Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasi va rivojlanishi


Download 15.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.11.2023
Hajmi15.11 Kb.
#1776697
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasi va rivojlanishi



MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING YOSHGA DOIR
PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI VA ULARNING
BOLA SOG'LOM RIVOJŁANISHIDA
AHAMIYATI.


Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi — pedagogikattg maktabgacha yoshdagi
bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari,
vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
pedagogikasib.p. bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena,
shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-asrning 2-
yarmida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi
va ilmning alohida tarmogʻi sifatida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan
ayollarning fabrika va zavodlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga
kelishi bilan izoxlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan
ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha
yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi
bolalar pedagogikasib.p. fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi.
20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi.



Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning asosiy vazifasi —
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning mazmun, shakl va
metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar
pedagogikasib. p.ning metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi hamda
shaxsning evolyusion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, Oʻzbekiston
Respublikasining 1997-yilgi "Taʼlim toʻgrisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash
milliy lasturi", oʻzbek xalqining maʼnaviy-axloqiy merosi hamda bola
tarbiismga oid tarixiy tajribasi, il-gor mamlakatlardagi pedagogik qarashlar,
ped., psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunoslik, tibbi-yot, odam
fiziologiyasi va gigiyenasi, antropologiya kabi fanlarning ilmiy asoslari,
xulosalari hamda qonuniyatlari tashkil qiladi.



Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.dan tadqiqotlar kuzatish, pedagogik tajriba,
suhbat, hujjatlarni oʻrganish, bolalar faoliyati mahsulini taviil qilish metodlari orqali amalga oshiriladi.
Bu metodlar asosida tadqiqotlar mazkur soha bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchi va tarbiyachilar
tomonidan olib boriladi. Har bir kuzatish jarayoni batafsil yoziladi va ilmiy jihatdan taxlil qilinadi.
Pedagogik tajribada birinchi navbatda bola, uning rivojlanishi uchun yaratiladigan pedagogik shart-
sharoitlar nazarda tutiladi. Pedagogik tajriba ehtiyotkorlik bilan obyektiv ravishla olib borilganlagina
amalga oshiriladigan tadqiqot natijalarining obʼyektivligini taʼminlash imkoniyati tugʻiladi. Suhbat
metodi u yoki bu bolani, yoki bir gurux. bolalarni yaxshiroq oʻrganish imkonini yaratadi, taʼlimtarbiya
jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar bilan suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi oʻziga
xoslikni, atrof muhit hamda kishilarga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Hujjatlar, yaʼni bogʻcha
va aloqida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini urganish ham nazariy xulosalar chiqariisha muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga mazkur hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tashkiliy
ishlar xaqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulosalar uz navbatida tarbiya
usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar faoliyati mahsulini tahlil qilish metodi Maktabgacha
yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning muhim ta-dqiqot metolilir. Bolalar faoliyati taxlili ularni
shakllantirishda juda yamii natijalar beradi.



Oʻzbekistonda
Maktabgacha
yoshdagi
bolalar
pedagogikasib.p.
masalalari
Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent ped. unti va boshqa ilmiy ta-dqiqot
muassasalarida ishlab chiqiladi. Jumlalan, 1996-2000-yillarda Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy
tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan maktabgacha taʼlim jarayenining mazmunini
yangilashga yoʻnaltirilgan bir kator tadqiqotlar, xususan, "Maktabgacha yoshdagi bolalarning
tayyorgarlik darajasiga qoʻyilgan davlat talablari", "Uchinchi ming yillik bolasi" kabi tayanch
das-turlarning yaratilishi diqqatga sazovor.
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.da amalga oshirilgan tadqiqotlarning
eng muhimi sensor tarbiya tizimi nazariy asoslarining yaratilganligidir. Chunki sensor
tarbiyaning asosiy maqsadi bolalar faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish jarayonila
uning sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishdan iborat.

Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling