«Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik-psixologik aspektlari» Reja: Kirish


Download 81.52 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi81.52 Kb.
#1498692
1   2   3   4   5
Bog'liq
Narinbayeva Dildoraxon Ruziboyevna

Kurs ishining maqsadi: Inson va jamiyat hayotida ma’naviyatning tutgan o’rni va ahamyati aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: Ta’lim muassasalarida ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy tarbiyani tashqil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim muassasalarida ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy tarbiyani tashqil qilishning mazmuni, mohiyati va usullari.
Kurs ishining metodi.
Mazkur mavzuga oid falsafiy, sotsiologik, tarixiy, pedagogik va psixologik metodik adabiyotlarni o‘rganish;
Suhbat, kuzatish, anketa-so‘rovnomalar, trening, debat, muammo yo’zasidan to‘plangan pedagogik tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish

1.Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-psixologiyada o‘rganilishi

Mustaqillik mevasi bo‘lgan , biz qurayotgan xukukiy , demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustaxkam bulishi kerak . Bu esa avvalo , avlodni chukur bilimli, teran fikrli uz o‘tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor , vatanparvar , xalkparvar , fidoiy kilib tarbiyalashni takozo etadi . Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir . Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofikdir . Demak , yosh avlod qachonki o‘z tarixini , madaniyatini , milliy qadriyatini , tilini , dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustakillikning tub moxiyatini yanayam chukurrok anglaydi .


Milliy istiklol mafkurasi xam ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas , albatta . Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning « Xar bir fukaro ajdodlarimizning bebaxo merosi , milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bulishga erishish , yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash , ularni yaratuvchanlik ishlarida da’vat kilish , shu mukaddas zamin uchun fidoiylikni xayot mezoniga aylantirish - milliy istiklol mafkuramizning bosh maqsadidir»- deganlari ayni muddaodir .
Prezidentimiz I.A. Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar qilib Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari lozimligi aniq belgilab berilgan.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashadan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istikboli xamda mafkuraviy ong , yashash tarzi hakida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz , uni uch toifaga bo‘lish lozim :
Shunday qilib, qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o‘rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo‘lga kiritgan katta yutuqlarimizdandir.
Xush, qadriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: «Qadriyat fal­safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag‘ishlovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi»
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reaqion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi
Ong qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshi­lik va yomonlik adolat, go‘zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat meyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko‘rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi.
Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko‘ra progressiv va reaqion tiplarga ajratish mumkin» Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi.
Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: «Qadriyatlar muay­yan jamiyat yoki guruhga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shahsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq.
Yosh avlodni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir.


Download 81.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling