Maktabgacha ta’limni o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanining maqsad va vazifalari
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..4
Asosy qism
I Bob Maktabgacha ta’limni o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanining maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta’limni o'qitislii texnologiyalari va loyihalashtirish fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi…………………………………………………….14
1.2 Maktabgacha ta’limni o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirishning pedagogik asoslari………………………………………………………………..20
II Bob Muammoli taʼlimni tashkil etish va uning oʻziga xosliklari.
2.1 MTTdagi bolalarning ota-onalari bilan hamkorlik ishlari…………………27
2.2 Zamonaviy texnologiyalar va loyihalarni qo'llagan holda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish…………………………………………………31
Xulosa…………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Davlat MTMlarida faoliyat yuritayot pedagog kadrlarning aksariyati o'rta maxsus ma’lumotga ega bo'lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari MT sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, MTMlaridagi ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
Xorijiy davlatlar ilg'or tajribasining tahlili zamonaviy MTMlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy- axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g„ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog„ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |