Duplikatsiya
diz.
Duplicate
elementning ikkinchi, o‘xshash nusxasini yaratish.
Effektlar
diz.
Effects
slaydlarga qo‘shiluvchi turli o‘tishlar va
animatsiyalarning umumiy nomi.
EFT
qsq. mad.
EFT
Electronic Funds Transfer
elektron pul o‘tkazmalari; kompyuter qurilmasi orqali
pulni bir bank hisobidan boshqasiga o‘tkazish.
Ekran
Screen
kiritilgan matnni ko‘rish imkonini beruvchi kompyuter
qurilmasi.
Ekran o‘lchami
diz.
Screen resolution
ekran maydonining o‘lchami (odatda piksel o‘lchov
birligida ifodalanadi).
Eksport
mb.
Export
maʼlumotlarni foydalanilayotgan dasturdan ko‘chirish.
Elektr tarmog‘iga haddan ortiq yuklama
Electrical overload
elektr zanjirining haddan ortiq zo‘riqishi.
Elektron jadval
e-jad.
Spreadsheet
qator va ustunlardan iborat jadval ko‘rinishidagi
dastur;
turli hisoblash amallarini osonlashtirish imkoniyatini
beruvchi jadval ko‘rinishidagi fayl turi.
Elektron konferensiya
tar.
Electronic conferencing
onlayn/elektron majlis o‘tkazish imkonini beruvchi
elektron kommunikatsiyalardan foydalanish.
Elektron pochta
int.
Email
boshqalardan elektron xatlarni qabul qilish va javob
qaytarish uchun mo‘ljallangan elektron pochta
akkaunti.
Elektron pochta manzili
int.
Email address
takrorlanmas elektron pochta manzili, elektron xat
yuborish va qabul qilish uchun foydalaniladi.
Elektron pochta provayderi
int.
Email provider
elektron pochta manzilini taqdim etuvchi kompaniya.
Do'stlaringiz bilan baham: |