126
Validatsiya:
ma’lumotlarning
mosligini tekshirish.
Kalit so‘zlar
1-masala
Validatsiya qoidalari
Ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan ma’lumotlar uchun cheklov oʻrnatsa boʻladi. Bu
validatsiya deb ataladi. U foydalanuvchilar tomonidan mos kelmaydigan axborot
kiritilishini taqiqlash maqsadida ishlatiladi. Masalan, ism kiritish kerak boʻlgan maydonga
“123456!” koʻrinishidagi ma’lumotni kiritmaslik kerak.
Ochiluvchi roʻyxat orqali ma’lumotlar bazasiga joylanadigan boshqa har qanday
ma’lumotni ta’qiqlash mumkin.
1. Jadval ochiladi.
View
tugmasi tanlanib,
Design tanlovi bosiladi.
2. Validatsiya qoidasi kiritiladigan maydon belgilanadi.
3. Validation Rule maydoniga har bir tanlov orasida qoʻshtirnoq (“ ”) va “Or” soʻzi
bilan yoziladi. Masalan, “8–12” Or “13–17” Or “18+”.
Demak, faqat 8–12, 13–17 yoki 18+ tanlovini kiritish mumkin. Boshqa har qanday
ma’lumot kiritilganda xato yuz bergani haqida xabar chiqadi.
Validation Text maydonida xato boʻlganini bildiruvchi xabarni foydalanuvchining oʻzi
yozsa ham boʻladi.
@edurtm_uz