Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Download 1.1 Mb.
|
oo XALILOVA GULSANAM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- I BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUV TOPSHIRIQLAR 1.1.Topshiriqlar haqida olimlarning fikrlari.
Kurs ishining maqsadi: Matematika darslarida o’quv topshiriqlar ustida ishlash metodikasida 4-sinf matematika darsligini tahlil qilib, unda berilgan materiallar ustida ishlash orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil qilish zarur bo’lgan bilim ko’nikma va malakalarni shakllantirish usullarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinfda berib boriladigan matematik bilimlar va 4-sinf matematika darsligidagi materiallarning uzviylik tizimi. Kurs ishining obyekti: Matematika darslarida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan mavzular uzviyligi va berilgan materiallar ustida ijodiy ishlash jarayoni. I BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUV TOPSHIRIQLAR 1.1.Topshiriqlar haqida olimlarning fikrlari. Insonning ongli faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o’zlashtirib, takomillashtirishi keng ma’noda topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o’quv topshiriqlari bilan uzviy bog’langan hodisa. Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari – moddiy ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o’quv predmetlarini o’zlashtirish bilan aloqador bo’lganidek, o’quvchi faoliyatining har bir yo’nalishi – qayta esga tushirish va ijod qilish ham, bilimlarni o’rganish va turli o’quv holatlariga tatbiq qilish ham, bilimlarni umumlashtirish va o’ziga o’zi baho berishi ham o’quv topshiriqlari bilan chambarchas bog’langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida qaraladi. Topshiriqlar nazariyasida «topshiriq», «o’quv topshirig’i», «biluv topshirig’i», «ijodiy topshiriq», «amaliy topshiriq», «intellektual topshiriq», «muammo» kabi qator atamalar bilan yonma-yon «mashq», «mustaqil ish» kabi atamalar ham qo’llaniladi. «O’quv topshirig’i» mohiyatini aniqlash, unga didaktik, metodik ta’rif berish uchun oldin psihologiya, didaktika, metodikada o’quv topshirig’i tushunchasiga berilgan ta’riflar tavsifini beramiz, so’ngra yuqorida keltirilgan tushunchalarning barchasini sharhlaymiz. S.L.Rubinshteyn tadqiqotlarida o’quv topshiriqlari masalasi markaziy muammolardan biri edi. Uning asarlarida o’quv topshiriqlari to’g’risidagi fikrlar o’quvchi amal qiladigan sharoit bilan aloqadorlikda tahlil qilingan. S.L.Rubinshteyn topshiriq tushunchasini tahlil qilar ekan, motiv, munosabat, maqsad, sharoit kategoriyalarini tahlil qiladi: motiv – o’quvchi bilan o’quv topshirig’i o’rtasidagi munosabatni yuzaga chiqarib, o’quvchilarni maqsadga yetaklaydi, hatti-harakatlarni ishga tushiradi. U o’z fikrini davom ettirib, bunday deb yozgan edi: «Insonning ongli faoliyati topshiriqlarni bajarishdir. Topshiriqda berilgan munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko’ra topshiriq qabul qilinadi, yechiladi». Munosabat, maqsad, amal qilinadigan shart-sharoit topshiriqning ichki mazmunini tashkil etadi. «Shunday bo’lgach, – deb davom ettiradi S.L.Rubinshteyn, – o’quv faoliyatining har bir zvenosi topshiriq asosida yo’naltirilishi, u yoki bu motiv hususiyatidan kelib chiqib tashkil etilishi lozim». A.N.Leontev topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: «Topshiriq – bu ma’lum shart asosida berilgan maqsaddir». U topshiriqlarning hususiyatlarini bayon etishda «ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kabi tushunchalardan foydalangan. Ehtiyoj, A.N.Leontevning uqtirishicha, faoliyatni ishga tushiradi, motiv esa kishini faoliyatga undaydi. Insoniy faoliyatda hatti-harakat, faoliyat usullari ajratiladi. Bulardan birinchisi – hatti-harakat erishiladigan maqsadga, ikkinchisi – faoliyat usullari esa maqsadni amalga oshirish shart-sharoitiga yo’nalgan. Shunday qilib, A.N.Leontev o’quv topshiriqlari nazariyasini rivojlantira turib, fanda yangi yo’nalishni – inson faoliyatida hatti-harakatlarni ajratish lozimligi to’g’risidagi g’oyani asosladi. A.N.Leontevning o’quv topshiriqlari to’g’risidagi qarashlari Ya.A.Ponomarev, N.F.Talizina; tadqiqotlarida yanada rivojlantirildi. Ya.A.Ponomarev «topshiriq» tushunchasini sharhlashda «topshiriqli holat» kategoriyasiga asoslangan. U sub’ektni – topshiriqni bajaruvchi, intellektni «topshiriqli holat» kontekstida tahlil qilgan. Topshiriqli holatda sub’ekt (topshiriqni bajaruvchi) va ob’ekt (bajarish uchun berilgan topshiriq) o’zaro ta’sir doirasida amal qilib, paydo bo’lgan ehtiyojni qondirishadi. Bu hodisa topshiriqli holat mavjudligidan amal qiladi. Topshiriqli holat sub’ektning barcha hattiharakatlarini belgilaydi, sub’ekt berilgan holatni yangilab, o’zgartirib o’z ehtiyojlarini qondirishga intiladi. «Demak, – deb hulosa qiladi Ya.A.Ponomarev, sub’ekt va ob’ektning mavjudligidan topshiriqli holat paydo bo’ladi. Shu bilan birga shu holatning murakkabligidan sub’ekt o’z bilimlarini to’ldiradi, takomillashtiradi, rivojlantiradi». Shunday qilib, Ya.A.Ponomarev tadqiqotlarida topshiriqlar nazariyasi qator kategoriyalar, jumladan, sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’siridan o’quv holatining yuzaga kelishi, o’quv holatida sub’ektning faol qatnashishi, faol hatti-harakatning bilimlarni egallash va takomillashtirishga yo’nalganligi yanada atroflicha sharhlangan. N.F.Talizina ham inson faoliyatini «motiv vositasida o’zaro bog’langan hattiharakatlar tizimi va faoliyat usullari» shaklida o’rgangan. «Boshlang’ich sinf o’qituvchisi, – deb yozgan edi N.F.Talizina, – bolalarni o’qishni o’qishga (o’rganishga demoqchi – F.Q.) o’rgatishi, ulardagi bilimga ehtiyojni asrab avaylashi va rivojlantirishi, ularni bilish vositalari bilan ta’minlashi lozim». Ana shunday vositalar sirasiga, N.F.Talizinaning uqtirishicha, o’quv topshirig’i kiradi. Topshiriq vositasida o’quvchilarga o’quv predmetlariga oid asosiy bog’lanishlarni ajrata olishni o’rgatish, «umumlashgan malakalarni shakllantirish mumkin». L.M.Fridman o’quv topshiriqlari muammosini o’quv holatlarini nutq vositasida shakllantirish hususiyatlaridan kelib chiqib tavsiflagan. Muammoli holat o’quvchi ongida bilishga oid to’siqni yuzaga keltiradi. To’siqni bartaraf etish yo’li bilan o’quvchi topshiriqni bajaradi. To’siq va uni bartaraf etish ishtiyoqi o’quvbiluv faoliyatining amal qilishini ta’minlaydi. Shu mulohazalarga asoslanib, L.M.Fridman topshiriqqa quyidagicha ta’rif beradi: «Muammoli holatning yozuv shaklidagi modelini topshiriq deb tushunamiz». Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining qator hususiyatlari aks etgan: topshiriqlarni nutq (yozma nutq) vositasida shakllantira olamiz; uni bajarishni o’zgalarga (masalan, o’quvchiga) topshira bilamiz; topshiriqni tuzish, qayta qurish, o’zgartirish mumkin. O.Roziqovning ilmiy-pedagogik tadqiqotlarida o’quv topshirig’i o’quv materiali bilan yonma-yon tahlil qilingan. Uning yozishicha, «...o’quv topshirig’i – bu o’qitish va o’qish ehtiyojiga ko’ra o’quv materialining o’zgartirilgan shakli». Bu ta’rifda o’quv topshiriqlarining qator xususiyatlari qayd etilgan. Ularni ta’lim ehtiyojiga ko’ra 1) qurish mumkinligi; 2) qurish va qayta qurish imkoniyatining borligi; 3) u o’quv materialining shakli ekanligi; 4) ta’lim jarayoni aktlari, bosqichlariga mosligi; 5) bir topshiriq o’rnida boshqasini qo’llash imkoniyatining borligi; 6) ochiq tizim ekanligi; 7) bir-birini to’ldirishi; 8) bilim va faoliyat usullarini o’rganish hamda takomillashtirish talablariga mosligi; 9) ta’lim sharoitida o’qish va o’rganish ehtiyojini qondirishi tavsiflangan. «Topshiriqlarda insoniyat to’plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular moddiy va ma’naviy boyliklarni yangilash va yanada boyitish vositasi sanaladi. Ulardan barcha kasb egalari foydalanishadi». Shu manbada topshiriqlarni uch guruhga ajratib o’rganish g’oyasi asoslangan: a) ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlari. Barcha kasb egalari bunday topshiriqlarni o’z oldiga qo’yib, hal qilishadi. Ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlarini qo’yish yo’li bilan atrofimizni o’rab olgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi; b) ilmiy bilishga oid topshiriqlar. Bularni odatda ilmiy muammolar deb aytishadi. Muammo savolning shunday ko’rinishiki, uning javobi fan to’plagan bilimlar orasida mavjud bo’lmaydi. Fanda eng kichik muammolarni yechishdan tortib, dunyo ahamiyatiga ega topshiriqlarni hal qilish ilmiy muammolarni qo’yish va bajarishdan iborat. Ilmiy muammolarning asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o’rganib yangi bilim, faoliyat usullarini kashf etishdir; v) o’quv-biluv topshiriqlari. Bunday topshiriqlar ta’lim jarayonida qo’yiladi. Ular vositasida o’quvchi shahsi rivojlantiriladi. Qisqa tahlildan ko’rinadiki, «topshiriq» tushunchasi turli manbalarda ishlatiladi: S.L.Rubinshteyn «motiv», «maqsad», «sharoit», «sub’ekt (topshiriqni bajaruvchi shahs) va ob’ekt» (bajariladigan vazifa, yechiladigan topshiriq, hal qilinadigan muammo) hususiyatlariga asoslanib «topshiriq» tushunchasini bayon qilgan. Uning uqtirishicha, topshiriq vositasida o’quvchi faoliyati boshqariladi. Binobarin, u «topshiriq» atamasini «vosita» ma’nosida tahlil qilgan; A.N.Leontev «ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kategoriyalariga rioya qilib, topshiriq tushunchasiga sharh bergan. U «topshiriq» va «maqsad» tushunchalarini yonma-yon tahlil qilib, topshiriqni ma’lum shart asosida berilgan «maqsad» deb tushunadi; Ya.A.Ponomarev «topshiriq» tushunchasini «sub’ekt va ob’ekt» tizimida tahlil qilgan. U tizimning ayni holat «sub’ekt va ob’ekt» tizimining mavjudligidan muammoli holatning yuzaga chiqishini bayon qiladi. Ya.A.Ponomarev bilimlarni shakllantiradigan holat, bilimga rag’batlantiradigan holat, bilimlarni oydinlashtiradigan holat atamalarini ishlatib, «topshiriq» tushunchasini «muammoli holat» kontekstiga ko’chiradi; N.Ya.Talizina «topshiriq» tushunchasini «ta’lim vositasi» nuqtai nazaridan tahlil qiladi, u topshiriqni tanlash va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishni malakalarni shakllantirish «vositasi» sifatida qaraydi; L.M.Fridman o’quv topshiriqlarining didaktik hususiyatlarini tahlil qilib, ularni aqliy va amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonidagi «to’siqni» bartaraf etish shaklida qaraydi va uni ongda hosil bo’lgan muammoli holatning nutq vositasida berilgan modeli sifatida tahlil qiladi; O.R.Roziqov «topshiriq» tushunchasini «o’quv materiali va topshiriq» tizimida o’rganib, ta’lim jarayonida paydo bo’lgan «ehtiyojni qondirish vositasi» sifatida sharhlagan. Topshiriq o’qitish (o’qituvchi faoliyati) va o’qish (o’quvchi faoliyati) ehtiyojlariga ko’ra ta’limga tatbiq qilinadi. Bunday yondashish o’quv topshirig’ini o’quv materialining «o’zgartirilgan shakli» sifatida qarash imkoniyatini beradi. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, «topshiriq» juda keng, mazmundor hodisa bo’lib, kamida olti hil ma’no anglatadi: topshiriq – bu - vosita (S.L.Rubinshteyn); - maqsad (A.N.Leontev); - muammoli holat (Y.A.Ponomarev); - ta’lim vositasi (N.F.Talizina); - ongda paydo bo’lgan to’siq (L.M.Fridman); - o’quv materialining shakli (O.R.Roziqov). «Topshiriq» tushunchasining bu ma’nolaridan birortasini ham inkor qilib bo’lmaydi. Zero, mualliflarning har biri «topshiriq» tushunchasining ma’lum bir jihatini inobatga olib, unga ta’rif berishgan: S.L.Rubinshteyn bu tushunchaga ijtimoiy tajriba nuqtai nazaridan, A.N.Leontev insoniy maqsadlarni amalga oshirish jihatidan yondoshgan. Y.A.Ponomarev muammoli holat, N.F.Talizina ta’lim vositasi nuqtai nazaridan topshiriqqa yondoshgan bo’lsa, L.M.Fridman topshiriqni nutq (og’zaki va yozma nutq) vositasida qurish imkoniyatini, O.R.Roziqov topshiriqni o’quv materialini o’zgartirish imkoniyatini nazarda tutgan. Keltirilgan qarashlarga tayanib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljalangan ijodiy topshiriqlar tizimini asoslash mumkin. Buning uchun topshiriqlar nazariyasida qo’llanadigan asosiy tushunchalarning ma’nolarini yanada oydinlashtirish, chegaralashga zarurat tug’iladi. Shu zaruratni hisobga olib asosiy tushunchalarga qisqacha tavsif beramiz. «Topshiriq» atamasi mazmunan boy, keng tushuncha bo’lib, u «vazifa» atamasiga adekvat kategoriyadir. Topshiriq buyruq fe’li (topshir) so’zidan «-iq» qo’shimchasi vositasida yasalgan «ot» bo’lib, ijtimoiy, fan, ta’lim-tarbiya sohasida ishlatiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling