Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 279.5 Kb.
bet17/19
Sana17.06.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1536639
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
islomov

1- mashg`ulot
Mashg`ulot dasturini taqdim etish, tanishuv.
1 -mashq. «Qorli shar»
Guruh aylana bo’lib o’tiradi va birinchi ishtirokchi o’z ismini aytadi. Ikkinchi ishtirokchi birinchi va o’zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi birinchi, ikkinchi ishtirokchini va o’zining ismini aytadi. Ismi bilan birgalikda o’zining sevimli jismini namoyish etish, sevimli ichimligi, shaxsiy sifat, xobbisi va boshqalarni aytishi mumkin.
2- mashq. O’zi xaqida uch so’z bilan aytib berish
2 -mashg`ulot. Insoniy munosabatlar eshigi o’zingiz tomonga ochiladi
1 -mashq. “Kayfiyatim rasmi”
Guruh ishtirokchilariga o’z kayfiyatlarini qog`ozga chizish tavsiya etiladi. CHizilgan rasm aniq yoki mavhum bo’lishi mumkin. Ishtirokchilarga turli ifodalovchi materiallar taqdim etiladi (guash, qalam, flamaster va boshqalar). Barcha ishtirokchilar varroqda o’zlarini ifodalab bergach rasmlarni ishtirokchilarni bir-birlariga ko’rsatishlari tavsiya etiladi. Mazkur rasmda aynan qanday holat ifodalanganligi va unda qanday kayfiyatning aks ettirilgani muxokama qilinadi.
2- mashq. “Qo’llar” (guruh 2, 3 ga bo’linadi).
Boshlovchi ishtirokchilarni aylana shaklida turib o’ng qo’llarini ko’tarishlarini aytadi. U ishtirokchilarni qo’llarini o’zaro birlashtiradi va ularni ajratmasliklarini ta`kidlaydi. SHundan so’ng boshlovchi har bir ishtirokchini chap qo’lini ko’tarishini va qo’llarini ikki ishtirokchi o’zaro ushlab ololmaganini kuzatgan xolda bir-birlari bilan ko’tarilgan o’ng qo’lning tepasida birlashtirishlarini aytadi. SHundan so’ng boshlovchi ishtirokchilarning qo’llarini qo’yib yubormagan holda bitta katta doiraga aylanishlarini so’raydi. Mashq agar shunday tartibda bajarilsa yoki ishtirokchilar 8 holiga kelsalar amalga oshirilgan xisoblanadi.
3-mashq. “Lava”
Zarur jihozlar: 20,24 sm diametrli aylana gilamchalar, stullar.
Ko’rsatma: biz toqqa sayohatga ketyapmiz. Oldingizda lavali vulqon mavjud. Uning narigi tomoniga tog`dan oshib o’tish kerak (stullardan yasalgan to’siq). Topshiriqni bajara olishingiz uchun sizga olovga chidamli gilamchalar beriladi. Siz ularni ustida turib lavadan o’tishingiz mumkin. Lekin diqqat gilamchalarni odamlarsiz qoldirib bo’lmaydi va ularni faqat oldinga o’tkazish mumkin. Tog`larda ehtiyot bo’ling ularga tegish mumkin emas. Qoida qaysidir bir ishtirokchi buzsa, butun guruh orqaga qaytadi va mashqni boshidan boshlaydi. Hammasi tushunarlimi? Mashqlarda qoidalarga diqqat bilan qarash kerak. Mashq boshidan oxirigacha to’g`ri bajarilishi lozim. Guruhiy imkoniyatlardan foydalanilgan holda ular guruhni birikishiga yordam beradi.

Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling