Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1.
O‘smirlardagi shaxslararo nizolarni o‘rganish - ijtimoiy-psixologik holat sifatida
kelgusida psixologik amaliyot shakllari va metodlari yordamida potensial-destruktiv o‘rniga
konstruktiv yangilanishlarni olib keladi hamda ular shaxslilik rivojlanishining ijobiy kechishini
ta’minlaydi.
2.
O‘smir shaxsi rivojlanishining psixologik tahlilida maktab psixologining
psixokorreksion faoliyati shaxslararo nizolarni konstruktiv hal etish va bartaraf qilish,
ogohlantirish sub’ekti sifatidagi o‘smir shaxsini faollashtirib, uning shaxslilik rivojlanishiga
yordam berish barobarinda o‘smirning o‘z shaxsiy pozitsiyasi, qiziqishlari, maqsadlarini
anglash imkoniyatini beradi hamda ular ijtimoiy xulq-atvor diapozonini kengaytirish
imkoniyatini beradi.
3.
Maktab psixologining ishi shaxslararo nizolarni bartaraf qilish va o‘smirlik
davrida uning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilib, bu psixokorreksion faoliyat sifatida
tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |