Maktabgacha ta'limda muammoli ta'limni tashkil etish bosqichlari


Download 162.12 Kb.
bet1/14
Sana31.01.2024
Hajmi162.12 Kb.
#1818568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIMDA MUAMMOLI TA\'LIMNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI



MAKTABGACHA TA'LIMDA MUAMMOLI TA'LIMNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI
MUNDARIJA:
Kirish ……………………....……………………………………..…….1-3
I BOB .BOLALAR BOG‘CHASIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNING MAQSADI VA VAZIFALARI…….…….4- 5
1.1. Mashg‘ulot turlari va tuzilishi……….……………………..….…...6- 7
1.2. Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi………………………………………………..…………8- 12
II BOB. MAKTABGACHA TAʼLIMDA TOG'ARAKLARNI TASHKIL ETISH..............................................................................13 -18
2.1. Kunlik tog'araklarni bogʻchada o'tilish tartibi...............................19- 23
2.2. Tarbiyachilarning bolalarga o'tadigan mashgʻulotining dolzarbligi...27
Xulosa va tavsiyalar..................................................................................28
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati........................................................30


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Yurtboshimiz nutqida ta`kidlaganidek,keng ko`lamli demokratik o`zgarishlar, jumladan, ta`lim islohotlari orqali O`zbekistonda yangi Uyg`onish davri, ya`ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o`zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik va uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak deb ta]kidlab o`tgan edilar. Keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O`zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o`nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani hammamizga yaxshi ma`lum.
Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida biz O`zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma`rifat va innovatsiya bilan erisha olishimizni aytib o`tdilar.
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo`lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog`chadan boshlab oliy o`quv yurtigacha – ta`limning barcha bo`g`inlarini isloh qilish boshlandi.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a`zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma`rifat, yuksak ma`naviyat kerak. Ilm yo`q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to`g`ri yo`ldan adashish bo`ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o`zlashtirish, chinakam ma`rifat va yuksak madaniyat egasi bo`lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo`lidan borish imkoniyatini beradi.
Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda. Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2017–2021 yillarda o’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini qabul qilindi. Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni taminlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlari sifatida belgilab olindi.
2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so`zsiz amalga oshirish, ta`lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Download 162.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling