Maktabgacha va


Multimediadan maqsadli foydalanish 1.2-mashg‘ulot


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

39
Multimediadan maqsadli foydalanish
1.2-mashg‘ulot
Sevimli narsalaringiz haqida taqdimot yaratish uchun reja tuzing. Kontent sifatida 
sevimli narsalaringizdan uchtasini tanlashingiz kerak. Bu sevimli taomingiz, 
rangingiz, hayvoningiz yoki har qanday siz yoqtirgan narsa boʻlishi mumkin.
Loyiha xususiyati shablonidan foydalanib taqdimotingizni rejalashtiring. Bu 
vaziyatda siz faqatgina kontent, slayd raqami, slayd mavzusi, shrift formati va 
linklar boʻlimini kiritasiz.
Loyiha xususiyatingizni Design_Favourite_Things_v1.docx nomi bilan saqlang.
1.3-mashg‘ulot
Rejangizni sherigingizga koʻrsating va quyidagi elementlar aniq aks etgani haqida 
fikrini soʻrang:
• kontent;
• kontentning slayddagi oʻrni;
• shriftlar;
• slaydlararo linklar.
1.4-mashg‘ulot
Loyiha xususiyatingizdan foydalanib sevimli narsalaringiz haqida taqdimotingiz 
uchun slaydlar yarating. Ayni paytda har bir slaydga faqat kontent va linklarni 
qoʻshish yetarli.
Taqdimotni My_Favourite_Things_v1.pptx deb saqlang.
1.5-mashg‘ulot
Taqdimotga oʻzingiz va eng yaqin doʻstingizning fotosuratini qoʻshing. 
Sherigingizdan raqamli kamera yoki mobil telefon orqali siz va eng yaqin 
doʻstingizni suratga olishni soʻrang.
@edurtm_uz


40
Slaydga o‘tish effektlarini qo‘shish
Slayd oʻtish effekti — bir slayddan boshqasiga oʻtishda yordam beradigan animatsiya 
turi. Oʻtish effektlari taqdimot yanada qiziqarli boʻlishiga va 
auditoriya e’tiborini 
jalb qilishga yordam beradi. Auditoriya kontentni tushunishi va toʻliq anglashi uchun 
taqdimotga qiziqtirish juda muhimdir.
Turli-tuman, haddan ziyod oʻtish effektlari auditoriyani chalgʻitadi. Shu bois bir 
yoki ikki xil effektdan foydalanish maqsadga muvofiq. Tomoshabinlarga noqulaylik 
tugʻdirmaslik uchun oʻtish effektlarining almashish vaqtini toʻgʻri sozlash kerak. 
Slaydlar juda sekin oʻtsa, auditoriya kutib zerikadi, tez oʻtganda esa kontentni oʻqishga 
ulgurmay qoladi.
Oʻtish effekti slaydning boshiga qoʻshiladi. Shuning uchun slayd koʻrinishi bilan effekt 
ishga tushadi. Bu amalni bajarish uchun tegishli slayd tanlanadi va 
Transitions
menyu boʻlimi yordamida oʻtish effekti qoʻllanadi.
Shuningdek, Transitions menyu boʻlimining oxiridagi kichik strelka bosilganda oʻtish 
effektlarining toʻliq variantlar roʻyxati ochiladi.
Fotosurat sizga tegishli boʻlsa ham, uni taqdimotda koʻrsatish uchun doʻstingizdan 
ruxsat oling. Bu 

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling