Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Topshiriq turlari bilan tanishish
Download 1.1 Mb.
|
oo XALILOVA GULSANAM
1.2. Topshiriq turlari bilan tanishish.
«Topshiriq» keng ma’noda predmetni anglatgani uchun qandaydir ob’ektiv reallikni ham bildiradi. Binobarin, uni ham tevarak-atrofimizdagi narsahodisalar sifatida tasavvur qilib, tahlil qilganimizdek, uni tuza olamiz, o’ziga oid muhitda (sharoitda) o’zgartira olamiz, o’zgalarga buyum-narsa sifatida bera olamiz, uning harakatini kuzata bilamiz. Bu hildagi tasavvur «topshiriq»ning quyidagicha turlarini qayd etish imkonini beradi. 1. Ijtimoiy topshiriq – jamiyatning moddiy negizini yanada rivojlantirish, moddiy ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga mo’ljallangan vazifalar. Bu hildagi topshiriqlarni barcha kasb egalari o’z oldiga qo’yadi, bajaradi. Ularni qo’yish va hal qilish yo’li bilan jamiyat rivojlantiriladi. Ijtimoiy topshiriqlar jamiyat darajasida o’rganiladi. 2. Fan sohasida qo’yiladigan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni fan hodimlari o’zi uchun belgilab, ularni bajaradi. Ular fan muammolari sanaladi. Muammo shaklida qo’yilgan savolga javob izlash yo’li bilan fan va undan amaliy faoliyatda foydalanish yanada takomillashtiriladi. 3. Ta’lim-tarbiya sharoitida qo’llanadigan topshiriqlar. Barcha o’quv predmetlari vakillari bunday topshiriqlarni ta’limga tatbiq qilib, ta’limdan ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirishadi. O’qitish va o’rganish jarayonlariga tatbiq qilib, o’quvchilarning bilimi, ko’nikmasi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, tabiat, jamiyat, ong hodisalariga munosabatini shakllantirib, inson shahsini rivojlantirishga yo’nalgan topshiriqlarni «o’quv topshirig’i» deb tushunamiz. «O’quv topshirig’i» atamasi psihologiya, didaktika va matematika fanlari sohasida qo’llanadigan umumiy, mazmundor, ko’p qirrali kategoriyadir. Undan ta’limning barcha bo’g’inlarida (maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, kollej va h.k.), o’zlashtirishning barcha bosqichlarida (o’quv materialini o’rgatish va mustahkamlash, takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish, ta’lim natijalarini nazorat qilish va h.k.) foydaniladi. O’quv topshiriqlarining nimaga (o’rganilgan bilimlar va tafakkurga) mo’ljallanganligini inobatga olib, ularni ikkita guruhga ajratib o’rganamiz: qayta esga tushirish (hotira)ga mo’ljallangan va ijod qilish (tafakkur)ga oid topshiriqlar. Xotiraga mo’ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o’quvchilarning u yoki bu mavzu doirasidagi tayyorgarligi hisobga olinadi. Misollar keltiramiz: 1-topshiriq: Sonlar qatorida 1 va 3 sonlari orasidagi hamda 3 va 5 sonlari orasidagi sonlarni ayting. 2-topshiriq: Bir o’quvchida 3 ta daftar, ikkinchisida undan 1 ta ortiq daftar bor. Ikkinchi o’quvchida nechta daftar bor? Birinchi topshiriq 10 ichida raqamlash mavzusiga oid bo’lib, o’quvchi 1 va 3 sonlari orasida joylashgan natural son 2 ni hamda 3 va 5 sonlari orasidagi natural son 4 ni topib aytadi. Ikkinchi topshiriq 10 ichida qo’shish va ayirish amallarini bajarishga doir bo’lib, o’quvchilar masalani 3Q1q4 (daftar) deb yechimini ko’rsatishadi. Ҳar ikkala holatda ham o’quvchi oldingi bilimlarni, ya’ni 1 dan keyin keluvchi son 2, shuningdek, 3Q1q4 ekanligini esga tushirib faoliyat ko’rsatadi. Bunday tajribaga o’quvchi ko’p duch kelgan. U o’z faoliyatida oldin uchragan tajribani takrorlab, o’z tasavvurlarini esga tushirib faoliyatni amalga oshiradi. Oldingi tajriba, oldin hosil qilingan tasavvur (bilim)larni esga tushirib bajariladigan topshiriqlarni hotiraga mo’ljallangan o’quv topshiriqlari deb tushunamiz. O’quvchilar hotirasiga mo’ljallangan o’quv topshiriqlarining psihologik asosini hotira hodisalari – o’rganilgan bilimlarni esga tushirish, bilim va faoliyat usulini hotirada tiklab, aytilgan o’quv holatiga tatbiq etish, tatbiq etilayotgan bilim va faoliyat usullarini yanada aniqlashtirish tashkil etadi. Qayta hotiralashga oid mustaqil ishlarni bajarishda, asosan, o’quvchining hotirasi ishlaydi. Mashq - u yoki bu mavzu doirasida bilim, faoliyat usullarini bir hil o’quv sharotida bajarishga oid o’quv topshirig’idir. Mashq qilish jarayonida bilimlar esga tushiriladi; esga tushirilgan bilim, faoliyat usuli aytilgan (berilgan) o’quv holatiga tatbiq qilinadi; mashq qilish natijasida sub’ekt (shahs) faoliyati takomillashtiriladi. Bu hodisani nazarda tutib, ayrim mutahassislar «mashq qilinadi» iborasini ishlatishadi. O’quv topshirig’i bajariladi, mashq qilinadi. O’quv topshirig’ini bajarish yo’li bilan o’quvchi masala yechimini topsa, mashq qilish yo’li bilan o’z bilimi, faoliyat usullarini takomillashtiradi. Matematika darslarida qo’llaniladigan mashqlarni ikki guruhga ajratib o’rganamiz: Trenirovka qilishga oid mashqlar, ijodiy mashqlar. Trenirovka - bu bir hil bilim, faoliyat usulini bir hil sharoitda takrorlash demakdir. Uning mohiyati hatti-harakatlarni oddiy takrorlash bo’lib, uning vositasida faoliyatning u yoki bu sifati yanada takomillashtiriladi. 3-topshiriq: Olti sonidan keyin keluvchi sonni ayting. 4-topshiriq: Etti sonidan keyin keluvchi son ifodalangan raqam kartochkasini ko’rsating. 5-topshiriq: Sakkiz soni qanday sondan keyin keladi? Shu son ifodalangan raqamli kartochkani ko’rsating. Trenirovka paytida uch narsa takrorlanadi. 10 ichidagi sonlar qatorida berilgan sondan keyin keluvchi sonni topib, uni aytish; sonlar qatorida berilgan son (7) dan keyin keluvchi son (8)ni to’g’ri topish va uni raqamli kartochkada ko’rsata bilish; berilgan son (8) qanday son (7)dan keyin kelganini aniqlash va kartochkada ko’rsata bilish. Ayniqsa, matematika darslarida og’zaki hisob mashqlarini o’tkazish trenirovka (ko’nikmalarni malaka darajasiga ko’tarishga mo’ljallangan) mashqlari vazifasini bajaradi. Aytilgan sharoitda bilimni takrorlab faoliyatni amalga oshirish ko’nikmalarning takomillashib, malakaga aylanishiga olib keladi. Shunday qilib, trenirovka topshiriq (o’z–o’ziga topshiriq) asosida o’tkaziladi. Test topshirig’i - «test» (inglizcha-test-sinash, tekshirish, tadqiq qilish, o’rganish ma’nolarini bildiradi). Psihologiya va didaktikada «standartlashtirilgan topshiriq» ma’nosini anglatib, tekshirish natijasiga qarab, o’quvchilarning tayyorgarligini baholashni bildiradi. Test – bu o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, o’quvchida shakllangan munosabatlarni tekshirish vositasidir. Test berilgan ikki yoki undan ortiq yechimlardan to’g’risini tanlashga oid o’quv topshirig’i bo’lib, uning vositasida o’quvchilarning o’zlashtirishi baholanadi. Testga misollar keltiramiz. 6-topshiriq: Katakcha o’rniga shunday sonni yozingki, to’g’ri javob hosil bo’lsin. 5<… a) 5 b) 6 s) 4 7-topshiriq: Turli raqamlardan tuzilgan eng kichik olti honali sonni toping: A) 195432 b) 124673 s) 102345 d) 123456 O’quvchilar hotirasiga mo’ljallangan mustaqil ishlar ham ko’nikma, malakalarni rivojlantirish omilidir. Ular ham o’quv topshiriqlari vositasida tashkil etiladi. Mustaqil ish to’g’risida quyidagicha bilimlarni qayd etamiz: mustaqil ish ham o’quv topshirig’i asosida o’tkaziladi; mustaqil ishni bajarish talabini o’qituvchi qo’yadi; o’quvchilar o’qituvchi talabiga javob qaytarish uchun o’z faoliyatlarini tashkil etib, boshqarishadi; erishilgan natija o’quvchining shahsiy– induvidual hatti-harakati mahsuli sifatida hosil bo’ladi va faoliyatda saqlanadi. O’quvchilar hotirasiga mo’ljallab tashkil etiladigan mustaqil ishlarga o’quvchi faoliyatining erkinligi topshiriqni (o’qituvchidan) qabul qilish va uni bajarish (echim) bilan bog’langan. B.P.Esipov mustaqil ishlarga ta’rif berganda ularning shu hususiyatini hisobga olgan: «Mustaqil ish – bu shunday o’quv topshirig’iki, u o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalariga ko’ra mahsus ajratilgan vaqtda bajariladi. Shu bilan birga, o’quvchilar topshiriqqa qo’yilgan maqsadga ongli erishish uchun o’zlarining amaliy va aqliy intilishlarini mustaqil amalga oshirishadi». B.P.Esipovning mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasiga oid qarashlari hozirgi payt maktab amaliyotida to’liq o’z aksini topgan. Mustaqil ishlar uchun alohida vaqt ajratish, ulardan dars jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish, ta’lim jarayonida ularning borishini ajratib ko’rsatish uchun belgi (masalan, daftarlarga «mustaqil ish» deb yozdirish) qo’ydirish, har bir mustaqil ish natijasini sinfda muhokama qilish. Bular pedagogik amaliyotning ajralmas qismiga, mustaqil ishlarni o’tkazishning algoritmiga aylangan. Tafakkurga mo’ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o’quvchilar ijodiy faoliyat ko’rsatadi. 8-topshiriq: Agar kitob 50 varaq bo’lsa, uning sahifalari qancha bo’ladi? 9-topshiriq (teskari masala): Sahifasi 100 bet bo’lgan kitob necha varaqdan iborat? Bu topshiriqlar 2-sinf uchun 100 ichida sonlar ustida arifmetik amallar bajarishni o’rganishga mo’ljallab tuzilgan. Ularni bir varaqning ikki – old va orqa tomonlarini fahmlagan o’quvchigina bajara oladi. Kitobning varaqlari miqdori aytilgan bo’lsa, sahifalar miqdorini, kitobning sahifalar miqdori aytilgan bo’lsa, varaqlar miqdorini topish 2-sinf o’quvchisi uchun ijodiy topshiriq vazifasini bajaradi. Hotiraga mo’ljallab tuzilgan o’quv topshiriqlari o’rganilgan (shuningdek, o’rganilayotgan) bo’limlarni yanada takomillashtirish, tafakkurga mo’ljallab tuzilgan o’quv topshiriqlar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy topshiriqlar rang-barang bo’lib, ular o’quvchilar tafakkurini mo’ljalga olib tuzilganligi, o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan o’quv topshiriqlarining esga tushirish yo’li bilan bajariladigan turlaridan farq qiladi. Ijodiy topshiriqlar sirasiga ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish, turli tashkiliy o’yinlarni ijro etish kabilar kiradi. Agar ijodiy mashq vositasida o’rganilgan bilimlar yangi o’quv holatlariga tatbiq qilinsa, ijodiy mustaqil faktlardan yangi hulosalar chiqarish bilan yangicha faoliyat usullarini egallash bilan ajralib turadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling