Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 279.5 Kb.
bet19/19
Sana17.06.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1536639
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
islomov

5-mashq. “O’tin chopish”
Guruhdagi apatiya holatidan chiqishga hamda uzoq o’tirib bajaradigan ishlardan chalg`ishga yordam beradi. Ishtirokchilar o’zlarida yig`ilib qolgan agressiv holatlarni his qilishlari va uni uyg`un jarayonda qo’llashlari mumkin. Bundan tashqari o’yin jarayonidagi baqirish insonning boshini engillashtirishi va nafas olishini yaxshilashi mumkin. O’yin ko’p joy talab etmaydi.
O’tinni qanday yorishni kim ko’rsatib beradi? O’tin yorayotganda boltani qanday ushlash kerak, oyoqlar qanday turadi?
SHunday turing-ki atrofingizda bo’sh joy bo’lsin. Tasavvur qiling bir necha g`o’lalardan o’tin chopishingiz kerak. Siz chopmoqchi bo’lgan o’tin qanday kattalikda hamda uni to’nkani ustiga qo’ying va boltani boshingiz uzra baland ko’taring. Har gal boltani kuch bilan tushirayotganingizda baqiring. So’ngra yana bitta o’tinni shunday tarzda choping va ikki daqiqadan keyin barchangiz menga nechtadan o’tin chopganingizni ayting.
6- mashq. YAkunlash
YAkuniy bosqichda taassurotlar almashiniladi.
4- mashg`ulot. “Menga o’zingiz haqingizda aytib bering”
1-mashq. “Sen bilan gaplashganimdan xursandman”
Har bir ishtirokchi boshqasiga quyidagi so’zlar bilan qo’l cho’zishi tavsiya etiladi. “Sen bilan gaplashganimdan xursandman”. Keyingi ishtirokchi esa yana boshqasiga xuddi shu so’zlar bilan qo’lini uzatadi va aylana bo’ylab shu tariqa davom etadi.
2-mashq. “O’zimda menga nima yoqadi?”
Ishtirokchilar o’zlariga yoqadigan tashqi tavsifnomalaridan birini aytib koptokni boshqa ishtirokchiga uzatishi tavsiya etiladi.
3-Mashq. “O’zimga maktub”
Siz uzoq kelajakda yashayotganingizni tasavvur qiling. U erdan hozir o’zingizga xat yozib yuboring. SHuningdek, hozirning o’zida kelajakdan kelgan xatga ham qisqacha javob yozib yuboring.
4-mashq. “Men qandayman?” o’zini o’zi tahlil qilish.
Sizga plakatdan keltirilgan so’zlar ro’yxatidan foydalanib tugallanmagan 3 ta jumlani tugating.

  • O’ylashimcha men…

  • Boshqalarning o’ylashicha men…

  • Men bo’lishni xoxlardim…






Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling