Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning ahamiyati. Talim tarbiya nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta`lim 2-kurs magistranti Kurbonova Xondona Annotatsiya
Download 23.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqхандиёна макола
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI. Talim tarbiya nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta`lim 2-kurs magistranti Kurbonova Xondona Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik - psixologik aspektlari va bolalar mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirishning ahamiyati xususidagi fikrlar keltirilgan. Kalit so’zlar: pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiya psixologik rivojlanish, ob’yektivlik, Erkin fikr. Annotation: this article presents the pedagogical and psychological aspects of the development of abilities for independent thinking of children of preschool age and opinions on the importance of developing the ability of children to think independently. Keywords: pedagogical process, educational and psychological development, objectivity, Free Thought, Mamlakatimizda komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi deb e'lon qilingan. Komil, ma'naviy barkamol shaxs deganda ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Ilm-ma'rifatlilik kuch-quvvat manbai, qalbga nur, o'ziga ziyo bag'ishlaydigan buyuk ne'matdir. Shu sababli ham inson hayotda qunt bilan ilmni o'rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli hayot uchun kurashadi. Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta'lim-tarbiya jarayonida, ayniqsa ta'limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo'lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy «Barkamol avlod–O'zbekiston taraqqiyotining poydevori»,1 degan ezgu niyatlarimizning og'ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo'ladi Shaxs mustaqil fikrga ega bo`lgandagina jamiyatda ijtimoiy faol fuqaroga aylanadi va o`z sohasining mahoratli mutaxassisi sifatida millat ijtimoiy tafakkurining rivojiga o`z ta'sirini ko`rsata oladi. Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’limda tarbiyalanuvchilarning erkin tanlash hissiga ega bo’lishlari muhim. Bu ular nimani xohlasalar, shuni qilishlari mumkin degani emas, aksincha, ta‘lim jarayonida o’quv-bilish faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tashkil etish, o’quv materiallarining ular uchun shaxsiy ahamiyat kasb etishiga erishish, bilimlarni ongli o’rganishga nisbatan xohish-istakni uyg’otish zarur. Bilmlarni ta’lim oluvchilarga tayyor holda yetkazilmay, turli faoliyatga jalb etgan holda ularni o’ylashga, xulosalar chiqarishga, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga yo’llash muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jarayonda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida o’zaro hamkorlik yuzaga keladi. Pedagogik jarayon tarbiyalanuvchida muayyan his-tuyg’ularning uyg’onishiga olib kelishi zarur. Zero, ta’limni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad tarbiyalanuvchiga ilmiy bilimlarni berish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanmay, har bir tarbiyalanuvchining his-tuyg’ularini rivojlantirish, o’z ichki kechinmalarini anglash, xohish-istak va ehtiyojlarini baholay olish, mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bunday jarayon tarbiyalanuvchining shaxs sifatida shakllanishlarida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. uchun Bola Maktabgacha talim muassasasiga ilk qadam qo`ygan bolani dastlabki kunlaridan boshlab mustaqil fikrlashga o`rgatib borish kerak. Barkamol shaxs ma’naviyati va fikrlash tarzi haqida gap ketganda uning asosiy xususiyatlaridan biri – mustaqil tarzda fikr yuritish, xulosalar qila olish sifatida ahamiyat qaratiladi. Mustaqil fikrli odam o’ylab ish yuritadi, uning harakatlari asosli va mantiqiydir. Shu sifatni o’rganish borasida ham hozirda talay ishlar qilinmoqda, xususan, O’zbekistonda ham mustaqillikning ilk davrlaridayoq,O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov yoshlar borasidagi eng dolzarb ish sifatida ularda mustaqil fikrni rivojlantirish masalasini qo’ydilar va tadqiqotchilar ushbu masalaga alohida e’tibor bera boshladilar. Yosh tadqiqotchilardan Z.Nishonova o’zining doktorlik izlanishlarida yoshlarda mustaqil fikrlash malakalarini hosil qilishning obyektiv hamda subyektiv shart-sharoitlarini keng qamrovli tadqiqotning predmetiga aylantirgan.(2000-2001 y.y.) E.Z. Usmanova tafakkurning eng muhim xarakteristikasi – bu tafakkur va nutqning yaqin hamda o’zaro bog’liqligidir, deb ko’rsatib o’tadi. Muallifning fikricha, u yoki bu fikr qanchalik o’ylangan bo’lsa, u so’zlarda, og’zaki va yozma nutqda shunchalik aniq va yaxshi ifodalanadi. Va aksincha, qandaydir bir fikrning so’zlar yordamida shakllanishi qanchalik takomillashtirilgan bo’lsa, shu fikrning o’zi shunchalik aniqlashadi va tushunarli bo’lib boradi. Agar biz o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishni xohlasak – unda o’quvchilar nutqini rivojlantirishimiz, ularni o’z nuqtai nazarini himoya qilishga o’rgatishimiz, ularni asoslab bera olishlikka, boshqacha nuqtai nazarlarni eshita bilishga, unda o’zining “o’rinli hissasini qo’shishga, o’rinli tanqid qila bilishga, tortishuvlarga o’rgatishimiz kerak”. Mustaqillik yillarida kasb-hunar kollejlari va akademik lisey talabalariga mo’ljallangan va birinchi marta chop etilgan “Mustaqil fikrlash”6 o’quv qo’llanmasida mustaqil fikrlash – insonning tevarak atrofda ro’y beradigan voqyea-hodisalarga, avval, ichki nutqda, so’ngra tashqi nutqda munosabat bildirish qobiliyatidir, deb ta’riflanadi. Mustaqil fikrlash ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda individual va jamoada yutuqlarga erishishda yuqori darajani ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodinirivojlantirish, uning ijtimoiy hayotini yanada barqarorlashtirish va demokratiya tamoyillarini hayotda joriy etish uchun eng avvalo bizga mustaqil fikrlovchi va sog’lom e’tiqodli yoshlar kerak. Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda individual yoki jamoaviy yutuqlarga erishishda yuqori darajini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyati inson xulq-atvoridagi umumiy mustaqillik bilan bog’liq bo’lib, mustaqillikni tarbiyalash – keng qamrovli yondoshuvni talab qiladigan ilmiy muammo sifatida mohiyatan ijtimoiy-psixologiyaning predmetlaridandir. Mustaqil fikrlash qobiyati inson xulq-atvoridagi umumiy mustaqillik bilan bog’liq bo’lib, mustaqillikni tarbiyalash – keng qamrovli yondashuvni talab qiladigan ilmiy muammo sifatida mohiyatan ijtimoiy-psixologiyaning predmetlaridandir. Mustaqillik insonning o’z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas’uliyat hislari bilan uzviy bog’liq. Inson o’zi ongli tarzda ishtirok etgan, tushunib bajargan amallari, harakatlari uchun javob berishi mumkin. Real hayotda alohida olingan shaxs faoliyati boshqa kishilar faoliyati bilan doimo bog’liq bo’lgani uchun ham ko’pincha biz bajargan amallar ijtimoiy tus olib qoladi. Chunki shaxsning o’z maqsadlarini amalga oshirishi, o’z mavqyeini aniqlab olishi o’zgalar bilan bo’ladigan muloqotisiz ro’y bermaydi. Boshqa odamlarning mavjudligi va ularning fasilitasiyasi, ya’ni bir shaxsning boshqa shaxs faoliyati samaradorligiga ta’siri obyektiv munosabat sifatida individual faoliyat xarakteriga o’zgacha tus beradi. Ijtimoiy faoliyatda bo’lgani kabi mustaqil fikrlashga aloqador bo’lgan bilish faoliyatida ham operasion-texnik tomon ijtimoiy xulq tomoni bilan qo’shilib ketadi, ya’ni “subyekt-obyekt” munosabati (subyektning obyekt bilan o’zaro harakati) “subyekt-subyekt” munosabatiga aylanadi va bu katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shaxs bilish faoliyatini o’rganishda murakkab munosabatning bu ikki turi aniqlanibgina qolmasdan, balki uni o’rganish usulini e’tiborga olish zarur. Yagona faoliyatning bu ikki tomonini bir-biridan ajratgan holda o’rganish bilish faoliyati taraqqiyoti, o’sishi qonuniyatlari haqida haqqoniy ma’lumotlar bermaydi. Bir tomondan, shaxsning bilish faoliyatini predmetning o’zi bilangina o’rganish xato, boshqa tomondan, muloqot omilini bilish omilidan ajratib o’rganish qiyin. Bilish faoliyatining gnostik (bilish) va muloqot jihatlari o’zaro chambarchas bog’liq, shuning uchun yagona faoliyatning bu ikki jihatidan birgalikda foydalanish zarur. Ana shunday dialektik rivojlanish fikrga ham taalluqli bo’lib, mustaqil fikrlashning sifati, samarasi va darajasi bevosita fikrlovchini o’rab turgan ijtimoiy borliq hamda undagi muomala madaniyatiga bog’liq. Fikrning shakllanishi hayotda idrok etilayotgan voqyea va hodisalarni baholash “ko’r-ko’rona” unga ishonish yoki aql bilan ishonishning nisbatidan kelib chiqadi. Fikrning va e’tiqodning rivojlanishi bilish jarayonida muhim omil hisoblanadi, fikrning paydo bo’lishi o’quvchida chuqurroq bilimga ehtiyojni hosil qiladi, bu esa o’z navbatida shaxsning barcha kuchlarini faollashtiradi, motivlar, iroda va aqliy harakatlarning birligini ta’minlaydi, ya’ni shaxs mustaqil ravishda o’z-o’zini boshqarishga undovchi va bajaruvchi omillari birligini ta’minlaydi. Tafakkur mustaqilligini rivojlantirishda o’quv faoliyatining guruhiy shakllariga katta ahamiyat beriladi, lekin bunda shaxsning individual faoliyati, fikr va harakatlardagi qaytarilmaslikning roli ham pasaytirilmaydi. Ya’ni, odam o’zi yolg’il bo’lgandan ko’ra, odamlar orasida, guruhiy bahslarda o’zidagi mustaqil fikrlay olish qobiliyatini o’stirishi mumkin. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Davlatimiz raharining ta’kidlashlaricha, shu dalilning o‘zi bolalarning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mustaqil fikrlash doirasini Maktabgacha ta’limning ahamiyati haqida quyidagi qimmatli fikrlarini bildirdi muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi” Download 23.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling