Bolalar: Bu fasllar.
Tarbiyachi: Kim menga fasllarni sanab beradi.
Marxamat: Bahor, yoz, kuz, qish.
Tarbiyachi: Barakalla kim menga fasllarni rus tilida aytib beradi.
Marxamat: Vesna, leto, osen, zima.
Tarbiyachi: Kim menga ingliz tilida aytib beradi.
Marxamat: Spring. Summer. Autumn. Winter.
Tarbiyachi: Juda yaxshi bolalar. Hozir o‘lkamizda qaysi fasl?
Bolalar: Bahor
Tarbiyachi: Bolalar bugun sizlar bilan bahor fasli haqida suxbatlashamiz. Bugungi ob-havoni belgilab olamiz.
Bir bola: ob-xavo taqvimi strelkasini to‘g‘irlab qo‘yadi.
T
arbiyachi: Hozir biz sizlar bilan ikki guruxga bo‘linib olamiz, guruxlarlarimizni nomlab olsak.
1-guruh Boychechak
2-guruh Lola
Sizlarga savollar berib boraman. To‘g‘ri javoblaringni lola guruhini gullar bilan boychechak guruhini tomchilar yordamida baholab boramiz.
Sizlar esa javoblaringni doskadagi cho‘ntakchalarga solib borasizlar.
KLASSER
Tarbiyachi: Bolalar menga bahor fasli haqida she’r
aytib bering.
Marxamat Muxammadmuso “Bahor keldi”
Bahor keldi gul bahor
Erib bitdi oppoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon.
Tarbiyachi: Mana bolajonlar bahor kelishi bilan tabiat borliq ona zamin uyg‘onadi, tabiatda o‘zgarishlar bo‘ladi.
Lola guruhi: Qushlar uchib keladi
Boychechak guruhi: Daraxlar gullaydi.
Lola guruhi: Qorlar erib ariqlarda suvlar oqadi.
Boychechak guruhi: Maysalar chiqadi.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar biz bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz.
Boychechak guruhi: Navro‘z bayrami
Do'stlaringiz bilan baham: |