Sinovdan o‘tkazish
dast.
Test
biror qurilma yoki dasturning risoladagidek ishlashini
tekshirish;
tizimdagi turli maʼlumotlarni sinab ko‘rib, ishlashiga
ishonch hosil qilish;
kodning to‘g‘ri ishlashini tekshirish.
Sintaksis
dast.
Syntax
dasturlash kodidagi buyruqlarning to‘g‘riligi;
CLIga kiritilgan buyruqlarning to‘g‘riligi.
Siqilgan ish soatlari
mad.
Compressed hours
bir yoki ikki ish haftasidagi ish kunlari sonini
kamaytirish uchun kunlik ish soatlari sonini oshirish.
Skaner
xlq.
Scanner
qog‘ozdagi tasvirni kompyuterga ko‘chiradigan qurilma;
shtrix kod yoki QR-kodni o‘quvchi qurilma.
Skript
dast.
Script
kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar jamlanmasi.
Skript tili
dast.
Scripting language
JavaScript kabi dasturlash tili, skript yaratish uchun
foydalaniladi.
Slaydshou
jrg.
Slideshow
taqdimotlar bilan ishlash dasturida taqdimot ishlab
chiqilganidan so‘ng uni namoyish etish.
Smart karta
Smartcard
moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun ichki
mikroprotsessorga ega plastik karta, masalan, bank
kartasi.
Smartfon
Smartphone
kompyuter bajaradigan funksiyalarning ko‘pini bajara
oladigan mobil telefon.
Smishing
jrg.
Smishing SMS
xabarlari orqali shaxsiy maʼlumotlarni olishga
yo‘naltirilgan firibgarlik faoliyati.
Spam xabar
jrg. int.
Spam mail
keraksiz elektron xat;
bir vaqtning o‘zida juda ko‘p foydalanuvchilarga
reklama shaklida yuboriladigan elektron xat.
Spamer
jrg. int.
Spamer
elektron pochta orqali spam xat jo‘natuvchi shaxs;
SMS yoki tezkor xabar almashish dasturida bir vaqtning
o‘zida juda ko‘p foydalanuvchilarga reklama xabarini
jo‘natuvchi shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |