Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari mt 304 – guruh Zundinova Mo`tabar


Download 4.58 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.58 Kb.
#1573817
Bog'liq
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari

MT 304 – guruh Zundinova Mo`tabar


Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi. 
Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog’liqdir. Bunda birinchi manbamusiqaning o’zi bo’lishi tabiiy, chunki «faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va kunikmasini orttirib borishga qaratilgan bo`ladi. Bolalarnig yoshi qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan davr ham shunchalik katta bo`ladi. 
Bilim olishning ikkinchi manbai pedagog so`zidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz haqida yaxlit tassavurga ega bo’lishni, musiqa asarining mazmunini aniq tushunib olishini ta’minlaydi. 
Uchinchi manba bolalarning bevosita musiqa bilan shugullanishidir, chunki musiqa bilan shugullanmasdan, uni mashq qilmasdan, qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlar qilish 
ko’nikmalarini yuzaga keltirish, shu soxa bilan bogliq bilimlarni o’zlashtirish ham mumkin 
emas. Binobarin,faqat praktik faoliyatgina har tomonlama rivojlanishga yerdam beradi, ijtimoiy 
hodisalarga to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi, tashab buskor, ongli va aktiv bo’lishga imkon yaratadi.
Shunday qilib, biz musiqaviy tarbiya me- todlarini tanlashda - jonli kuzatuvdan abstrakt fikrlashga va undan praktikaga qarab borish-ga tayanamiz. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o’zaro uzviy bog`langan uchta metodi bor: 
Ko`rgazmali
So`zlab berish
Amaliy faoliyat
Download 4.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling