Raqamli
Digital
raqamli ko‘rinishda, 1 va 0 qiymatlarida shakllantirilgan
mavhum maʼlumotlar.
Raqamli
mb.
Numeric
raqamlardan tashkil topgan maʼlumotlar.
Raqamli drama, mojaro
mad.
Digital drama
ijtimoiy tarmoqlarda muloqot jarayonida yuz beradigan
hayajonli, hissiyotli yoki kutilmagan voqea, hodisa va
holatlar.
Raqamli ijtimoiy tarmoq
mad.
Digital social network
insonlarni suhbatlashish, g‘oyalar va qiziqishlar
bilan bo‘lishish yoki yangi do‘stlar orttirish uchun
birlashtiradigan veb sayt.
Raqamli iz
mad.
Digital footprint
foydalanuvchi haqida internetda mavjud maʼlumot.
Raqamli kamera
Digital camera
fotosuratlarni tasma o‘rniga saqlashda elektron xotiradan
foydalanuvchi kamera (kiritish qurilmasi sifatida
foydalanish mumkin).
Raqamli maʼlumot
Digital data
kompyuterda saqlanadigan elektron shakldagi
maʼlumotlar.
Raqamli maxfiylik
mad.
Digital privacy
raqamli qurilmada saqlanadigan shaxsiy maʼlumotlarni
himoya qilish.
Raqamli obro‘
mad.
Digital reputation
internetdagi auditoriya orqali yig‘ilgan fikrlar, shon-
shuhrat.
Raqamli sanʼat asari
diz.
Digital art
kompyuter yordamida yaratilgan tasvir.
Raqamli sertifikat
mad.
Digital certificate
elektron pochta xabari yoki maxfiy maʼlumotlarni saqlash
usuli;
ochiq kalitli infratuzilma (PKI) yordamida internet orqali
maʼlumotni ishonchli almashish imkonini beruvchi
pasportga o‘xshash elektron sertifikat.
Raqamli to‘siq
mad.
Digital divide
texnologiyalar, kompyuterlar va internetdan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan insonlarning
ulardan foydalana oladiganlardan ajralib qolishi, ortda
qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |