Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Ertalabki gimnastikaning namunaviy kompleksi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ertalabki gimnastikaning namunaviy kompleksi

qism. Qo‘llarida sakrag‘ich bilan ketma-ket yurish. Ar- 
g‘amchidan hatlab yurish. Yengil aylanib yugurish. Yugurib bo 
rayotganda uchtadan bo‘lib saflanish. Turgan joyida yurish bir- 
biridan uzoqlashish, bir biriga yaqinlashish.
II 
qism.
1. 
D.h.: oyoqlarni juftlash, arg‘amchini ikki buklab, ikkala 
qo‘lni pastga tushirgan holda ushlab turish.
B.: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, arg‘amchini yelkaga tushi- 
rish, yuqoriga ko‘tarish, tushirish (8–10 marta).
2. 
D.h.: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar arg‘amchi bilan 
orqada.
B.: oldinga engashish, arg‘amchini oyoq uchiga ilib, 
qo‘llarni yon tomonga ko‘tarish (8 marta).
3. 
D.h.: tovonlarni birlashtirib, oyoq uchlari ochiladi, qo‘llar 
arg‘amchi bilan yuqoriga ko‘tarilgan.
B.: cho‘qqayib o‘tirilib, turiladi (10 marta).
4. 
D.h.: tik turish, qo‘lda arg‘amchi.
B.: oldinga engashish, qo‘llarni mumkin qadar pastga uza- 
tib, tizzani bukmagan holda arg‘amchini po‘lga tegizish (6–8 
marta).


219
5. 
D.h.: tizzalab turib, arg‘amchini oldinga tutish.
B.: orqaga kerilib, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, rostlanish 
(6 marta).
6. 
D.h.: chalqancha yotish, qo‘llarida arg‘amchi olib oldinga 
ko‘tarish.
B.: arg‘amchini oldinga ko‘tarish, so‘ng oyoqlarni ko‘tarib 
tayoqchaga tekkizish. Mashqni bajarishda tizzalarini bukmaslik- 
ka e’tibor qaratish kerak bo‘ladi (8–10 marta).
7. 
D.h.: tik turgan holda oyoqlar juft, qo‘llar belda, arg‘amchi 
yerda.
B.: arg‘amchidan hatlab sakrash (2 marta 30 tadan sak- 
rash).
III 
qism. Osoyishta yurish, yengil yugurish va tinch nafas 
rostlash.
Jismoniy tarbiya daqiqalari. Jismoniy tarbiya daqiqalari 
o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi 
tanaffusda, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonining o‘zida 
o‘tkaziladi.
Sport daqiqalarining ahamiyati bola faoliyati va holatini ha- 
rakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni 
yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib 
qolsa, statik holat oqibatida muskullarning asab tizimi ta’sir 
qiluvchi, organizmdagi funksional jarayonlarni susayturuvichi 
turib qolish hodisasi yuz beradi, bularning hammasi toliqishni 
keltirib chiqaradi. Bola betoqat bo‘la boshlaydi, holatini 
o‘zgartirishga intiladi, gohida qaddi-qomatini tiklash uchun 
noqulay holatda turib qoladi.
Toliqish bir xil ish, shuningdek, mashg‘ulot uchun belgi- 
langan me’yorning buzilishi tufayli kuchayadi. Bu bolalarning 
e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan 
tormozlanish va shu bilan bog‘liq reflektorli reaktiyalar tezligi, 
bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi 
bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki 
susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatini o‘zgartirish 
zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto 6 


220
yoshli bolalar ham faqat 20 minutgina nisbatan harakatsiz va 
diqqatni jamlab tura olar ekanlar shu muddatdan so‘ng ular 
toliqish tufayli bilimlarini yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni 
egallashga qodir bo‘la olmaydilar (M.C. Grombax).
Jismoniy mashqlarni bajarish muskul ishini faollashtiradi, 
bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak 
ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, simpatik asab 
tizimi faoliyatini, umuman miyaning qon bilan ta’minlanishini 
faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi 
emotsional ijobiy holatning tiklanishiga, diqqatning aqliy 
faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. 
Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan 
shug‘ullana boshlaydi.
Turli xarakter va intensivlikdagi mashqlarning bolalarning 
jismoniy holati va aqliy ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish sport 
daqiqalarga kiritiladigan mashqlar bolalarda emotsional holat- 
ni uyg‘otishi, intensiv bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Jismoniy 
tarbiya daqiqalari tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta 
cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyda yugurish (30-40 sekund) 
kiradi. Sport daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llariga 
mo‘lj allangan 2-3 xil mashq, tortilish, egilish va gavdani burish 
mashqlari hamda oyoq mashqlarini oladi. Jismoniy tarbiya 
daqiqalari 2-3 minut davom etadi.
Ikki xil kam harakatli mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffuslar 
to‘p, arg‘amchi bilan o‘ynash yoki harakatli o‘yin, estafetalar- 
dan iborat bo‘ladi.
Kunduzgi uyqudan keyingi jismoniy mashqlar asab tizimini 
faollashtirish va bolalarning faol faoliyatini oshirish maqsadida 
o‘tkaziladi. Ular qayta saflanish, qomatni, qo‘lni mayda 
muskullarini shakllantirishga yordam beradigan, harakatli 
o‘yinlardan iborat bo‘ladi. Bu o‘yinlar 2-3 minutdan 10 
minutgacha davom etadi. Shuningdek maktabgacha yoshdagi 
bolalarga mo‘ljallangan jismoniy daqiqalarga turli xil mashqlar 
tanlanadi.
1-mashq. Tayoqcha bilan bajariladigan mashq:
D.h.: tik turish, tayoqcha gorizontal holatda ko‘krakka 
qo‘yilgan holatda.


221
1–4 tayoqcha yuqori ko‘tariladi va tushiriladi. Mashq 6–8 
marta takrorlanadi.
2–mashq.
D.h.: tik turish, oyoqlar yelka kengligida, tayoqcha 
gorizontal holatda ko‘krakka qo‘yilgan.
1–2 oldinga engashib, tayoqchani polga qo‘yish.
3–4 dastlabki holatga qaytish.
10–15 marta arg‘amchilarda sakrash.
Jismoniy daqiqalarga mashqlar qanday tanlanadi?

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling