Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 279.5 Kb.
bet18/19
Sana17.06.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1536639
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
islomov

3- mashg`ulot. Jahlni boshqarish
1-mashq. “Mehribonlar jufti”
Guruh ishtirokchilari aylana shaklida o’tirishadi. Ishtirokchilarning bittasini ko’zi bog`lanadi. Boshlovchi (yoki yonidagisi) kimnidir qo’li bilan ko’rsatadi va unga butun jahlini sochishini aytadi. Jahlini sochib bo’lgach ishtirokchining ko’zini ochiladi. U o’z jabrlanuvchisini ko’radi va undan kechirim so’raydi. “Portlagan” ishtirokchiga o’zini ko’rsatish samara beradi.
2- mashq. “Rasm”
Agressiya holatini his qilayotgan insonning portretini chizishdan iborat. So’ngra uni bachkana harflar bilan yozib, yirtib va tashlab yuboriladi.
3- mashq. “Budda kulgusi”
Mashq osonlikcha psixik barqarorlik holatiga kelishga yordam beradi. Tinchlaning, hech narsani o’ylamaslikka harakat qiling. YUz mushaklaringizni butunlay bo’shashtiring va ular og`irlashishi, silliqlashishini tasavvur qiling. So’ng tarangligini yo’qotib “oqib ketayotganini” tasavvur qilib ko’ring. Lablaringizni burchaklariga diqqatingizni qarating. Lablaringiz asta-sekin chetga surib, engil kulgu paydo bo’layotganini tasavvur qiling. Mushaklarga zo’r bermang. Siz lablaringizda nimtabassum paydo bo’layotganini sezasiz hamda butun tanangizda esa xursandchilik tuyg`usi ifodalanadi. “Budda kulgusi” siz uchun odatiy holga aylanguncha bu mashqni har kuni bajarishga harakat qiling.
4-mashq. “Jahlni chiqarib tashlash”
O’qituvchi va o’quvchi tizimida yuzaga keladigan jahl va xafalik holati bilan ishlash. Uni guruhlarga shaxslararo munosabatlar buzilmasligi, tabiiy bo’lib qolishi uchun o’tkazib turish foydalidir.
Umumiy bitta doiraga o’tiring. Har biringiz sizga nima to’sqinlik qilayotganini yoki nima yoqmayotganini aytishingiz mumkin. Iltimos mazkur jarayonda faqat bitta ishtirokchiga murojaat qiling. Masalan, “Asal barcha o’g`il bolalar jinniroq deganida biroz xafa bo’laman” va boshqalar. Sizga nisbatan gapirayotganlarida o’zingizni oqlamang. SHunchaki sizga nimani gapirayotganlarini tinglang. Har biringiz o’z gapingizni aytasiz. Agar aytishga arzigulik hech narsa bo’lmasa shunchaki “Hali jahlim chiqmadi hech narsa aytolmayman” deng.
Barcha gapni aytib bo’lgach arz qilingan bolalar o’z fikrlarini aytishlari mumkin. Endi sizga aytganlari haqida o’ylab ko’ring ba`zida boshqalarga to’sqinlik qilayotganini o’zgartirishingiz mumkin, ba`zida esa buni istamaysiz. O’zingizda o’zgartirishingizni istagan nimadir eshitmadingizmi? Agar o’zgartiruvchi sifat bo’lsa siz aytishingiz mumkin. Masalan, “Endi barcha bolalar jinniroq deyishni istamayman” va boshqalar.

Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling