Absolyut murojaat
e-jad.
Absolute reference
bir formulani bir necha katakka muayyan katak
manzilini ko‘rsatib qo‘llash usuli.
Abstraksiya
dast.
Abstraction
zarur bo‘lmagan qismlarni olib tashlash orqali
masalani soddalashtirish.
Airbrush uskunasi
xlq. diz.
Airbrush tool
bo‘yoq sepuvchi purkagich vazifasini bajaruvchi
uskuna.
Ajratish
diz.
Highlight
belgilangan matn va fonni boshqa rangda ajratib
ko‘rsatish.
Akademik halollik
mad.
Academic honesty
maʼlumot manbasini ko‘rsatib o‘tish.
Aktuator
xlq. dast.
Actuator
kompyuter dasturini jismoniy harakatga o‘giruvchi
qurilma;
mexanizm yoki tizimni boshqaradigan motor turi.
Albom varag‘i
diz.
Landscape
varaqning eni bo‘yiga nisbatan uzunroq bo‘lgan
ko‘rinishi.
Alfa sinov
dast.
Alpha testing
dasturning ilk versiyasini sinash.
Algoritm
xlq. dast.
Algorithm
ko‘rsatmalar ketma-ketligi.
Almashtirma belgili qidirish
Wildcard searches
istalgan harf yoki belgi o‘rniga shartli belgi qo‘yib
qidirish (masalan, shartli belgi sifatida asterisk (*) dan
foydalanish mumkin).
Aloqalar uzviyligi
mb.
Referential integrity
maʼlumotlar bazasidagi birlamchi va tashqi kalitlar
aloqasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan holati.
Amaliy dastur
Application program
xat, hisob ishlari, taqdimot, veb sahifa kabi turli
hujjatlarni yaratishga mo‘ljallangan dasturiy taʼminot.
Analog
xlq. tar.
Analogue
to‘lqinli signal;
raqamli bo‘lmagan signal.
Do'stlaringiz bilan baham: |