Onasi: Ha, ona qizim , shirin qizim, asalim qizim, biyron qizim senga nima bo’ldi.
Nega yig’layapsan ?
Qimmat : Anu Zumradingizni maktabga yozib ketishibdiku... Voy ... Dod... man bormasakanmanda...
Onasi : Borasan qizim , borasan. Hozir men tarbiyachi openg bilan gaplashaman Hoy ustoz nimaga meni qizimni maktabga olmayapsizlar. Qimmat qizimni Zumraddan nimasi kam.
Boshlovchi: Keling xola assalomu alaykum bayramimizga xush kelibsiz. Qimmatning Zumraddan farqi shuki xolajon u odobsiz, salomlashmaydi, bog’cha mashg’ulotlariga ham qatnashmaydi. Bog’chaga progul qilib keladi. Natijada kallasi bum-bum bo’ldi. O’zingiz esa nazorat qilmadingiz.
--- 5 --
Onasi : Voy nimaga bum-bum bo’ladi. Nimaga nazorat qilmayman So’rang xozir mening oldimda biror narsani so’rang hammasini aytib beradi. Voy ona qizimdaney...
Boshlovchi : Xa, mayli. Eshit Zumrad ! Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar.Bu nima?
Onasi : Ayt qizim ayta qol.
Qimmat : H.., shuniyam bilmeysizlarmi, Ajinaku ! Ajina !
Onasi : Yasha ona qizim , yasha!
Boshlovchi : Ketaberadi, ketaberadi orqasiga qaramay ketaberadi.
Qimmat : Iye, bu axir o’zimni onajonumku ! Hyechcham orqasiga qaramaydi.
Onasi : Voy onaginang o’rgulsin jon qizim -a , yasha . barakalla .
Boshlovchi : Ey, bo’ldi maktabga olmaymiz bo’lmaydi.
Onasi : To’xta qizim , to’xta yana 1-2 ta savol bergin-chi .
Boshlovchi : Mayli, eshit Zumrad onangni haq- hurmati.. Qat-qatgina qatlama esing
Bo’lsa tashlama.
Qimmat : O’zini oti o’zi bilan-ku bu qatlama......Qatlamani judayam yaxshi ko’raman.
Mani katlamani yaxshi ko’rishimni qayerdan bildingiz .Ustoz !
Onasi : O’rgilib ketay mening topag’on qizimdan . Xa o’zimni girgittonim.
Boshlovchi : Oxirgi savolim . Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi. Bu nima !
Do'stlaringiz bilan baham: |