Maktabgacha va
Download 6.45 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Informatika AT fani
62
2. Nima uchun slayd oʻtish effektlarini qoʻshish jarayonida ehtiyot boʻlishingiz kerak? 3. Qanday qilib animatsiyalardan foydalangan holda taqdimotni qiziqarli qilish mumkin? 4. Nima uchun taqdimotni yaratishdan avval uning loyihasini ishlab chiqish kerak? @edurtm_uz 63 Ushbu modulda yakuniy loyihangizni bajarishda qo‘l keladigan yangi elektron jadvalini yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz. Vazifa — ta’tilni rejalashtirish uchun elektron jadvalni tayyorlash. Elektron jadvalga qaysi ma’lumotlarni kiritish va qanday formulalardan foydalanish kerakligi to‘g‘risida bilimlaringizni oshirasiz. Elektron jadval tuzgandan keyin ishlashini tekshirish uchun uni sinab ko‘rasiz. So‘ng elektron jadvalingizni baholash orqali loyihani yakunlaysiz. Shuningdek, quyidagilarni o‘rganasiz: • shartli formatlashdan foydalanish; • maqsadni qidirish funksiyasidan foydalanish. Elektron jadvallardan maqsadli foydalanish 3 Bu modulda quyidagilarni bilib olasiz: 1 Maqsadli elektron jadval loyihasini yaratish 2 O‘zingiz loyihalashtirgan elektron jadvalni tuzish 3 O‘zingiz tuzgan elektron jadvalni sinab ko‘rish 4 Elektron jadvalni maqsadga muvofiq o‘zgartirish 5 Elektron jadvallarni baholash @edurtm_uz 64 Darsni boshlashdan avval Quyidagilarni bilishingiz kerak: • jadval nima ekani va nima uchun undan ma’lumotlar saqlashda foydalanish; • elektron jadvalga ma’lumotlar qo‘shish; • +, -, *, /, SUM, AVERAGE kabi belgilar va funksiyalardan foydalanib elektron jadvalga formulalar kiritish; • elektron jadvaldagi qiymatni o‘zgartirish va boshqa qaysi qiymatlar o‘zgarayotganini ko‘ra bilish; Download 6.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling