Maktabgacha yoshda bolalarda predmetlarning o‘lchamni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda so‘zning roli. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik fuguralarni idrok qilishning o‘ziga xos


Download 14.74 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi14.74 Kb.
#1354022
Bog'liq
seminar hemis5



Maktabgacha yoshda bolalarda predmetlarning o‘lchamni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda so‘zning roli . Bolalarning predmetlar shakli va geometrik fuguralarni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish .
Reja
1.Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
2.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
3.O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.

Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.


olalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash
Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa mashg‘ulotlarda doim mustahkamlanishi juda muhim.
Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o‘yinlar, jumladan, xalq didaktik o‘yinlari, piramidachalar va boshqa o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Fazoda mo‘ljal (oriyentatsiya) olish mashqlarini ta’minlovchi o‘yinlarga katta ahamiyat beriladi.
Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug‘ullanishlariga, harakat yo‘nalishlarini aniqlashlari va hokazolarga to‘g‘ri keladi.
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida o‘lchov munosabatlarini o‘rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar o‘rnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruksiyalash va boshqa mashg‘ulotlarida foydalanishlari lozim.
Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va ta’sirchanroq bo‘lib boradi, yangi sharoitlarga o‘tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo‘llashga o‘rganadilar, ularning foydasiga tushunadigan bo‘ladilar.
Bolalarning sanashning, o‘lchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o‘zlarining matematik bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani o‘lchashlarini, o‘lchovni qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.)ni kuzatish tashkil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o‘lchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg‘otish zarur. Bu maktabda matematikani muvaffaqiyatli o‘rgatishning garovi bo‘ladi
Download 14.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling