Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Shaxsda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda psixologik treninglarning o’rni


Download 279.5 Kb.
bet16/19
Sana17.06.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1536639
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
islomov

3.2. Shaxsda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda psixologik treninglarning o’rni
Psixik tizim murakkab va, ayni vaqtda, dinamizm darajasi yuqori bo’lgan, tashqi ta`sirlarga nisbatan nihoyatda sezgir tizimlardan biridir. Bu holat unga shakllantiruvchi ta`sirni o’tkazish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi. SHakllantiruvchi yondashuv ilmiy tadqiqotning amaliy ahamiyatini ham oshirishi shubhasiz.
Ma`lumki, trening – o’qitishning alohida shakllaridan biri sifatida uzluksiz kechinmalarni boshdan o’tkazishga asoslanib, an`anaviy tarzda bilimlarni uzatish psixologik maslahat hamda psixoterapiyadan farq qiluvchi shaxslararo o’zaro hamkorlik tajribasini anglab etish jarayonini qamrab oladi. Ba`zida bu atamaning ma`nosini ochib berish uchun “eksperimental ta`lim” iborasi qo’llaniladi. Bunday shakldagi ta`lim jarayonida ishtirokchilar faqatgina voqelik haqida o’ylash va “u bilan qanday amallarni bajarish” haqida mulohaza yuritish bilan cheklanib qolmasdan, balki uzluksiz ravishda uning mohiyatini anglab boradilar.
Psixologik trening – bu shaxslararo o’zaro hamkorlik jarayonida modellashtirilgan hayotiy tajribani o’zlashtirish va anglab etishga asoslangan faol o’qitish shaklidir.
“Trening, bir tomondan, maksimal ko’rinishdagi, boshqa tomondan esa, psixologik xavfsiz sharoitlarda o’smirning o’zini o’zi anglashi, o’zini o’zi nazorat qilishni osonlashtirgan holda unga tajriba orttirish imkonini beradi”. Trening ishtirokchilarga qandaydir faollikni o’zlashtirishda yordam berishga yo’naltirilgan metoddir.
Ilk o’spirinlik davrida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening uchun quyidagi umumiy xususiyatlar xosdir:
1.Guruhiy faoliyat tamoyiliga rioya qilish, ishtirokchilarning faolligi, hamkorlikdagi muloqot, shaxslararo o’zaro hamkorlik jarayonida ishtirokchilarning ijobiy izlanishlari, qaytar aloqaning mavjudligi.
2.Guruhiy faoliyatda faol metodlarning qo’llanilishi.
3.Guruh ishtirokchilari orasidagi faol shaxslararo o’zaro hamkorlikka alohida e`tibor qaratilishi.
4.Uzoq yoki qisqa muddatga tashkil etilgan guruh bilan ishlanishi. Faoliyat jarayonida zarur bo’ladigan emotsional energiyaning yo’qolmasligi uchun guruhda muhokama qilingan muammolarning guruhdan tashqarida tarqatishning ta`qiqlanishi.
5.Xonani jihozlashda uning ishtirokchilar faol muloqoti uchun qulay bo’lishiga hamda ularni chalg`ituvchi tashqi omillarning mavjud bo’lmasligiga e`tibor qaratilishi.
6.Guruh ishtirokchilariga psixologik yordam berishning maqsad qilib olinishi. Trening natijasi ishtirokchilarda faqat bilim va malakalar tizimi shakllanishigagina olib kelmaydi, bunda psixologik holatning yaxshilanishi va keyinchalik o’zini o’zi rivojlantirish uchun undovchi mayllarni vujudga keltirishga urg`u beriladi. SHuning uchun trening samaradorligi nafaqat ob`ektiv mezonlar, balki sub`ektiv mezonlar bilan ham o’lchanadi.
7.Ijobiy iqlim va erkin muloqot muhitining shakllantirilishi. Trening jarayonidagi muloqot odatdagi shaxslararo munosabatlardagiga ko’ra faolroq, emotsionalroq, ochiq va samimiyroqdir. Guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichida trenerning asosiy vazifasi ijtimoiy muhitni yaratish, samimiy muloqot uchun psixologik xavfsiz sharoitni yuzaga keltirishdan iborat bo’ladi.
Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening quyidagi tamoyillar asosida tashkil qilinadi (L.A.Petrovskaya, 1989):
a) “shu erda va hozir” – guruhda har bir aniq vaqtda, ayni damda bo’lgan holatlarni muhokama qilish, umumiy va mavhum holatlardan qochish;
b) voqealarning “Men” tomonidan aytilishi – umumiy mushohadalar, ya`ni, “bizning fikrimizcha”, “men shunday deb o’ylayman” kabi jumlalarni qo’llash;
v) hissiyotlarga urg`u berish – o’zgalarning harakatlarini baholamasdan, shaxsan nima his qilinganini aytib o’tish;
g) guruhdagi har bir a`zoning o’zaro hamkorlikda faol ishtirok etishi va tashabbus ko’rsata bilishi;
d) samimiy muloqot jarayonidagi emotsiya va holatlarni sir saqlash va tashqariga olib chiqmaslik.
K.Rudestam va I.V.Vachkovlar tomonidan talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda psixologik treningning guruhiy shaklini qo’llash lozimligi ta`kidlanadi. Guruhiy faoliyat shaklining quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
1.Guruh jamiyatni miniatyura tarzida aks ettiradi va shuning uchun undagi munosabatlar tizimi ijtimoiy malakalarning shakllanishiga turtki bo’ladi.
2.Guruh ishtirokchilari yangi malakalarni o’zlashtirish bilan bir qatorda o’z tengdoshlarining turli muloqot uslublarini o’rganib oladi.
3.Ishtirokchilar o’zlarini boshqalar bilan identifikatsiyalashlari mumkin, ular guruhda o’zaro qo’llab-quvvatlashni his qiladilar.
4.Guruhiy tajriba shaxslararo muammolarni hal qilishga va o’zgalar bilan do’stona munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
5.Guruhiy faoliyat uning ishtirokchilariga o’zini o’zi anglash, o’zini o’zi tatbiq qilish, boshqarish va o’zining yangi qirralarini ochishga yordam beradi.
6.Guruhiy o’zaro hamkorlik uning ishtirokchilariga psixologik muammolarni aniqlashtirish va konstruktiv hal qilishga yordam beradi.
7.Guruhiy faoliyat shaklida bir vaqtda bir necha ishtirokchilar bilan ishlash imkoniyatining mavjudligi uning individual ish uslubidan afzalligini belgilab beradi.
Psixologik treninglar turli-tuman bo’lib, ularni tasniflash turlicha mezonlarga asoslanadi. Agar psixologik trening maqsadidan kelib chiqqan holda tasniflaydigan bo’lsak, ularni shartli ravishda aniq malakalarni shakllantirish treninglaridan tortib, to shaxsiy rivojlanish treninglarigacha ajratish mumkin. Birinchi holatda trening shaxs o’zgarishiga olib keluvchi aniq xulq-atvor namunalarini shakllantirish omili bo’lib gavdalansa, ikkinchi holatda asosiy samara ichki sohada kuzatiladi, ya`ni dastlab shaxsning ichki dunyosi (o’zini o’zi baholash, motivatsiya, qadriyatlar tizimi va boshqalar), keyin esa xulq-atvor o’zgaradi. SHu bilan bir qatorda treningning samaradorlik mezonlari ham bir-biridan farqlanadi: ayrim mezonlar ob`ektivdir (masalan, ishtirokchilarda qandaydir malakaning shakllanganlik darajasi), boshqa ba`zi mezonlar sub`ektivdir (masalan, ishtirokchilarning o’z shaxsiy holatidagi o’zgarishlar haqidagi his-kechinmalar).
Butun trening jarayonidan avval ham, alohida trening mashg`ulotlarini tashkil qilishdan oldin ham, maqsadni aniqlab olish va talabga javob beradigan vazifalarni shakllantirish zarur. SHaxsda kommunikativ kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan treninglarda, odatda, quyidagi maqsadlar guruhi ko’zlanadi:
1.Odamlar bilan samarali va samimiy munosabat o’rnatish uchun shaxslararo o’zaro hamkorlik uslublari, mexanizmlari hamda psixologik qonuniyatlarini o’rganish;
2.SHaxs taraqqiyoti jarayoniga ta`sir o’tkazish, ijodiy imkoniyatni yuzaga chiqarish, turmush darajasini, omad va baxt hissini optimal darajaga etkazish.
3.Ichki dunyo va xulq-atvordagi o’zgarishlar asosida kelib chiqadigan emotsional buzilishlarda o’zini o’zi anglab etish va o’zining ustida ishlashni rivojlantirish.
4.Guruh ishtirokchilarining psixologik muammolarini izlash va ularni hal qilishga yordam berish.
5.Psixologik salomatlikni mustahkamlash.

Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling