilar biri birlariga bu muammoni yechish uchun maslahatlar beradilar).O'zaro ta'lim faoliyatlari (maktabgacha tayyorlov guruh bolalari o‘zlari bilan parallel ravishda ta‘lim-tarbiya olayotgan boshqaguruhtarbiyalanuvchilari guruhiga mehmonga borib, Journal of AdvancedResearch and StabilityISSN: 2181-2608www.sciencebox.uz/669“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”Special Issue | 2022ularning faoliyatlarida sherik sifatida ishtirok etishadi. Bu noan‘anaviy integratsiyalashgan yangi faoliyat turidir. )Class-auksionlar (maktabgacha tayyorlovguruh tarbiyalanuvchilari bilan "Menejer" stol o'yinida tashkil etiladi).Eksperimental faoliyat (haqiqatni izlash). (Ushbu noan‘anaviy faoliyat turi davomida bolalarning tadqiqot faoliyati: eriydi -erimaydi, chivinlar -uchmaydi, suzadi -cho'kadi va hklar tadqiq qilinadi. Eksperimental faoliyat turida tarbiyalanuvhilar mustaqil tadqiqotchilar rolida faoliyat yuritishadi)4.Formula faoliyati. (bunda maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarga ma‘lum ko‘rinishdagi formula beriladi. Bola esa uni nimalarda tarkib topganini noan‘anaviy tadqiqotlar orqali tadqiq qilishi kerak)5.Sayohat (Ekskursiya).Ikkilik tadqiqotlar (muallif J. Rodari). (Ikkita ob'ektdan foydalanishga asoslangan holda ijodiy hikoyalar to'plami, voqeaning syujeti va mazmuni o'zgargan holatdan.)hayoliy tadbirlar.Konsert mashg'ulotlari (kognitiv ma'lumotlarni olib boruvchi alohida kontsert raqamlari).Debat faoliyati (maktabgaha tayyorlov yoshidagi bolalar bilan suhbat tashkil etiladi. Ammo mavzu dolzarb va qiziqarli bo‘lishi kerak)."Tergovchi mutaxassislar" faoliyati (Bu faoliyatda bolalaga tayyor sxema beriladi. Sxema orqali tarbiyalanuvchilarmustaqil ravishda voqealar rivojini gavdalanirishlari va shu orqali tergov ishlarini tashkil etishlari keak bo‘ladi)."Mo''jizalar maydoni" kabi faoliyatlar (bir nechta faoliyatning integratsiyalashuvi tashkil etildigan faoliyat turi -"Mo''jizalar maydoni" o'yini guruh oxonasida 'tkaziladi)."Intellektual kazino" faoliyati ("Intellektual kazino" sifatida o'tkaziladi yoki savollarga javoblar bilan viktorina tashkil etish: nima? Qaerda? Qachon?).Noan‘anaviy ta‘lim aniq bir mavzudan uzoqlashmagan holda, innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalangan holda, turli ta‘lim metodlaridan foydalanib mashg‘ulotni tashkil etishdir. An‘anaviy ta‘lim -ta‘lim tizimining negizidir. Uni noan‘anaviy tashkil etish uchun esa talabalarni qiziqtiradigan yangi texnologiyalaridan foydalanish kifoya.Davr shiddat bilan o‘zgarib borayotganligi sababli maktabgacha yoshdagibolalarga ta‘lim va tarbiya berish uchun nostandart, noan‘anaviy yondashuvni talab qiladi. Bizning davrimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash nafaqat tabiiy hodisa, balki zaruriy hodisa hamdir. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida har bir bolaning faol ishtirokini ta'minlaydigan, ularning diqqatini chorlaydigan, bolalarning shaxsiy javobgarligini oshiradigan, mustaqil tarzda ish qobiliyatini shakllantiradigan faoliyatlarni tashkil eta olish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.Buni nostandart, noan‘anaviy ta'lim va tarbiya shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Noan’anaviy ta`lim texnologiyasi haqida tushuncha bering. An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari. An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin. 1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish. 2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash. 3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish: 4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi. 6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash. 7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash. Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir. O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi. An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir. O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi. O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xattiharakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi. O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi. O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi. Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod. O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod. Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari: O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi. O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi. Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi. O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi. Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi. O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi. O`z—o`zini baholashning o`sishi. O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati. Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi. Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi. Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi. Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir. Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi. O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi. «Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi. O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi. SHunday qilib, bugungi kunda dars mashg`ulotlarida ham an`anaviy, ham noan`anaviy o`qitish modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga e`tibor beriladi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini ko`tarilishiga olib kelar ekan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang— barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling